|
Germaniya birlashgan sot sialistik par- Pdf ko'rish
|
bet | 83/150 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 13,23 Mb. | | #100154 |
Bog'liq Jahon tarixi 10 uzb 2022Germaniya birlashgan sot sialistik par-
tiyasini (GBSP) tashkil qildi. 1949-yilda
Parlament kengashi
Germaniya Federa
tiv Respublikasining Asosiy qonunini
tasdiqladi. U GFRni demokratik, federativ
davlat deb eʼlon qildi, fuqarolarning asosiy
huquq va siyosiy erkinliklarini belgilab
berdi. 1949-yil 7-sentyabrda yangi davlat –
Germaniya Federativ Respublikasi (GFR)
tashkil etilganligi eʼlon qilindi.
Bonn shahri
yangi davlatning poytaxti boʻldi. Germani-
yaning koʻzga koʻringan siyosiy arbobi
Konrad Adenauer kansler etib saylandi. 1949-
yil 7oktyabrda SSSRning okkupatsiya zonasi boʻlgan sharqiy qismida
Germaniya
Demokratik Respublikasi (GDR) tashkil qilindi. Sharqiy Berlin bu davlatning poytaxti
deb eʼlon qilindi. Germaniyaning ikkita davlatga boʻlingan davri 40 yil davom etdi.
GFRda 1950–1960yillari iqtisod jadal surʼatlar bilan rivojlandi. Harbiy xarajatlar-
ning kamligi, “Marshall rejasi” boʻyicha Amerikaning
katta yordami, arzon chet el ishchi kuchidan unumli
foydalanish, yangi uskunalarning keltirilishi mam-
lakat xoʻjaligining jadal surʼatlar bilan tiklanishini
taʼminladi. GFR barcha qarzlaridan qutulib, ancha
katta oltin-valyuta zaxirasini ham yaratdi. Kansler
K. Adenauer 1955yilgacha bir paytning oʻzida
tashqi ishlar vaziri vazifasini ham bajardi. Xalqaro
hamjamiyatga qaytish mutlaqo oson ish emas-
Konrad Adenauer
1949-yilda Parlament kengashi Germaniya
Federativ Respublikasining Asosiy qonunini
tasdiqladi.
1949-yil 7-sentyabrda yangi davlat – GFR
tashkil qilindi.
1949-yil 7-oktyabrda SSSRning okkupatsiya
zonasi boʻlgan sharqiy qismda Germaniya De
mokratik Respublikasi (GDR) tashkil qilindi.
1955-yili GFR NATOga aʼzo boʻldi.
|
| |