• Mahallalar va guzarlar hududlarini landshaft loyihalash
  • -jadval. Skver hududining balansi




    Download 1,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,23 Mb.
    #123655
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi

    1-jadval. Skver hududining balansi 
    Respublikamizning issiq va quruq iqlimi sharoitida skverlar hududi iloji boricha 
    soya beruvchi manzaraviy daraxilar bilan ko'kalamlashtirish talab etiladi. Shu 
    maqsadda 1 gektar hududga 340-400 tagacha daraxtlar ekish tavsiya etiladi. 
    Skverdagi asosiy xiyobon enini 4-6 m, yo‘laklar enini 1,5-4 m olish mumkin. 


    Mahallalar va guzarlar hududlarini landshaft loyihalash 
    Ma’Iumki 0 ‘rta Osiyoning tarixiy shaharlarida bizgacha ko‘plab mahallalar va 
    ulaming markazlarining guzarlar saqlanib qolgan. Bunday mahalllalar hududidan 
    tor ko'chalar o‘tkazilib, ular odatda, mahalla markazlari guzarlarga kelib ulangan. 
    Tor ko'chalaming boshi esa mahallalami bir-biridan ajratib turuvchi shahar 
    magistral ko‘chalariga borib tutashgan. Ana shunday mahalla va guzarlar, tor 
    ko‘chalar va magistrallar bugungi kunda 0 ‘zbekistonning deyarli barcha tarixiy 
    shaharlari: Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qo‘ qon, Namangan va boshqa 
    shaharlarda mavjuddir. 
    Tarixiy mahallalardagi ko‘kalamlar asosan guzarlarda joylashgan bo‘lib, odatda 
    ular guzar imoratlarining turkumini tashkil qiluvchi guzar hovuzlarining atrofida, 
    guzar masjidi va maktahining hovlisida yoki atrofiarida shakllantirilgan. Bunday 
    ko‘kalamlar odatda hovuzning suv bilan ta’minlovchi ariqlar bo‘ylab qatorlab 
    ekilgan. Masjid oldi, hovlisi, maktabda manzarali va mevali daraxtlardan tashqari 
    atirgullaming bir nechta navlari hamda gultojixo‘roz, savsan, hamisha bahor, 
    rayhoy va boshqa guli uzoq gullorvchi o‘simliklar ekilgan. Manzarali daraxtlarga 
    terak, tol, chinor, qayrag‘och, majnuntollar kirsa, mevali daraxtlarga tut, yong'oq, 
    olxo'ri, nok, anor, anjir, bodom va boshqalar kirgan. Guzar hovuzining atrofida 
    daraxtiar shunday ekilganki, ulaming soyasi nafaqat hovuz atrofini, balki hovuz 
    yuzini ham o‘z soyasi bilan yopib turgan. Bu uslub hovuz suvining jazirama quyosh 
    nuridan ko‘p bugManib ketmasligi, hovuzga chang tushmasligi va uning doim 
    muzdek sovuq turishini ta’minlagan. Natijada hoviiz atrofida qulay va shinam 
    mikroiqlim, yengil shabada bo‘lishligi ta’minlangan. Hovuz atrofiga ekilgan 
    daraxtlaming barglari tushib hovuz suvini ifioslamasligi talab etilgan. (13-rasm) 


    13-rasm. Buxoro. Tarixiy shaharlar markazlarining namunaviy landshaft 
     yechimiga misol. 


