|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika kafedrasi media savodxonlik va axborot madaniyati
|
bet | 58/73 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 37,34 Mb. | | #248646 |
Bog'liq Media savodxonlik umk 04 09 2023 06ishonchlilik – tizim me'yoriy va g`ayri tabiiy hollarda rejalashtiriganidek o`zini tutishlik kafolati;
aniqlilik — hamma buyruqlarni aniq va to`liq bajarish kafolati;
tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruhlari axborot manbalariga har xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati; nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xohlagan qismini to`liq tekshirish mumkinligi kafolati;
identifikatsiyalashni nazorat qilish — hozir tizimga ulangan mijoz aniq o`zini kim deb atagan bo`lsa, aniq o`sha ekanligining kafolati;
qasddan buzilishlarga to`sqinlik — oldindan kelishilgan me'yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma'lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan holda o`zini tutishi.
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o`g`irlanishi, yo`qotilishi, o`zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo`lgan xavf-xatarning oldini olish;
axborotni yo`q qilish, o`zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko`chirish, to`siqlash bo`yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
xujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta'minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning ko`rinishlarining oldini olish;
axborot tizimida mavjud bo`lgan shaxsiy ma'lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion xuquqlarini himoyalash;
davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini saqlash;
axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta'minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo`llashda sub'ektlarning huquqlarini ta'minlash.
Ilmiy va amaliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish natijasida axborotga nisbatan xavf-xatarlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
|
| |