|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 88-92“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-22, Issue-2, November - 2022
89
funksional mohiyatini hisobga olgan holda tabaqalashtirilishi zarur. Bu ha aholi
punktlari yerdan foydalanishning muhim xususiyatlaridan biridir.
Yer uchun to‘lovlarga nisbatan, ya’ni soliq va ijara haqlariga nisbatan
quyidagilarni qayd qilish zarur: soliq umuman mulkdan undiriladi (mulk sifatidagi
ko‘chmas mulklardan), uning miqdori ko‘chmas mulkning qiymatidan foiz stavkasi
sifatida aniqlanadi hamda, u xo‘jalik yurituvchi sub’ektining tadbirkorlik faoliyatining
natijalariga bog‘liq emas. ijara haqi ijaraga olingan mulkdan (ko‘chmas mulk)
undiriladi va uning miqdori ijarachining tadbirkorlik faoliyati natijalariga
bog‘liq.shuning uchun yer davlat tasarrufida bo‘lganda yerdan foydalanuvchi
sub’ektlar esa amalda ijarachilar bo‘lganda yer solig‘i to‘g‘risidagi qa’tiy mazmunda
gapirish unchalik to‘g‘ri emas. Aholi punktlaridagi soliq stavkasi shahar va pasyolka
yerlarini funksional mohiyatini hisobga olgan holda tabaqalashtirishi zarur. Soliq
stavkasining bunday tabaqalashtirilishi aholi punktlari yerdan foydalanilishining
o‘ziga hos hususiyatlaridan biridir.
Munozara
. Shahar va pasyolkalarda yerlardan foydalanishni bozor qirrasi ularni
kadastr qiymatini baholashni ko‘zda tutadi. Qiymat baholash (bozor mavjud
bo‘lganda) va me’yoriy baholash (bozor mavjud bo‘lmaganda) amalga oshiriladi.
Yerlarni xususiylashtirish va yerlarni birlamchi bozorini yaratish sharoitida kadastr
baholashning asosiy hamda, yagona qabul qilinishi mumkin bo‘lgan usuli-bu
daromadli usulga asoslangan me’yoriy uslubdir. Shuning uchun ham ko‘chmas mulk
ob’ektidan olinadigan daromad tabaqalashtirishni talab qiladi (qishloq xo‘jaligi
yerlarini baholashdan farqli o‘laroq): bir tomondan, bino va inshoatlarga to‘g‘ri
keladigan daromaddan ulushni belgilash, ikkinchi tomondan-yer uchastkasidan.
Qurilmagan yer uchastkalarini baholash uchun ham maxsus uslubiyat zarur.
Shaharlar va pasyolkalar yerdan foydalanishning o‘ziga hos hususiyatlaridan biri
shundan iboratki, ushbu toifa yerlardan foydalanishni baholash majmuali tarzda hamda
yerdan foydalanishning har bir qirrasiga mos keluvchi samaradorligining barcha turlari
bo‘yicha bir vaqtda o‘tkazilishi zarur: ijtimoiy, iqtisodiy, reaksion, ekologik. Bu esa
o‘z vaqtida bir qator baholash uslublarini mavjud bo‘lishini va qo‘lanishini (yerdan
foydalanishni har bir qirrasi bo‘yicha), shaharlar va pasyolkalarning yerlaridan
foydalanishning jamlangan samaradorligini o‘rnatish (qator boshqa yer toifalari uchun
harakterli bo‘lmagan) talab qiladi. Aholi punktlari toifasidagi yerlarni qayta tiklash
(qishloq xo‘jaligi yerlari singari) o‘z ichiga miqdor va sifat tarkiblarini oladi. Birinchi
holatda qayta tiklash shahar chegarasiga boshqa toifalardan yangi yerlarni qo‘shish
(oldingi yerlardan foydalanuvchilardan yoki zahira yer toifasidan) vositasida amalga
oshiriladi. Ikkinchi holatda esa yer uchastkasidan foydalanishni sifat jihatidan
yaxshilash hisobiga amalga oshiriladi. O‘z navbatida ikkita tashkil etuvchini qarab
chiqish mumkin: Oldingi yoki kichik yer uchastkasida ob’ektlarni (ancha baland uy-
joy binolarini, yirik ishlab chiqarish va boshqa mohiyatdagi ob’ektlarni joylashtirish
|
| |