Sdnni tashkil etish asoslari: openflow, kontroller, nfv va xavfsizlik




Download 0,69 Mb.
bet7/10
Sana02.06.2024
Hajmi0,69 Mb.
#259330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
a8RS2ifQROTxghJOCEm7KyHWaS53ZSSfS7aiX29P

5. SDNni tadbiq etish ssenariylari
SDN texnologiyasi korxona darajasidan LAN/WiFi/Data Center/WAN/SP tarmoqlarigacha bo‘lgan barcha turdagi ma’lumotlar tarmoqlarida qo‘llanilishi mumkin. Bunda tarmoq arxitekturalari bir xil bo‘lganligi sabali, muammolar o‘xshash:
• ko‘p sonli tarmoq qurilmalari;
• murakkab topologiyalar va kommutatsiya/marshrutlash sxemalari;
•kompleks transport muhandisligi va yuklamalarni muvozanatlash;
• xavfsizlik siyosatlarining ko‘p to‘plamlari;
• monitoring va oqimni optimallashtirishning murakkabligi;
• tarmoqdan foydalanish va boshqarishning murakkabligi;
•tarmoq qurilmalarini qo‘lda sozlash.
Ma’lumotlar tarmoqlarida SDN texnologiyasini joriy etishning asosiy afzalliklarini sanab o‘tish mumkin:
•tarmoqni avtomatlashtirilgan boshqarish. Operatsiyani soddalashtirish;
•yangi tarmoq xizmatini avtomatlashtirilgan tarzda joriy etish va tezkor joylashtirish;
•dasturlash imkoniyati. Tarmoqda yangi g‘oyani amalga oshirish qobiliyati (tarmoq xizmati);
•ishlab chiqaruvchidan mustaqillik. Ochiq standartlardan foydalanish;
• moslashuvchan modernizatsiya va masshtabni kengaytirish;
• tarmoqning moslashuvchanligi. Qurilma va kanal resurslaridan samarali foydalanish.
SDN texnologiyalari ma’lumotlar tarmoqlarida ishonchli tarzda joriy etilmoqda. Telekommunikatsiya bozorining asosiy ishtirokchilari va SDN hamjamiyatining faol a’zolari, masalan, Google, NTT communication, Deutsche Telecom, Facebook, Microsoft, Verizon va boshqa ko‘plab kompaniyalar SDN yechimlarini joriy qilmoqdalar. Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi 1000 dan ortiq yirik ma’lumotlar markazi saytlari allaqachon SDN yechimlari ustida ishlamoqda. Quyida SDN texnologiyalarini amalga oshirish va yechimlarga oid ba’zi misollar keltirilgan.
Google ning B4 tarmog‘i butun dunyo bo‘ylab ma’lumotlar markazlarini bog‘laydi. Ushbu yondashuv birgalikda shaharlararo WAN deb ataladi. Ishlab chiqaruvchilar duch keladigan asosiy muammo ma’lumotlar markazlari saytlari o‘rtasida trafikni uzatishda ko‘plab transkontinental WAN kanallaridan samarasiz foydalanish edi. Klassik tarmoqlar arxitekturasi bu muammoni hal qila olmadi. Inter-DC WAN-ni SDN OpenFlow-da amalga oshirish orqali kompaniyalar kanallardan 95% foydalanishga erishdilar (texnologiyani joriy etishdan oldin foydalanish o‘rtacha 70% ni tashkil etgan) va bu yechim dastur turiga qarab moslashuvchan trafik muhandisligini ham ta’minladi. Kompaniya yechimni Open SDN yondashuvida amalga oshirdi. OpenFlow SDN Controller real vaqt rejimida tarmoqdan foydalanish (global tarmoq ko‘rinishi) va ilovalar/xizmatlardan tarmoq kengligi talablarini to‘playdi. Qabul qilingan ma’lumotlardan transport oqimlari uchun optimal yo‘l hisoblab chiqiladi, keyin bu yo‘l OpenFlow kommutatorlariga