• Malakali kadrlar bozori
  • Mehnat bozori
  • Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish




    Download 1,37 Mb.
    bet64/78
    Sana28.11.2023
    Hajmi1,37 Mb.
    #106977
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78
    Bog'liq
    darslik KIB (2)

    Kadrlarni rejalashtirish – bu odamlarga zarur vaqtda kerakli miqdordagi ish o‘rinlarini ularning qobiliyatlari.yu mayllari ishlab chiqarish talablariga muvofiq ta’minlab berish hisoblanadi.
    Kadrlarni qayta tayyorlash – korxona xodimlari tomonidan yangi kasbni o‘zlashtirishdir.
    Qiziqish – shaxsning u yoki bu narsaga qaratilgan bilish ehtiyojining namoyon bo‘lish shakli bo‘lib, bu narsa ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otishi mumkin:
    Qobiliyat – bu xodimda o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun kasb malakasi mavjudligi, yetarli darajadagi jismoniy kuch quvvat va chidamlilik, uquvlilik, umumiy madaniyat borligi va shu kabilar kiradi.
    Malakali kadrlar bozori – bu xususan, ijtimoiy mehnatda ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan malakali kadrlarni talab va taklifga asosan mehnat muassasalari ishtiroki va nazorati ostida muntazam ravishda taqsimlaydigan va qayta taqsimlaydigan tizimdir.
    Martaba – bu, insonning ish bilan bog‘liq yillari mobaynida mehnat tajribasi va faoliyati taalluqli, alohida anglab yetilgan nuqtayi nazari va xulq-atvoridir (egallagan lavozimlaridagi, ish o‘rinlaridagi izchillik, mehnat tashkilotidagi mavqyeining ahvoli).
    Mehnat – bu insonning biron-bir maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyatidir.
    Mehnat birligining bozor bahosi – bu, ish haqining miqdori (stavkasi) bo‘lib, u shartnomada belgilab qo‘yiladi va muayyan vaqt birligi ichida bajariladigan va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga ega bo‘lgan mehnatga to‘lanadigan haq darajasini belgilab beradi.
    Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish – sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.

    Download 1,37 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78




    Download 1,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish

    Download 1,37 Mb.