Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi




Download 43,37 Mb.
bet51/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

3.Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi
Kasbiy jihatdan o‘z o‘zini aniqlash katta maktab yoshiga kelib inson uchun dolzarb mazmun kasb etadi va bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Biz quyida shu bosqichlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Bundan ko‘zlangan maqsad shundaki, biz ko‘rib chiqayotgan mavzuni, ya’ni shaxsning kasb tanlashi, kasbiy shakllanishi va kasbiy faoliyati muammolarini chuqurroq yoritish orqali shaxsni aynan kasbiy o‘z o‘zini aniqlash jarayonini bosqichma bosqich ko‘rib chiqishimiz zarur bo‘ladi. Shunday qilib, kasbiy o‘z o‘zini aniqlash beshta bosqichni o‘z ichiga qamrab oladi:
1. Kasbni ilk tanlash bosqichi. Bu bosqichda bola kasblar olami haqida etarlicha tasavvurga ega bo‘ladi, o‘z ichki imkoniyatlari haqida kam biladi, uning kasbiy intilishi hali sust darajada bo‘ladi. Bu bosqich kichik maktab yoshiga taalluqli bo‘lib, unda kasbning mazmuni va ish sharoitlari haqida bolada savollar tug‘ilmaydi.
2. Kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini aniqlash bosqichi katta maktab yoshiga to‘g‘ri keladi (15-17 yoshlar). Bu bosqichda ilk professional intilishlar paydo bo‘ladi va rivojlanadi hamda mehnatning turli xil sohalari ichidan o‘ziga ma’qulini tanlash jarayoni kuzatiladi.
3. Kasbiy ta’lim bosqichida tanlangan kasbni o‘zlashtirish jarayoni sodir bo‘ladi.
4. Kasbiy moslashish bosqichi kasbiy faoliyatning individual uslubining paydo bo‘lishi hamda kishining ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlar tizimiga bog‘lanishi bilan xarakterlanadi.
5. Mehnatda o‘zini ko‘rsatish bosqichi (qisman yoki butunlay) kasbiy mehnatga taalluqli bo‘lgan talablarning (kutilmalarning) bajarilishi yoki bajarilmasligi bilan bog‘liq holda kechadi.
Ma’lumki, shaxsning kasbiy shakllanishi to‘rt asosiy bosqichdan iborat bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: a) kasbiy intilishlarning shakllanishi; b) kasbiy ta’lim; v) kasbiy moslashish; g) shaxsning kasbiy faoliyatda qisman va to‘liq o‘zini-o‘zi bag‘ishlashi. Mazkur bosqichlarga mos holda kasbiy o‘zini o‘zi aniqlash jarayoni ham sodir bo‘ladi. Kasbiy o‘zini o‘zi aniqlash jarayoni psixologik adabiyotlarda yetarli darajada chuqur yoritilgan bo‘lib, ayniqsa, psixologlar kasbiy intilishning shakllanishi va kasb tanlash bosqichlariga alohida e’tibor qaratganlar.
Shunday qilib, kasbiy jihatdan o‘z o‘zini aniqlash - shaxs kasbiy faoliyatining barcha davrlarini, ya’ni kasbiy intilishning paydo bo‘lishidan tortib to mehnat faoliyatidan butunlay ozod bo‘lgungacha bo‘lgan davrlarni o‘zida mujassamlashtirgan jarayondir. Aytish mumkinki, u insonning butun hayot yo‘lini qamrab oladi. Albatta, bu jarayonning eng muhim bosqichlaridan biri kasb tanlash amalga oshiriladigan bosqichdir. To‘g‘ri tanlangan kasb, bir tomondan, shaxsning ichki imkoniyatlariga mos tushadi va uning insoniy baxti hamda kamolotini belgilaydi, ikkinchi tomondan esa yaxshi kasb egasining samarali mehnati ta’sirida jamiyat rivoji jadallashadi.11



Download 43,37 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   201




Download 43,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi

Download 43,37 Mb.