|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 5/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiKasb psixologiyasi - mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy yetuklik determenantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi.
Kasb psixologiyasining muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat. Kasb psixologiyasining predmetining ta’rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
1. Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;
2. Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish;
3. Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;
4. Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish;
5. Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya’ni shaxsning deformatsiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;
6. Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish;
7. Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo‘llab-quvvatlash;
8. Kasbiy maslahat, kasbiy ma’lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jihatlari, attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
|
| |