O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITЕXNIKA INSTITUTI
«SERVIS» FAKULTЕTI
«KASB TA'LIMI» KAFЕDRASI
«Kasbiy psixologiya» fanidan
Ma`ruza matnlari
Jizzax – 2018 yil
Ushbu ma`ruza matnlari O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Kasbiy psixologiya» fanidan namunaviy dastur asosida tuzildi.
Ma`ruza matnlari «Kasb ta'limi» kafеdrasining 2018 yil __.________. № __ yig`ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Kafеdra mudiri: _______ S.T.Aliqulov
Ma`ruza matnlari «Servis» fakultеtining ilmiy-uslubiy kеngashi tomonidan maqullangan 2018 yil __.________. № 1__ majlis bayoni.
Kengash raisi: ____________ J.A.Hamidov
Ma`ruza matnlari institutning ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan 2018 yil ___.___________. № ___ majlis bayoni.
Tuzuvchi: F.P.Abdurasulov
Taqrizchilar: p.f.n. dots. Hamidov J.A.
p.f.n. dots. Ro`ziboеv S.
1-mavzu: KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI
Reja:
1. Kasbiy faoliyatning asosiy psixologik muammolari
2. Mutaxassislarga qo‘yiladigan kasbiy va shaxsiy talablar
3. Mehnat psixologiyasi
4. Shaxs nazariyalari
Tayanch iboralar: Kasb, psixologiya, shaxs nazariyalari, kasbiy va shaxsiy talablar, Faren nazariyalari, kasbiy psixologiya tarmoqlar
1. Kasbiy faoliyatning asosiy psixologik muammolari
Respublikamiz aholisining aksariyati sanoat sohasi bilan shug‘ullanayotganligi tufayli uning tarmoqlariga oid mutaxassislarni tayyorlash uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko‘nikmalari va malakalari bilan bo‘lg‘usi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Bo‘lg‘usi muhandis-pedagogni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar oldiga qo‘yiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga molik muammo bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitining biologik-tibbiy jihatlari birmuncha o‘rganilganligiga qaramay, ularning mexanizmlari, akseleratsiya hodisasi, aholining jismoniy rivojlanishi, mehnatkashlarning issiq sharoitga moslashishlari, mehnatni tashkil qilishning oqilona yo‘llari, mehnat unumdorligini oshirishning samarali usullari, ekologiyaning o‘zgarishiga o‘xshash muammolar qariyb o‘rganilmagan. Quyidagi mavzular yuqoridagi muammolarning aksariyatiga javob berishga xizmat qiladi. Inson-tabiat munosabatini o‘zida aks ettiradi, shaxs omili va uni hozirgi davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb mahoratini takomillashtirish uchun negiz bo‘lib hisoblanadi. Kasb-hunar mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya, psixogramma asosida mutaxassislarni tayyorlash uchun oliy o‘quv yurtlari intilmoqlari lozim. Zero, yuksak texnologiyani boshqarishga layoqatli, ijodiy, mustaqil fikrlovchi, shaxslararo munosabatlarni tashkil qilishga uquvli mutaxassislar yetishtirishga erishilsa, ezgu niyatlar ijtimoiy hayotda qaror topgan bo‘lar edi.
|