|
O’TILGANLARNI TAKRORLAYMIZ. Geografik she’riy topishmoqlar
|
bet | 2/2 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 10,55 Mb. | | #257464 |
Bog'liq 7-sinf geografiyaO’TILGANLARNI TAKRORLAYMIZ. Geografik she’riy topishmoqlar - Go‘zal yurt jannatmakon,
- Boylikka kon Hindiston.
- Beruniy taxminiga
- Tayangan u begumon.
- Amerikani kashf qilib,
- Hindiston deb o‘ylagan.
- Ne bo‘lsa ham u g’olib,
- Bu sayyoh nomi - ________
O’TILGANLARNI TAKRORLAYMIZ. Geografik she’riy topishmoqlar - Go‘zal yurt jannatmakon,
- Boylikka kon Hindiston.
- Beruniy taxminiga
- Tayangan u begumon.
- Amerikani kashf qilib,
- Hindiston deb o‘ylagan.
- Ne bo‘lsa ham u g’olib,
- Bu sayyoh nomi - ________
O’TILGANLARNI TAKRORLAYMIZ. Geografik she’riy topishmoqlar - Bir ming besh yuz o‘n to‘qqiz-
- Ispaniya qirg’og’i.
- Suzib borar bir kema,
- Hilpiratib bayrog’in.
- Yerning sharsimonligin,
- Amalda isbotlagan.
- Deydi:Yerning eng katta
- Qismini suv qoplagan.
- Sayohati vaqtida,
- Okeanga nom bergan.
- Bu sayyohni albatta,
- Derlar-Fernan_______
O’TILGANLARNI TAKRORLAYMIZ. Geografik she’riy topishmoqlar - Nil daryosi bo‘yida,
- Sath o‘lchovchi asbob bor,
- Hozirda ham u mavjud.
- Qizig’i ishga tayyor.
- Ming yil oldin asbobni,
- Qurgan Vatandoshimiz.
- Nomini eslab boqiy,
- Deymiz bu ______________
- Xaritalar geografiya fanining hamma sohalarida qo’llaniladi va uning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Geografik xaritalarda turli-tuman voqea va hodisalar tasvirlangani uchun ular juda xilma-xil bo’ladi. Xaritalarni turlarga bo‘lishdan oldin ular to’g’iisidagi umumiy tushunchalarni ko’rib chiqamiz. Geografik xaritalarni yaxshi tushunish, ular bilan ishlashni bilish uchun joy plani, xarita, aerosurat, kosmosurat tushunchalari mazmunmi yaxshi bilib olish kerak.
- Joy plani—joyning yirik masshtabda (1:5000 va undan yirikroq) tuzilgan chizmasidir. Planda maydoni uncha katta bo‘lmagan kichik-kichik joylar tasvirlanadi.
- Xarita — Yerning va boshqa sayyoralar yuzasining kichraytirilib va umumlashtirilib, shartli belgilar bilan tekis yuzaga tushirilgan tasviri. Xaritalarda tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy voqea va hodisalar tasvirlanadi.
- Aerosurat — Yer yuzasi yoki uning bir qismining samolyot va boshqa uchuvchi asboblar yordamida olingan tasviri.
- Kosmik surat — Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik kemalar yordamida olingan tasviridir. Ular fan va xalq xo’jaligining turli sohalarida keng qo’llaniladi.
- Наг bir plan, xarita, aero va kosmosurat ma’lum bir masshtabga ega bo’ladi.
- Xaritalarning shartli belgilari.
- Voqea va hodisalar hamma xaritalarda ham ma’lum shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Shartli belgilar xaritalarni boshqa geografik ma’lumotlar manbalaridan. ya’ni aerosurat, kosmosurat, jadval va hokazolardan ajratib turadigan muhim xususiyatlardan biridir. Shartli belgilarga qarab voqea va hodisalarning joylar ishini, miqdorini, sifatini bilib olish mumkin. Shartli belgilar bir necha turga bo’linadi.
- Masshtabli shartli belgilar yordamida voqea va hodisalarning haqiqiv o’lchamlari tasvirlanadi. Masulan. qum cho’llari egallagan maydonni, muz qoplagan yerlar maydonlni bilish mumkin. Masshtab va shartli belgilar bilan xaritalarning masshtabida ko’rsatib bo`lmaydigan voqea va hodisalar tasvirlanadi. Masalan, turli xil shakllar, chizmalar, hartli belgilar, aholi yashaydigan joylar, GESlar, foydali qazilma konlari belgilari masshtabsiz bo’ladi. Chiziqli shartli belgilar bilan daryolar, yo`llar, chegaralar ko`rsatiladi. Tushuntirish belgilari bilan daryo oqimining yo‘nalishi, o‘rmondagi daraxtlarning turlari ко rsatiladi. Bulardan tashqari, yozuvli, harfli, sonli shartli belgilar ham bo‘ladi.
