|
Biografiya (tarjimai xol) metodi
|
bet | 29/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiBiografiya (tarjimai xol) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar odamlarining tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatiga ega.
Tarjimai hol metodi inson psixikasining suhbat va tajriba metodlari vositasida o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog‘liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, istedod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo‘lishi rivojlanishi, o‘ziga xos individual va ijdtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirilgan mulohazalarida asarlarida o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu tavsiflari orqali avloddan-avlodga o‘tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasida vorislik xodisasi ijtimoiy psixologik voqeylik vujudga keladi va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining uyg‘unligini taminlaydi.7
Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini o‘zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, o‘zining shaxsiy uslubini yaratishi, kamolat cho‘qqisiga erishishi jarayoninida ibrat–namuna, aniq mezon harkatlantiruvchi turt vazifasini o‘taydi. Xuddi shu boisdan mazkur ma’lumotlar insonning ichki reguliatsiyasi funksiyasini bajaradi ideal tanlash uchun imkon yaratadi, avval taqlid, so‘ng unga tenglashish uchun intilish (identifikatsiya) omilini barpo qilinadi.
Anketa metodi. Umumiy psixologiyadda keng qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari o‘rganiladi.
Anketa odatda 3 xil bo‘lib birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan iborat bo‘ladi; ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi; uchinchi xil anketada sinaluvchiga havola qilingan kamida to‘rt-besh banddan to‘g‘ri javoblari ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari, qobiliyatlarini, o‘ziga tengdoshlariga, katta va kichiklariga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter-xislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
|
| |