• T A Q R I Z I
  • Boshlang’ich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini oshirishning nazariy-metodologik asoslari
  • “YeGRA, PIRLS xalqaro dasturlari asosida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻqish savodxonligini oshirishning amaliy mexanizmlari”
  • PIRLS, YeGRA xalqaro dasturlari asosida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻqish savodxonligini oshirishning samaradorligi”
  • Rasmiy opponent Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti Pedagogika
  • Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Xoʻjamqulova Nafisa Roʻziqulovnaning




    Download 36,06 Kb.
    Sana02.10.2024
    Hajmi36,06 Kb.
    #273263
    Bog'liq
    Xujamqulova N taqriz


    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Xoʻjamqulova Nafisa Roʻziqulovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ona tili) ixtisosligidan Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Umumta’lim maktablarida xalqaro dasturlar asosida oʻqish savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirish (PIRLS, YeGRA xalqaro dasturlari asosida)” mavzusidagi yozilgan dissertasiyasiga rasmiy opponent
    T A Q R I Z I
    Dunyoning bir qator rivojlangan mamlakatlarida innovasion ta’lim muhitini yaratish, integrasion munosabatlarni rivojlantirish, ta’lim amaliyotiga PIRLS, YeGRA (Yearly Grade Reading Assessment), YeGMA (Yearly Grade Math Assessment), TIMSS (Trends in Mathyematics and Sciyencye Study) kabi jahon ta’lim standartlarini joriy qilish boʻyicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar sifatida ye’tirof yetilayotgan shaxsga yoʻnaltirilgan, kompetensiyaviy, yevristik, akmeologik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga samarali tatbiq qilish, oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash, matn bilan ishlash, undan foydalanish va munosabat bildirish koʻnikmalarini rivojlantirishga boshlang’ich ta’lim imkoniyatlarini yoʻnaltirish, xalqaro baholash dasturlari talablari asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb yetadi. Bu yesa umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilarida ularning oʻqish savodxonligini rivojlantirish orqali PIRLS va YeGRA xalqaro dasturlarida nazarda tutilgan oʻqish savodxonligi boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirish borasidagi amaliy ahamiyatga molik ilmiy tadqiqotlarni taqozo qiladi.
    Respublikamiz ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qaror toptirish hamda 2030-yilga kelib PISA xalqaro miqyosda oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga yerishish xalq ta’limi tizimi oldidagi strategik vazifalardan biri sifatida belgilangan. Umumiy oʻrta ta’limda boshlang’ich ta’limga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tatbiq yetish orqali oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish uzluksiz ta’limdagi muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Oʻquvchilarning ichki imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, kreativ va mantiqiy fikrlashga oʻrgatish, zamonaviy ijtimoiy koʻnikmalarini (mustaqil ishlash qobiliyati, loyihalash, oʻzini-oʻzi tahlil qilish, iqtidorini namoyon qilish, olgan bilimlarini hayotda qoʻllay olishini) rivojlantirish, xususan, ularning oʻqish savodxonligini rivojlantirish orqali hayotga tayyorlashga yoʻnaltirilgan innovasion ta’lim muhitini yaratish muammoning ilmiy jamoatchilik tomonidan chuqur tadqiq qilinishini taqozo yetadi.
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg’risida”, 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻg’risida”, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻg’risida”gi farmonlari; 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg’risida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 213-son “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi qarori hamda mazkur faoliyat bilan bog’liq boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
    Shu nuqtayi nazardan tadqiqotchi Xoʻjamqulova Nafisa Roʻziqulovnaning “Umumta’lim maktablarida xalqaro dasturlar asosida oʻqish savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirish (PIRLS, YeGRA xalqaro dasturlari asosida)” mavzusidagi dissertasiyasi dolzarb hisoblanadi.
    Dissertasiya kirish, uch asosiy bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati hamda ilovalardan iborat.
    Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida xalqaro dasturlar asosida oʻqish savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirish (PIRLS, YeGRA xalqaro dasturlari asosida) boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish koʻrsatib oʻtilgan.
    Boshlang’ich ta’lim metodikasini zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan, kompetensiyaviy, shaxsga yoʻnaltirilgan va akmeologik yondashuvlar asosida takomillashtirish, xalqaro baholash dastur talablari asosida oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini oshirish, taʼlim mazmuni va sifatiga qoʻyilayotgan PIRLS xalqaro baholash dasturi talablari va oʻquv jarayonida integrasiyani taʼminlash hamda oʻzlashtirilgan bilimlarning hayotiy ahamiyatini oshirish zarurati mazkur dissertasiyaning mavzusini belgilab bergan.
    Tadqiqotning obekti sifatida YeGRA va PIRLS xalqaro tadqiqotlari asosida umumiy oʻrta ta’lim maktablari boshlang’ich ta’lim oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirish jarayoni belgilanib boshlangʻich sinf oʻquvchilari jalb yetilgan.
    Avtoreferatning “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy ustuvor yoʻnalishlari, tadqiqotning maqsad-vazifalari, obekti, predmeti, usullari, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy-amaliy ahamiyati ishonchli dalillar asosida tavsiflangan.
    Dissertasiyaning birinchi bobi “Boshlang’ich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini oshirishning nazariy-metodologik asoslari” deb nomlangan. Ushbu bobda tadqiqot doirasida pedagogik va psixologik omillarning uyg’unligi tadqiqotning keyingi boʻlimlari uchun mustahkam poydevor yaratadi, bu yesa boshlang’ich sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻqish savodxonligini oshirishga qaratilgan. Pedagogik va psixologik jihatlar oʻrtasidagi kesishmalarni tushunib, oʻqituvchilar uzluksiz moslashish jarayonini osonlashtiradigan strategiyalarni ishlab chiqishlarini uchratish mumkin. Bu, oʻz navbatida, oʻquvchilarning oʻqish materiallariga qiziqishini oshirishi va keyinchalik oʻqish savodxonligini oshirishga zamin yaratilishi aytib oʻtilgan. Oʻqish savodxonligini oshirishning chuqurroq oʻrganilgan, ushbu tadqiqotdan olingan tushunchalar boshlang’ich sinf oʻquvchilarining oʻziga xos yehtiyojlarini qondiradigan samarali tadbirlarni yaratish uchun asosiy tamoyil boʻlib xizmat qilishi aytib oʻtilgan.
    Oʻquvchilarning rasmiy ta’limga moslashishida pedagogik va psixologik jihatlar hal qiluvchi rol oʻynashi, bu jihatlar oʻquvchilarning kognitiv, hissiy va ijtimoiy oʻsishini qoʻllab-quvvatlaydigan muhitni yaratish uchun hamkorlik qilishiga qaratilgan.
    Tadqiqotning ikkinchi bobi “YeGRA, PIRLS xalqaro dasturlari asosida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻqish savodxonligini oshirishning amaliy mexanizmlari” deb nomlangan bo’lib, oʻqish savodxonligi – shaxs oʻquvchilarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda oʻz oʻrnini topish maqsadiga yerishishi yoʻlida matnlarni tushunish, ulardan foydalanish, matn ustida mulohaza yuritish hamda ularga munosabat bildirish qobiliyati ochib berilgan. Oʻqish savodxonligining quyidagi ta’rifida uning har bir qismiga alohida ye’tibor qaratilgan boʻlib, PIRLSdagi dalillar va boshqa amaliy tadqiqotlardan foydalangan holda ba’zi muhim oʻzgartirishlar kiritilgan va puxta ishlab chiqilgan. Bu nazariyadagi oʻzgarishlar va dunyoda boʻlayotgan oʻzgarishlarni inobatga olib amalga oshirilgan. Oʻqish savodxonligining oldingi ta’riflarga qaraganda farqini solishtirar yekanmiz, “Oʻqish” atamasi oʻrnida “Oʻqish savodxonligi” atamasi foydalanilganligini koʻrish mumkin, chunki ushbu jumla mazkur dasturning tadqiqot doirasi, oʻrganish obektlari haqida, hattoki ayni fan mutaxassisi boʻlmaganlarga ham aniqroq tasavvurlarga yega boʻlishga yordam berishi, oʻqish savodxonligi bir qator aqliy faoliyat va til kompetensiyalarini qamrab olingan. Jumladan, alohida olingan soʻzning ma’nosini tushunishdan tortib, matnning grammatik va lingvistik qurilishini anglash hamda matndan olingan ma’noni oʻzining olam haqidagi tasavvurlari bilan bogʻlashni oʻz ichiga olgan. U metakognitiv kompetensiyalarni, ya’ni matn bilan ishlashda kerak boʻladigan turli strategiyalarni bilish va ularni toʻgʻri qoʻllay olishni ham oʻz ichiga olishi aytib oʻtilgan.
    PIRLS, YeGRA xalqaro dasturlari asosida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻqish savodxonligini oshirishning samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobi mazmunida tajriba-sinov ishlari davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili keltirib oʻtilgan.
    Tajriba-sinov ishlari 2020-2023 yillarda uch bosqichda oʻtkazilgan. Tajriba-sinov ishlari davomida oʻrganilayotgan oʻqish savodxonligi tarkibining psixologik-pedagogik xarakteristikasini aniqlash bilan “oʻqish savodxonligi” tushunchasining mohiyatini aniqlash;
    oʻquvchilarning PIRLS, YeGRA baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishning maqsadli-natijaviy modelini loyihalashtirish hamda yeksperimental tekshirish;
    oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini PIRLS, YeGRA baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishga imkon beruvchi kompleks pedagogik sharoitlarni tajriba-sinov yoʻllari bilan tekshirish.
    Tajriba-sinov ishlari 3 ta bosqichda, ya’ni qayd yetuvchi, izlanish va yakuniy bosqichlarda olib borilgan.
    Dissertasiya mavzusi boʻyicha 18 ta ilmiy ish, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestasiya Komissiyasi doktorlik dissertasiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop yetish uchun tavsiya yetilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, shundan, 5 tasi respublika, 1 tasi xorijiy jurnallarda nashr yetilgan.
    Dissertasiya boʻyicha avtoreferat tayyorlangan hamda dissertasiyaning asosiy natijalarini oʻzida toʻliq aks yettiradi.
    Tadqiqotchi tomonidan umumiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
    Tadqiqotchining dissertasiya ishiga ba’zi takliflarimni keltirib oʻtmoqchiman. Jumladan:
    1. Dissertasiya ishi va avtoreferatda oʻqish savodxonligini oshirish tamoillari haqida koʻproq ma’lumot berib oʻtilsa, maqsadga muvofiq boʻlar yedi;
    2. Tadqiqotning ikkinchi bobida oʻqish savodxonligini oshirishning zamonaviy usullari yanada kengroq koʻrsatib oʻtilsa, ishning samaradorligi yanada ortar yedi.
    3. Tadqiqotning tajriba-sinov ishlarida keltirilgan ilmiy tadqiqot metodlaridan tashqari yana qaysi olimning ishlari boʻyicha tahlil qilinganligi keltirilganda ishning saviyasi yanada ortgan boʻlar yedi.
    4. Dissertasiya bajarilishi davomida koʻplab adabiyotlardan foydalanilgan, oxirgi 5-10 yil davomida adabiyotlardan koʻplab kiritilsa yaxshi boʻlar yedi.
    Mazkur takliflarni tadqiqotchi inobatga olmasa ham dissertasiyaning mohiyatini, undagi nazariy va amaliy natijalarning qiymatini pasaytirmaydi.
    Umuman olganda dissertasiyada fikrlar tushunarli tilda ravon, asosli, tizimli bayon yetilgan.
    Dissertasiya, dissertasiya avtoreferati va dissertasiya mavzusi bo’yicha ye’lon qilingan ishlarni o’rganib chiqib, quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin bo’ladi:
    Dissertant N.R.Xoʻjamqulovaning “Umumta’lim maktablarida xalqaro dasturlar asosida oʻqish savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirish (PIRLS, YeGRA xalqaro dasturlari asosida)” mavzusidagi dissertasiyasi mustaqil bajarilgan hamda tugallangan tadqiqot yekanligini ta’kidlash lozim. Dissertasiyaning asosiy mazmuni tadqiqotchi tomonidan ye’lon qilingan ishlarda oʻz aksini topgan; dissertasiyaning avtoreferati dissertasiya mazmuniga mos keladi.
    Xulosa qilib aytganda, dissertasiya va avtorefarati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasining doktorlik dissertasiyalariga qoʻyilgan nizom talablariga javob beradi. Dissertasiya avtoreferatida chop yetilgan ilmiy ishlar mazmuni va tuzilishiga koʻra 13.00.02.–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligiga mos keladi. Tadqiqotchi Xo’jamqulova Nafisa Ro’ziqulovnaning “Umumta’lim maktablarida xalqaro dasturlar asosida oʻqish savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirish (PIRLS, YeGRA xalqaro dasturlari asosida)” mavzusidagi dissertasiya ishi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.
    Rasmiy opponent
    Sharof Rashidov nomidagi
    Samarqand davlat universiteti
    Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy
    fanlar fakulteti Pedagogika
    va umumiy psixologiya kafedrasi
    professori, pedagogika fanlari doktori: Kiyamov Nishon Sadikovich
    Download 36,06 Kb.




    Download 36,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Xoʻjamqulova Nafisa Roʻziqulovnaning

    Download 36,06 Kb.