    Hozirgi vaqtda tarixiy shaharlarimizdagi bunday guzar va mahallalar muhiti qayta 
    tiklanib, ulami zamonaviy texnik va estetik talablarga mos tarzda 
    modemizatsiyalash loyihalari ishlanmoqda. Ana shunday loyihalami ishlashda 
    yuqorida aytib o'tilgan guzar va mahallalar hududini landshaft tashkillashtirish 
    bilan bog‘liq tarixiy qadriyatlarimiz e’tiborga olinishi zarur.
    Xulosa 
    Mustaqil ishda menga vazifa qilib topshirilgan mavzuni iloji boricha keng ko’lamda 
    o’rganib chiqishga harakat qilib shuni xulosa qildimki, ko‘chalar va xiyobonlardagi 
    ko‘kalamzorlarning asosiy vazifasi — bu aholini changlar, shamollar, shovqin va 
    quyosh nuri taftidan himoya qilishdir. Ayni paytda, ko‘chalarning me’moriy-badiiy 
    va landshaft yechimlarining saviyasi ham katta ahamiyatga egadir.
    Ko‘chalardagi ekinzorlar manzarabop-rejaviy axamiyatga ega, shuningdek, qisqa 
    vaqt dam olishga mo‘ljallangan. Ekinzorlar xajmi ko‘chalarning kengligiga
    yo‘nalishiga, piyodalar va trapsport qatnovi yo‘nalishiga ko‘ra, yo‘lak va yo‘lning 
    harakatlanish qismi oralig‘idagi zahira maydonining eniga, hamda yo‘lakdan 
    uylargacha bo‘lgan masofaga qarab o‘zgaradi. Yo‘lning transport qatnovi qismini 
    bo‘luvchi yo‘lak uning eniga qarab ko‘kalamzorlashtiriladi. Transport qatnovi jadal 
    bo‘ladigan magistral ko‘chalarda piyodalarni changdan va chiqit gazlardan 
    himoyalash uchun harakat qismining har ikkala tomonida ikki qator daraxtlar 
    hamda butalardan yashil to‘siqlar ekish maqsadga muvofiq. YAshil to‘siqlarni, 
    shuningdek, uylar oldidagi daraxtzorlarning tashqi qismida ekishga tavsiya etiladi. 
    Agarda chorraxalardagi transport qatnovi aylana (doira) bo‘yicha tashkil qilingan 
    bo‘lsa, uning markazida 15-25 m 2 diametrga ega bo‘ladigan yashil orolchalar barpo 
    etiladi. Ushbu gazonli orolchalarda gullar (atirgullar), gullaydigan butalar, kichik 
    daraxtlar, o‘tsimon o‘simliklar ekiladi. Ko‘chalarda daraxtlarni ekishda vodoprovod 
    inshootlari va boshqa er osti qurilmalari inobatga olinishi zarur. Daraxtlar shox-
    shabbalari osig‘liq elektr energiyasi tarmog‘iga tegmaydigan bo‘lishi kerak. 


    Ko‘chalar yo‘nalishiga qarab, jazirama va issiqdan himoyalashga qaratilgan yashil 
    ekinzorlarga talablar o‘zgarib boradi. 
    Aholi yashash joylaridagi landshaft muhitining shakllanishida manzarali 
    o‘simliklarning ularning juda yuqori va xilma-xildir, chunki o‘simliklar 
    sanitariyagigienik vaziyatni yaxshilash xossalariga egadirlar. O‘tqazilgan daraxtlar 
    shamol kuchini, shovqinni pasaytiradi, issiqlik rejimini tartibga soladi, havoni 
    changdan va zararli sanoat chiqindilaridan, patogen mikroorganizmlardan tozalaydi 
    va uni namlantiradi, bu esa muhitni sog‘lomlashtiruvchi ahamiyatga ega. Daraxtlar 
    shahar – qishloqlar aholisining dam olishi, ommaviy madaniy tadbirlarini, jismoniy 
    tarbiya hamda sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etishda yaxshi muhit yaratadi. 
    Ko‘chalarning arxitekturaviy manzarasini shakllantirishda daraxt va butalar beqiyos 
    rang-barang shakllar, fakturalar va qiyofa hosil qiladi. O‘simliklarning 
    manzaraboplik xususiyatlarining ko‘pligi, buning ustiga, vaqt va fasllar doirasida o‘z 
    qiyofasini o‘zgartirib turishi; hududlarning landshaft-arxitekturaviy ko‘rinishini 
    o‘zgartirishga cheklanmagan imkoniyatlarni ochib beradi. Ekinzorlar shunday bir 
    materialdirki, u aloxida binoni yoki bir necha binolarni, aholi yashash hududlarining 
    yaxlit ko‘rinishini ta’minlaydi. YAshil ekinzorlar, katta yo‘l va ko‘chalar yoqasidagi 
    ko‘kalamzorlashtirilgan yo‘lkalar aholi yashash qismlarini birlashtirib turadi hamda 
    uy-joylarga go‘zal manzara bag‘ishlaydi. Aynan yashil ekinzorlar katta yoki kichik 
    massivlar ko‘rinishida, shuningdek, ko‘chalar va maydonlarda, qatorlab va guruhlab 
    ekilgan o‘simliklar ko‘rinishi landshaft echimiga xush manzaraviylik va mazmun 
    bag‘ishlaydi. Yashil ekinzorlar nafaqat estetik, balki psixologik axamiyatga ham ega. 
    Ranglar boyligi, gullarning ifori – bularning barchasi mikroiqlim yaxshilanishi 
    barobarida insonga, uning kayfiyati va asablariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 



    Download 1,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,23 Mb.
    Pdf ko'rish