|
Sdnni tashkil etish asoslari: openflow, kontroller, nfv va xavfsizlik
|
bet | 1/10 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #259330 |
Bog'liq a8RS2ifQROTxghJOCEm7KyHWaS53ZSSfS7aiX29P SDNNI TASHKIL ETISH ASOSLARI: OPENFLOW, KONTROLLER, NFV VA XAVFSIZLIK
SDN (Software Defined Network – dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq) texnologiyasi nisbatan yaqinda paydo bo‘lgandek ko‘rinishiga qaramay, aslida u ancha uzoq tarixga ega. SDN - bu tarmoqlarni dasturiy konfiguratsiyalanadigan qilish bo‘yicha uzoq davom etgan sa’y-harakatlarning yakuniy bosqichidir.
1. SDN ning tarixiy shakllanishi
Kompyuter tarmoqlari har doim tuzilishi va boshqaruvining murakkabligi bilan ajralib turadi. Ular juda ko‘p turli xil apparatlardan foydalanadilar: kommutatorlar va marshrutizatorlar, shuningdek, tarmoqlararo ekran, tarmoq manzillari retranslyatorlari, yuklanish balanslagichlari va hujumlarni aniqlash qurilmalari va tizimlari. Odatda, tarmoq administratorlari tarmoq topologiyasi va marshrutlash qoidalariga rioya qilgan holda har bir qurilmani alohida-alohida sozlaydi (konfiguratsiya qiladi). Buning uchun konfiguratsiya interfeyslari qo‘llaniladi - har bir qurilma va har bir ishlab chiqaruvchi uchun, ba’zan esa bitta ishlab chiqaruvchining liniyasidagi har bir qurilma uchun o‘ziga xos. Tarmoq qurilmalarini sozlashning «paket» usuli tarmoqlarni modernizatsiya qilish va rivojlantirishni, innovatsiyalarni joriy qilishni juda qiyinlashtiradi, shuningdek, katta kapital va operatsion xarajatlarga olib keladi.
Bunday muammolarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan SDN texnologiyasi mazkur bobda ko‘rib chiqiladi.
SDN tarmoqlarni loyihalash va boshqarish uslubini o‘zgartirmoqda. Birinchidan, SDN transport marshrutini boshqarish tekisligini nazorat tekisligidan (Control plane) olingan qoidalarga muvofiq trafikni yo‘naltiruvchi ma’lumotlar tekisligidan (Data plane) ajratadi. Ikkinchidan, SDN ma’lumotlar tekisligidagi ko‘plab qurilmalarni boshqaruvchi serverdagi boshqaruv dasturlari to‘plami bilan boshqaruv tekisligini «birlashtiradi». Buning uchun standartlashtirilgan API (Application Programming Interface) ishlatiladi. Shunga ko‘ra, SDN tarmog‘ini qurish uchun OpenFlow qo‘llab-quvvatlashi tarmoq elementlarida, birinchi navbatda kommutatorlar va marshrutizatorlarda amalga oshirilishi kerak. Bundan tashqari, ularning har birida marshrutlash qoidalari yoki jadvallari mavjud. Har bir qoida ma’lum bir seans yoki trafik oqimining paketlarini qanday yo‘naltirishni belgilaydi. Bunday holda, boshqaruv ilovasi tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga qarab, har bir OpenFlow kommutator, marshrutizator, tarmoqlararo ekran, tarmoq manzili retranslyatori va boshqalar vazifasini bajarishi mumkin.
Hozirgi vaqtda ko‘pgina tijorat kommutatorlari SDNni qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘plab boshqaruv platformalari paydo bo‘ldi. Ushbu boshqaruv platformalari asosida dinamik kirishni boshqarish, server yukini muvozanatlash, tarmoq funksiyalarini virtualizatsiya qilish, energiyani tejaydigan tarmoqlar, virtual mashina migratsiyasi va boshqalar kabi ko‘plab ilovalar paydo bo‘ldi. Ko‘pgina yirik global IT-kompaniyalar: bulutli provayderlar, operatorlar, qurilmalar ishlab chiqaruvchilar va boshqalar ONF (Open Network Foundation) va Open Daylight kabi SDN sanoat konsorsiumlariga qo‘shildi.
So‘nggi yillarda SDN tushunchasi keng tarqalib ketganiga qaramay, g‘oyaning o‘zi yetarlicha yangi emas va 20 yildan ortiq vaqt davomida rivojlanib bormoqda. Uning izlarini hatto dastlabki kommutatsiyalangan telefon tarmoqlari rivojlanishida, tarmoqni boshqarish (signalizatsiya) ovozli trafikning sxemali kommutatsiya tarmog‘idan ajratilganda ham kuzatilishi mumkin. Bu SDNda bo‘lgani kabi boshqaruvni soddalashtirish va yangi xizmatlarni joriy etish uchun qilingan. Paketli kommutatsiyaga asoslangan telekommunikatsiya tarmoqlari uchun «dasturiy kommutatorlar» deya nomlanadigan Softswitch ham funksiyalari va amalga oshirish bo‘yicha SDNga juda yaqin.
SDN tarixini uch bosqichga bo‘lish mumkin:
«faol tarmoqlar» deya nomlangan (90-yillarning o‘rtalari - 2000-yillarning boshlari), tarmoqqa dasturlash funksiyalari kiritilganda;
boshqaruv va ma’lumotlar tekisliklarini ajratish (taxminan 2001 yildan 2007 yilgacha), ushbu tekisliklar orasidagi ochiq interfeyslar ishlab chiqilgan;
OpenFlow API va tarmoq operatsion tizimlarini ishlab chiqish (2007 yildan taxminan 2010 yilgacha), aynan mana shu bosqichda SDN tushunchasi keng tarqalпфт.
|
| |