• 16.5. Nazorat savollari
  • Sdn kontrolleri orqali tarmoq protokollarini sozlash va o‘rnatishni o‘rganish




    Download 1,26 Mb.
    bet2/2
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #243731
    1   2
    16.4. Ishni bajarilish tartibi


    16.4.1. Cisco Packet Tracer 8 dasturida berilgan tarmoqni qurish.
    Quyidagi 16.1-rasmda keltirilgan tarmoqni quring.
    Bunda ushbu tarmoqni qurish bo‘yicha oldingi laboratoriya ishlarida keltirilgan tavsiyalarga amal qilish lozim bo‘ladi. Server0 serveriga kiring va ushbu serverda AAA, DNS, NTP, SYSLOG xizmatlarini faollashtiring. Bizning tarmoqda serverning manzili 192.168.2.7. Tarmoqda OSPF protokoli ko‘tarilgan bo‘lib barcha hostlar orasida ping xabarlari o‘tadi. SDN kontrolleri sozlangan va butun tarmoq topologiyasini nazorat qilmoqda.

    16.1-rasm. Tarmoq topologiyasi


    DNS ni sozlash quyidagi 16.2-rasmda keltirilgan.

    16.2-rasm. DNS ni serverda sozlash
    AAA protokolini sozlash (16.3-rasm). AAA protokolini serverda sozlash uchun quyidagi amallarni bajaring.

    16.3-rasm. AAA protokolini serverda sozlash

    Tarmoq marshrutizatorlarida va swichlarida quyidagini tering:


    group(config)#aaa new-model
    group(config)#username admin password admin
    group(config)#aaa authentication login list group tacacs+ local
    group(config)#tacacs-server host 192.168.2.7 key cisco
    group(config)#line vty 0 4
    group(config-line)#login authentication list
    group(config-line)#exit
    group(config)#aaa authentication login default group tacacs+
    group(config)#exit
    NTP protokolini sozlash (16.4-rasm). NTP ni sozlash uchun serverda quyidagilarni amalga oshiring.

    16.4-rasm. NTP protokolini sozlash

    Tarmoq marshrutizatorlari va kommutatorlarida esa quyidagilarni terib chiqing:


    group#enable
    group#conf terminal
    group(config)#clock timezone GMT 05
    group(config)#ntp server 192.168.2.7
    group(config)#ntp authentication-key 1 md5 cisco
    group(config)#ntp trusted-key 1
    group(config)#ntp server 192.168.2.7 key 1
    group(config)#exit
    SYSLOG ni sozlash. Syslog asosida nazoratni yoqish uchun serverda 16.5-rasmdagi sozlamalarni amalga oshiring.
    Tarmoq marshrutizatorlari va kommutatorlarida esa quyidagilarni terib chiqing:
    group(config)#logging 192.168.2.7
    group(config)#logging trap debugging
    group(config)#exit

    16.5-rasm. SYSLOG ni sozlash

    Ushbu protokollar har bir tarmoq qurilmasida joriy etilmog‘i lozim.


    Tarmoqqa kontroller ulang va uni sozlang. Tarmoq qurilmalarini qidirish amalini bajaring. Tarmoq qurilmalarining barchasi Provisioning oynasida ko‘rinishini ta’minlang. Tarmoq kontrollerining “Policy” katalogida “Network settings” menyusiga kiring. Ushbu menyuda yuqorida sozlagan har bir protokolingizni soddalashtirilgan usulda sozlang. Buning uchun quyida rasmlarda berilgan amallarni bajaring (16.6-16.8 rasmlar).

    16.6-rasm. IP adres sozlamasi

    16.6-rasm. Domen nomi sozlamasi



    16.7-rasm. NTP serverni biriktirish



    16.8-rasm. SYSLOG serverni biriktirish

    Shundan so‘ng push config buyrug‘ini bosish orqali ushbu sozlamalarni barcha qurilmalarga yuboring (16.9-rasm).



    16.9-rasm. Sozlamalarni barcha qurilmalarga joriy etish

    Ushbu ishda ikki xil usulda bajargan ishlaringiz orasidagi farqi va SDN kontrollerining ahamiyati to‘g‘risida o‘z xulosangizni yozing.




    16.5. Nazorat savollari

    1. AAA sozlash jarayonini tushuntiring.


    2. AAA ning vazifasini tushuntiring.
    1. DNS sozlash jarayonini tushuntiring.
    2. DNS ning vazifasini tushuntiring.
    1. NTP sozlash jarayonini tushuntiring.
    2. NTP ning vazifasini tushuntiring.
    1. SYSLOG sozlash jarayonini tushuntiring.
    2. SYSLOG ning vazifasini tushuntiring
    Download 1,26 Mb.
    1   2




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sdn kontrolleri orqali tarmoq protokollarini sozlash va o‘rnatishni o‘rganish

    Download 1,26 Mb.