• Axborotning himoyasi
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika kafedrasi media savodxonlik va axborot madaniyati




    Download 37,34 Mb.
    bet57/73
    Sana21.05.2024
    Hajmi37,34 Mb.
    #248646
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
    Bog'liq
    Media savodxonlik umk 04 09 2023 06

    Axborotning hayotiy davri.
    Maxfiy va qimmatbaho axborotga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning mulkiy huquqlarini himoyalash — bu ishlab chiqarilayotgan axborotni jiddiy iqtisodiy va boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo`lgan turli kirishlar va o`g`irlashlardan himoyalashdir. Axborot xavfsizligi deb ma'lumotlarni yo`qotish va o`zgartirishga yunaltirilgan tabiiy yoki sun'iy xossali tasodifiy va qasddan ta'sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
    Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o`g`irlash yoki nusxa olishdan iborat bo`lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma'lumotlari to`plami, elektron ma'lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat olmasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
    Axborotning himoyasi deb boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta'minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta'minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
    Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga zarar yetkazmoqchi bo`lgan nohuquqiy muomaladan har qanday hujjatlashtirilgan, ya'ni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo`yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot himoyalanishi kerak.
    Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
    maxfiylik — aniq bir axborotga faqat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya'ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofiq cheklab qo`yilib, hujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o`g`irlik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi;
    • konfidentsiallik — ishonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;
    • yaxlitlik — axborot boshlang`ich ko`rinishda ekanligi, ya'ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o`zgarishlar qilinmaganligi kafolati. Bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;
    • autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e'lon qilingan shaxs haqiqatan ham axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat. Bu bandning buzilishi xabar muallnfini soxtalashtirish deyiladi;
    • apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda keng ko`llaniladi. Kerak bo`lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.
    Yuqoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagacha tasnifni keltirish mumkin:

    Download 37,34 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




    Download 37,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika kafedrasi media savodxonlik va axborot madaniyati

    Download 37,34 Mb.