|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 88-92“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-22, Issue-2, November - 2022
90
hisobiga) hamda yer uchastkasini qo‘shimcha yaxshilash natijasida (unga yoki uni
yonidagi hududga investatsiya kiritish hisobiga). Buning natijasida yer uchastkasining
iste’mol hususiyati, uning qiymat bahosi oshadi, demak samaradorlik (iqtisodiy,
ijtimoiy, ekologik, reaksion) hamda foydalanish daromadliligi ham oshadi. Shaharlar
va pasyolkalar yerini qayta tiklashning bunday o‘ziga hos harakteri ular yerlaridan
foydalanishning o‘ziga hos hususiyatlaridan biridir. Shaharlar va pasyolkalar mavjud
yerlaridan foydalanish o‘zlarining ma’lum muammolariga ega. Ulardan asosiylari
quydagilar:
-Shaharlar va pasyolkalar yerlaridan foydalanishning bugungi kundagi
qonunchilik bazasi O‘zbekiston Respublikasining Yer va Shaharsozlik kodekslari
bilan, “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi , “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan. Yerlardan oqilona va samarali
foydalanish bo‘yicha, yerdan foydalanish tarkibini maqbullashtirish, shaharlar yerdan
foydalanish samaradorligini baholash, yerlardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazorat
tadbirlarini ishlab chiqish kabi funksiyalar umuman amalga oshirilmaydi. Bunday
holat shaharlar yeridan foydalanishda ma’lum bir tizimning mavjud emasligini hamda
ularni boshqarishga diqqat-e’tiborning yo‘qligini ko‘rsatadi. Ma’lum bir tizimga ega
bo‘lgan yer kadastr ahborotli ta’minotning yo‘qligi shahar yeridan foydalanishning
muhim kamchiliklaridan biridir. Shaharlarda yer kadastrini yuritish respublikada
yerdan foydalanishning pullik tamoyili hayotda tadbiq etilganidan boshlab boshlangan
(1994-yil). Shaharlarda kadastr ishlarini vaqt bo‘yicha bunday orqada qolishi
boshqarish funksiyasini tadbiq etish bo‘yicha qator kamchiliklar bo‘lishiga olib keldi.
Ulardan asosiylari quydagilardir:
-amaliy jihatdan respublika hududidagi barcha masalalarning qonuniy
belgilangan, mustahkamlangan chegarasining mavjud emasligi, bu shaharning aniq
umumiy maydonlarini hamda umuman aholi punktlari toifasidagi yerlarning
maydonlarini zaruriy aniqlash, shuningdek respublika chegarasidagi barcha toifalari
maydonlarini bog‘lashga imkon bermaydi;
-Shaharlar chegaralarining mavjud emasligi yer turlari maydonlari va tarkibiy
(yerlar eksplutatsiyasi) aniqligini, shuningdek shaharlar va pasyolkalar doirasida yer
turlari maydonlarini bog‘lanishini ta’minlamaydi;
-shahar (pasyolka) chegaralari tushunchasi turli me’yoriy xujjatlarda turlicha
talqin qilinadi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik kodeksida (35-modda)
e’tirof etiladiki, shahar yerlarni rivojlantirish va qurishni Bosh planida belgilanadigan
shahar chegarasi bilan aniqlanadi. Ammo masalaning bunday qo‘yilishi, fikrimizcha,
to‘g‘ri emas. shahar bilan qo‘shni, shaharning loyihaviy chegarasiga qo‘shilgan yerdan
foydalanuvchilarning yer maydonlari hozirgi kunda shahar yerlariga kirmaydi, bu
yerga huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan yer ajratish ishi amalga oshirilmagan.
Bunday loyihaviy chegara haqiqi yerdan foydalanishni yoritmaydi. Bu hol kadastr
|
| |