|
Referat pedagogika va psixologiya fanidan Mavzu
|
bet | 1/2 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 113,1 Kb. | | #108985 | Turi | Referat |
Bog'liq Narzullaev Ravshan.Pedagogika
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
REFERAT
PEDAGOGIKA va PSIXOLOGIYA fanidan
Mavzu: Shaxsning kasbiy tafakkuri boshqaruv psixologiyasi o’z-o’zini boshqaruv
Bajardi:Narzullaev Ravshanbek
Tekshirdi:MUSINOV.S
Shaxsning kasbiy tafakkuri boshqaruv psixologiyasi o’z-o’zini boshqaruv.
Reja:
1. Kasbiy faoliyatning asosiy psixologik muammolari
2. Pedagogik o`z o`zini boshqarish psixologiyasi haqida tushuncha.
3. O‘z-o‘zini boshqarish metodlari.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
Tayanch iboralar: Kasb, psixologiya, shaxs nazariyalari, kasbiy va shaxsiy talablar, Faren nazariyalari, kasbiy psixologiya tarmoqlar
1. Kasbiy faoliyatning asosiy psixologik muammolari
Respublikamiz aholisining aksariyati sanoat sohasi bilan shug‘ullanayotganligi tufayli uning tarmoqlariga oid mutaxassislarni tayyorlash uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko‘nikmalari va malakalari bilan bo‘lg‘usi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Bo‘lg‘usi muhandis-pedagogni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar oldiga qo‘yiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga molik muammo bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitining biologik-tibbiy jihatlari birmuncha o‘rganilganligiga qaramay, ularning mexanizmlari, akseleratsiya hodisasi, aholining jismoniy rivojlanishi, mehnatkashlarning issiq sharoitga moslashishlari, mehnatni tashkil qilishning oqilona yo‘llari, mehnat unumdorligini oshirishning samarali usullari, ekologiyaning o‘zgarishiga o‘xshash muammolar qariyb o‘rganilmagan. Quyidagi mavzular yuqoridagi muammolarning aksariyatiga javob berishga xizmat qiladi. Inson-tabiat munosabatini o‘zida aks ettiradi, shaxs omili va uni hozirgi davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb mahoratini takomillashtirish uchun negiz bo‘lib hisoblanadi. Kasb-hunar mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya, psixogramma asosida mutaxassislarni tayyorlash uchun oliy o‘quv yurtlari intilmoqlari lozim. Zero, yuksak texnologiyani boshqarishga layoqatli, ijodiy, mustaqil fikrlovchi, shaxslararo munosabatlarni tashkil qilishga uquvli mutaxassislar yetishtirishga erishilsa, ezgu niyatlar ijtimoiy hayotda qaror topgan bo‘lar edi..
|
| |