- Xaritalarda voqea va hodisalar quyidagi usullar bilan tasvirlanadi: belgilar usuli bilan xarita masshtabida tasvirlab bo‘lmaydigan narsalar, voqea va hodisalar tasvirlanadi. Belgilar geometrik shakl, harf va rasmlar bo‘lishi mumkin. Belgilar o‘zining kattaligi, rangi va shakli bilan voqea va hodisalarning tavsifini beradi.
- Rang berish usuli voqea va hodisalarning hududiy tarqalishini tasvirlashda qo`llaniladi. Masalan, o‘simlik, tuproq xaritalari rang berish usulida tuziladi.
- Teng qiymatli chiziqlar usuli, asosan. bir xil qiymatga ega bo‘lgan voqea va hodisalarni tasvirlashda qo`llaniladi. Masalan, bu usuldan mutlaq balandligi, harorati, aholi zichligi bir xil belgan joylarni tasvirlashda foydalaniladi.
- Chegara usuli bir xil voqea va hodisalarning tarqalishini tasvirlashda qo‘llaniladi. Masalan, foydali qazilma konlari, hayvonot dunyosi, qishloq xo’jalik ekinlari xaritalari shu usuldan foydalanib tuziladi.
- Nuqta usuli narsalarni, voqea va hodisalarning tarqoq joylanishini tasvirlashda ishlatiladi. Bunda har bir nuqta ma’lum bir miqdorni ko‘rsatadi. Masalan, bitta nuqta 200 bosh sigirni yoki 100 gektar ekin maydonini bildiradi.
- Harakat belgilari— ko‘rsatkich chiziqlar usuli voqea va hodisalarning harakati va yo’nalishini ko‘rsatishda ishlatiladi. Masalan, shamol va oqimlar yo’nalishi, sayohatchilar yo`li, yuk tashish yo‘nalishlari va boshqalar.
-
- Odatiy xaritada Avstraliya Grenlandiyadan kichikroq ko'rinadi.
- Va haqli savol uyg‘onadi: agar rostdan ham Grenlandiya Avstraliyadan katta bo‘lsa, unda nega uni ham qit’a deb e’tirof etishmaydi? yoki, Avstraliyani ham orol deb aytaverishmaydi?
- O‘shanda bu savol yuzasidan qiziqish menga geometriya va xaritalar bilan bog‘liq yanada ajoyib tafsilotlarni ochib bergandi. Xususan, ma’lum bo‘lishicha, xaritada katta ko‘ringani bilan, aslida Grenlandiya Avstraliyadan anchagina kichik ekan. Yoki, xaritada Islandiya bilan bir xil o‘lchamda ko‘rinadigan Keniya davlati, aslida undan kattaroq bo‘lib, eng katta davlat – Rossiya ham, asl o‘lchamlariga ko‘ra xaritada chizilganidek darajada vahimali emas ekan. Eng qiziq faktlardan yana biri shu bo‘lib chiqdiki, siz bilan biz ko‘rib ko‘nikib qolgan odatiy xaritalarda, u shaharlar orasidagi masofalarni belgilashda, ayniqsa, qit’alararo dengiz yo‘llarini ko‘rsatishda, ushbu shaharlar orasidan o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziq eng qisqa yo‘l bo‘lmas ekan! Xaritadagi eng qisqa yo‘l esa to‘g‘ri chiziqdan ko‘ra ancha uzunroq bo‘lgan – yoy ko‘rinishida bo‘lar ekan!
-
- Demak, avvaliga, Grenlandiya va Avstraliyaning haqiqiy o‘lchamlarini taqqoslab olsak: Avstraliya umumiy maydoni 7 692 024 km2 bo‘lgan qit’adir. Grenlandiya esa, 2 166 086 km2 maydonga ega. Oddiy arifmetika aytib turibdiki, Avstraliya Grenlandiyadan 3,5 barobar katta ekan. Bunga, Avstraliya qit’asi va Grenlandiya oroli o‘zaro yonma-yon qo‘yilgan quyidagi rasm-xaritalarga qarab o‘zingiz ishonch hosil qilishingiz mumkin:
YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH (KLASTER) YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH (KLASTER) - “ORTIQCHASINI TOP” O’YINI
- “ORTIQCHASINI TOP” O’YINI
Uyga vazifa - Mavzu haqida to`liq ma`lumot to`plab kelish.
- Keyingi mavzu “XARITA ANDOZALARI” mavzusiga tayyorlanib kelish.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR va internet resurslar :
- 1. Geografiya 6-sinf darsligi
- 2. Adilova S. Multimedia vositalari va uni ta’lim jarayonida qo’llash // Pedagogik ta’lim. 2001 yil 2-son
- 3. ” Maktabda geografiya”, jurnali 2009 yil 5-son, 2010 yil 2-3-sonlar 2012 yil 6-son
- 4. Daryo.uz
- 5. Geogrfaiya.uz
- 6. Uzedu.uz. Pedagoglarga
- 7. Online darslari
|
| |