• . Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar
  • Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari
  • Didaktik qarashlari
  • Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar
  • Pedagogik qarashlari
  • Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari
  • Ilmiy-pedagogik qarashlari
  • -o’quvchini zeriktirmaslik;
  • Abu Ali Ibn Sino
  • Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari
  • E’tiboringiz uchun rahmat!
  • Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi




    Download 164.39 Kb.
    Sana10.03.2024
    Hajmi164.39 Kb.
    #169448
    Bog'liq
    4-Mavzu (2)
    Баратов Отабек, 5110900-Pedagogika va psixologiya, Билеты

    Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi

    Reja:

    • 1. I X- XI asrlar- Sharq Uyg’onish davri.
    • 2.Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari.
    • 3. Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar.
    • 4. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari.
    • 5. Abu Ali ibn Sino tarbiya va ta’lim haqida.
    • .

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

    • 1. Ҳошимов К., Нишонова С., Иномова М., Ҳасанов Р. Педагогика тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1996.
    • 2. Ҳасанбоев Ж., Ҳасанбоева О., Ҳомидов Ҳ. Педагогика тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1997.
    • 3. Ҳошимов К., Сафо Очил. Ўзбек педагогикаси антологияси. – Т.: Ўқитувчи, 2010.
    • 4. Атаева Н., Расулова Ф., Ҳасанов С. Умумий педагогика (Педагогика тарихи). – Т.: “Fan va texnoligiya”, 2011.
    • 6. Абу Райҳон Беруний. Тарайҳалар (Жавоҳирот китобидан). − Т.: Мерос, 1991.
    • 7. Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. −Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993.
    • 8. Хайруллаев М. Ўзбекистонда ижтимоий-фалсафий фикрлар тарихидан лавҳалар. – Т.: «Ўзбекистон», 1995.

    Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari

    Muxammad Ibn Muso al-Xorazmiy

    (783-850)

    Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari

    Asarlari: «Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Yer satxini o’lchash», «Quyosh soatlari to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.

    Didaktik qarashlari:

    • Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.
    • Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.
    • Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.

    Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar

    Abu NasrForobiy (873-950)

    Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar

    Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o’rganish haqida» va boshqalar.

    Pedagogik qarashlari:

    • Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.
    • Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so’zlar va majbur etish.
    • Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.
    • Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi.

    Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari

    Abu Rayhon Beruniy

    (973-1048)

    Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari

    Asarlari: «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydana» va boshqalar.

    Ilmiy-pedagogik qarashlari:

    • Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi.
    • Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muxim rol’ o’ynaydi: 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya.
    • Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari xakidagi fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o’quvchiga bilim berishda:
    • -o’quvchini zeriktirmaslik;

      - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;

      -uzviylik, izchillik;

      -yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.

    Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqidagi qarashlari

    Abu Ali Ibn Sino (980-1037)

    Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqidagi qarashlari

    Asarlari: «Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Donishnoma» va boshqalar.

    Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari:

    • Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, irodasizlik kabilardir.
    • Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’qitish zarurligini ko’rsatadi va ta’limda quyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik; 2) ta’limda yengildan qiyinga borish orqali bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi; 4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.

    E’tiboringiz uchun rahmat!


    Download 164.39 Kb.




    Download 164.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi

    Download 164.39 Kb.