dasturlashtiriladi. O‘tkazish qobiliyati talablari o‘zgarganda yoki tarmoq o‘zgarganda, xizmat yo‘lni qayta hisoblab chiqadi va kommutatorlarni qayta dasturlaydi. Aloqa operatorlari tarmoqlarida “SDN Deutsche Telekom TeraStream” loyihasi Bolqon mamlakatlarida SDN texnologiyasi asosida yangi operator tarmog‘ini qurishni nazarda tutadi. SDN tarmog‘i DWDM optik uzatish integratsiyasi bilan terabit marshrutizatorlarga asoslangan OpenFlow va Netconf protokollari yordamida qurilgan.
Shunday qilib, boshqaruv tekisligi deb ataladigan yondashuv SDNda API orqali amalga oshiriladi.
Ushbu yechim quyidagi tarmoq xizmatlarini amalga oshirish imkonini beradi:
• MPLS TE tunnellarini yaratishni avtomatlashtirish;
• yuklamalarni muvozanatlashni avtomatlashtirish;
•kesishmaydigan tunnellarni yaratish.
Bunga misol sifatida, Juniper kompaniyasining NorthStar Controller tijorat mahsulotini keltirish mumkin.
Hozirda SDN uchun uchta maqsadli segment mavjud. Birinchisi, ushbu texnologiya allaqachon ma’lumotlar markazlari tarmoqlarida yaxshi o‘zlashtirilgan. Bunday obyektlarda SDNni amalga oshirishdan maqsad ko‘pincha tarmoq infratuzilmasini virtualizatsiya qilish hisoblanadi. Server va saqlash virtualizatsiyasi bilan bir qatorda, u virtual ma’lumotlar markazlarini (dasturiy ta’minot tomonidan belgilangan) amalga oshirish uchun zaruriy shart hisoblanadi. SDN texnologiyasi har xil server arxitekturalari (x86, Power, SPARC) va turli gipervizorlar (Linux KVM, VMware vSphere, MS Hyper-V va boshqalar) kabi katta geterogen fizik axborot texnologiyalari infratuzilmasi mavjud bo‘lgan ma’lumotlar markazlarida eng ko‘p talab qilinadi, chunki u bunday infratuzilmani boshqarishni birlashtirish imkonini beradi.
Telekommunikatsiya operatorlari tarmoqlarida - uzoq masofalar va aloqa kanallari bilan tez-tez uchraydigan muammolar, jumladan, past o‘tkazish qobiliyati, yuqori kechikishlar va ularning o‘zgarishi (jitter). Bularning barchasi, shubhasiz, an’anaviy kommutatorlarning parchalanishiga va boshqaruv mantig‘ini olib tashlashga (markazlashtirishga) asoslangan SDN texnologiyasini amalga oshirishni qiyinlashtiradi. SDN tarmog‘iga samarali integratsiya qila olmaydigan eski tarmoq qurilmalarining katta majmuasi bilan ham murakkablashadi. Telekommunikatsiya sanoatida SDNni joylashtirish hali sinov o‘rnatishlardan nariga o‘tmagan.
SDNni amalga oshirishning uchinchi segmenti ko‘p tarmoqli taqsimlangan korporativ tarmoqlarni qurish hisoblanadi. Tegishli yechimlar SD-WAN deb ataladi. Bugungi kunda bu, ehtimol, SDN sohasidagi eng dolzarb yo‘nalish hisobladi. Bunday tarmoqlarning yondashuvlari va amalga oshirish tafsilotlari farq qilsada, ular hal qiladigan asosiy vazifalar aniq: bu tezkor ulash, WAN havolalaridan foydalanishni optimallashtirish, tarmoq ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish va uning mavjudligini oshirish qobiliyatidir.

Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sdnni tashkil etish asoslari: openflow, kontroller, nfv va xavfsizlik

Download 0,69 Mb.