www.scientificprogress.uz




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana17.12.2023
Hajmi0,53 Mb.
#121616
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ma-lumotlarni-intelektual-tahlil-qilishda-data-mining-qo-llash

www.scientificprogress.uz
 
Page 133
Bugunda bizda uzoq muddatli ya`ni - "baxtli" oilani shakllantirish shartlarini 
aniqlash vazifalari, mavjud oilaviy munosabatlarni tashxislash, nikoh inqirozining yangi 
sabablarini aniqlash, nikoh inqirozining oldini olish choralarini ishlab chiqish masalalari 
dolzarb bo`lib qolmoqda. Ammo hozirgi vaqtda kelajakdagi nikoh istiqbollarini 
aniqlash va mavjud nikohni tashxislash uchun miqdoriy mezonlarini beruvchi va tahlil 
qiliuvchi elektron sun`iy intellektga asoslangan axboroy tizim mavjud emas, oilaviy 
munosabatlarning mezon omillarini hisoblovchi kompyuterli modellari mavjud emas. 
Asosiy sabab bu psixofiziologik, ijtimoiy va iqtisodiy omillar o'zaro bog'liq bo'lgan 
oilaviy munosabatlarning murakkabligi bilan bog`liqdir. Shuningdek, sohada kompyuter 
savodxonligi yuqori mutaxassislarning yetishmasligi ham bor. 
Shundan kelib chiqib, ma`lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning 
zamonaviy texnologiyasi Data Mining (DM) ni qo`llash muhimdir.
Data Mining - istiqbolli modellashtirish usullari, bir vaqtning o'zida ham 
miqdoriy, ham sifatni tahlil qilishga imkon beruvchi ko'p faktorli hisoblash modellarini 
olish uchun ma'lumotlar, shu jumladan o'rganilayotgan tizim to'g'risida to'liq bo'lmagan 
ma'lumotlar asosida yangiyangi ma`lumotlar ishlab chiquchi Big Data va ma`lumotlar 
bazasining intellectual texnologiyasidir. 
Data Mining - inson faoliyatining turli sohalarida qarorlar qabul qilish uchun 
zarur bo'lgan ma'lumotlarda ilgari noma'lum, ahamiyatsiz, lekin amaliy foydali hamda 
foydalanish mumkin bo'lgan bilimlarni, ma`lumotlarni aniqlash usullari, to'plamlari 
hamda texnologiyalar majmuasidir. 
Data Miningni ma'lumotlarni qidirish usullari bilan hal qilinadigan vazifalari 
odatda 2 turga bo`linadi: 
1. tavsiflash (ing. descriptive)
2. bashoratlash (ing. predictive) 
Data Miningni tavsiflash vazifalari: assotsiatsiya qoidalari yoki pattern 
(namunalarni) qidirish, ob'ektlarni guruhlash, klaster tahlil qilish, regressiya modelini 
yaratish bilan bog`liqdir. 
Data Miningni bashoratlash vazifalari: ob'ektlarning tasnifini (oldindan 
belgilangan sinflar uchun) aniqlash, regressiya tahlili, vaqt qatorlarini tahlil qilish bilan 
bog`liq. 

Download 0,53 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish