• Yuldasheva Xurshida Timurovnaning 2022-2023 o‘quv yilida bajargan ILMIY PEDAGOGIK ISHI to‘g‘risida (I semestr uchun)
  • “Elektron xabarlarda spamni aniqlash va tasniflash algoritmlari” 2022-2023 O‘QUV YILIDA BAJARILGAN ILMIY-TADQIQOT ISHLARINING QISQACHA MAZMUNI
  • Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti




    Download 22.82 Kb.
    Sana26.06.2023
    Hajmi22.82 Kb.
    #75806
    Bog'liq
    I semestr ILMIY PEDAGOGIK ISHI (2)
    3. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari, Elektromagnit maydon energiya, Galiley va Eynshteynning nisbiylik tamoyili, iqtisodiyotda-matematik-modellashtirish, Fizikaviy jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beruvchi das, 2 маъруза Ахборот технологиялар ва уларнинг дидактик имкониятлари (2), Самостоятельная работа №3, (Упражнение) Future Continuous, 6, 9-mavzu. Kesh xotira.(97-110), QULMURODOVDURBEK, 1232sa1s1, 1232sa1s11, Ispaniya, BMI Nodir

    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
    Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalar fakulteti
    Dasturiy injiniring kefedrasi
    70610701 - Sun‘iy intellekt yo’nalishi
    I-bosqich magistranti
    Yuldasheva Xurshida Timurovnaning


    2022-2023 o‘quv yilida bajargan
    ILMIY PEDAGOGIK ISHI
    to‘g‘risida
    (I semestr uchun)
    H I S O B O T


    SAMARQAND – 2023
    UMUMIY MA’LUMOT
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 70610701 – Sun‘iy intellekt yo’nalishiga grant asosida qabul qilindim. I - semestrda darslar 2023-yil 6-martdan boshlandi. Bizga universitetning bir qator professor-o’qituvchilari dars berishmoqda. Bu semester davomida bizga neyron tarmoqlari, parallel va taqsimlangan hisoblashlar uchun dasturlash, ilmiy tadqiqot metodologiyasi, mashinaviy o‘qitish, beg data, maxsus fanlarni o’qitish metodologiyasi kabi fanlar o’tilmoqda.
    Ilmiy tadqiqot mavzusi: “Elektron xabarlarda spamni aniqlash va tasniflash algoritmlari”


    2022-2023 O‘QUV YILIDA BAJARILGAN ILMIY-TADQIQOT ISHLARINING QISQACHA MAZMUNI

    O‘quv jarayonida quyidagi ishlar amalga oshirildi:





    1. Kafedraning yetakchi professor o‘qituvchilarining ma’ruzalari va amaliy mashg‘ulotlariga kirib, ularning tajribalari, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini o‘tish uslublari o‘rganildi; Ma’ruza va amaliy mashg‘uloti darslarini olib borish bo‘yicha ilmiy rahbardan tavsiyalar olindi.

    S. Qobilov “Dasturlash paradigmalari va texnologiylari” fani ma’ruzasini kuzatdim.(16.03.2023)



    1. Kafedra o’qituvchilari xususan G.Abdusalomova ma’ruzalari va amaliy mashg’ulotlariga bakalavr talabalari darslarini kuzatdim va tajribalarini o’rgandim.



    1. Masofaviy ta’lim platformalari o‘rganildi.




    1. Platformalarga ma’lumotlarni kiritish, o‘quv kontentlarini yaratish va joylashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish, baholash tizimini shular jumlasidan.




    1. Masofaviy ta’limning texnik va dasturiy ta’minoti bilan tanishdik. Masalan agar sizda kompyuter, noutbuk, planshet, smartfon bo'lsa, siz Moodle platformasini o'rnatishingiz yoki brauzer yordamida platformani ishga tushirishingiz mumkin.

    Masofaviy o`qitish eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o`qitish vositalari va formalarini o`z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim shakli shunday ekan ta’limda masofaviy ta’limni muhim o’rinni egallaydi.


    1. Universitetimizda HEMIS taʼlimiy axborot tizimini joriy etish boʻyicha oʻquv uslubiy boshqarma tomonidan qator rejali tadbirlar amalga oshirilmoqda, HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.



    1. Kafedra o’qituvchisi Go‘zal Abdusalomova bilan HEMIS ta’limiy axborot tizimiga o’qituvchi rolida kirib, tizimdagi “Fanlar bazasi” bo’limida – fan mavzulari, fan resurslari, fan topshiriqlari, kurs topshiriqlari va kalendar reja bandlarini, “Mashg’ulotlar” bo’limida – dars jadvali, dars o’tish, davomat jurnali, baholash jurnali bandlarini, “Nazorat” bo’limida – oraliq nazorat, yakuniy nazorat, boshqa nazorat turlari bilan tanishib o’rgandim.




    1. 12.04.2023 kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida dasturlash bo‘yicha olimpiada tashkil qilish va uni o‘tkazishda qatnashdim.




    1. Belgilangan fanlardan mustaqil ish mashg‘ulotlarini o‘tkazish yuzasidan ko’nikmalar hosil qilindi;

    Talabalar mustaqil bilim olishning tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta’minotlari o‘rganilib. Belgilangan fanlar bo‘yicha talabalar uchun mustaqil ta’lim ishlari tashkil qilinib, ularga maslahatlar berildi, mustaqil ishlarni qabul qilish va baholash ishlarida faol qatnashildi;
    O’qituvchi Jabborov Jamol bakalavr talabalaridan mustaqil ta’lim topshiriqlari qabul qilish jarayonini kuzatdim va o’rgandim.
    Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad – professor o‘qituvchilarning bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanlarni uzluksiz o‘rganishini tashkil etish, olgan bilim, ko‘nikmalarini chuqur o‘rganib mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko‘rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirishdan iborat. Talabalarni mustaqil ish topshiriqlarini bajarishi yutuq va kamchiliklari hamda o’qituvchlilarning mustaqil ishlarni qabul qilish baholash, tartiblarini o’rgandim.



    1. Kafedra faoliyatini tashkil qilish tog’risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori, 16.06.2020 yildan kuchga kirgan 11-son qarorini o’rganib chiqdik. Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM, Lavozimlari tanlov bo‘yicha egallanadigan pedagog xodimlar va tanlov qatnashchilariga qo‘yiladigan malaka talablari, Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish, o‘zgartirish va to‘xtatish Oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari faoliyatini o‘rganish MEZONLARI bilan tanishib chiqdik.



    1. Oliy taʼlim muassasasining fakulteti toʼgʼrisida nizom Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim Vazirligining 2008 yil 30 may 159-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan nizom bilan tanishib chiqdim.




    1. Vazirlik, rektorat va boshqa yuqori tashkilotlardan kelgan qarorlar, buyruqlar, topshiriqlar va so’rovlarga javoblar va ma’lumotlar tayyorlashni o’rgandim, bundan tashqari hisobotlar tayyorlash ko’nikmalarini shakllantirishni bilib oldim.

    Qabul qildi: PhD, dots.‎‎ O.R.Yusupov

    Hisobot topshiruvchi: Yuldasheva X.



    Download 22.82 Kb.




    Download 22.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti

    Download 22.82 Kb.