“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.05.2024
Hajmi0,64 Mb.
#240266
1   2   3   4   5
Bog'liq
88-92

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-22, Issue-2, November - 2022
 
91
ma’lumotlarida yoritilishi zarur. Chegaradosh yerdan foydalanuvchilar yerlarini (yoki 
yer uchastkasining bir qismini) zaruriy huquqiy rasmiylashtirmasdan turib shahar 
chegarasiga kiritish davlat yer hisobini yuritishda va umuman yer kadastrini yuritishda 
chalkashliklarga, qo‘shni yerdan foydalanuvchilarni nohaqqoniy va samarasiz 
rejalashtirishga hamda yer solig‘ini noto‘g‘ri undirishga, yerdan foydalanishni 
boshqarishnining qator boshqa funksiyalarini noto‘g‘ri amalga oshirishga olib keladi. 
O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida (60-modda) yuridik va jismoniy 
shaxslarning yer uchastkalari chegaralari bo‘yicha aholi punktlarini chegaralarini 
belgilash ko‘zda tutilgan. Demak, shahar chegarasi qo‘shni yerdan foydalanuvchilarni 
huquqiy rasmiylashtirilgan chegaralari bo‘yicha o‘tishi zarur. Shu sababli shahar 
chegaralarini belgilashni aholi punktlari yer kadastrini yuritishning asosiy 
boshlang‘ich holati deb qarash zarur: 
-Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish, shaharlarda yer hisobini 
yuritish ham, yerdan foydalanuvchilarni to‘lov qobiliyatiga qarab, (kadastr xizmatlari 
uchun) bugungi kunda amaliy jihatdan tanlangan holda amalga oshiriladi. Davlat yer 
kadastrini yuritish shahar va tuman xizmatlarida amalga oshiriladi, ular xo‘jalik hisobi 
asosida ish yuritadilar. Buning natijasida shahar chegarasidagi yerlarni yoppasiga 
(ma’muriy va ijtimoiy ob’ektlar bilan birgalikda) ro‘yhatga olish va hisobini yuritish 
bo‘yicha har doim ham moliyaviy imkoniyatga ega emaslar. Shu sababli ham hozir 
kungacha amaliy jihatdan respublikaning hech bir shahar yer kadastri bilan to‘la 
qamrab olinmagan;
-shahar yerlarini kadastr baholanishining samarali, ilmiy asoslangan 
uslubiyatining mavjud emasligi hamda buning natijasida kadastr tadbirlari tarkibida bu 
turdagi ishning bajarilmaganligi. Bugungi kunda, 2007 yilning boshidan yer 
uchaskalarini hususiylashni boshlanishi munosabati bilan shahar yerlari qiymatini 
kadastr baholash asosida emas balki hududni iqtisodiy baholash asosida belgilashga 
urinishlar mavjuddir. Bu ikki turdagi baholashning alohida-alohida va turli 
mazmundagi turlari bo‘lib ular turli mohiyatga, metodologiyaga hamda mazmunga 
egadirlar. Undan tashqari yerga bahoni tabaqalashtirish uchun (yer solig‘ini va ijara 
haqini hisoblash) hududni mintaqalash qurolidan foydalanish metodologik nuqtai-
nazaridan noto‘g‘ri usuldir, negaki bunday holatda salbiy samara vujudga kelishishi 
mumkin. Bu esa o‘z navbatida qidirilayotgan natijaning aniqligini pasaytiradi. 
Hududni iqtisodiy baholash ma’lumotlaridan shahar yerlarini qiymat baholash hamda 
hududni mintaqalash mexanizimi uchun foydalanish yerga baho belgilashda, yer 
solig‘ini hamda ijara haqini hisoblashda ma’lum noaniqlarga olib keladi; 
-shaharlar va pasyolkalar yerdan foydalanishda bozor tamoyillarini qo‘llash 
sharoitida ko‘p xonalik uylar yeridan foydalanishni takomillashtirish, yerga huquqni 
belgili hamda jamoa bo‘lib yerdan foydalanishda (yoki ijarada) to‘lovlarni hisoblash 



Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish