3. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
3.1. Mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmagani yoki tegishli tarzda bajarilmagani uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
3.2. Abonent tomonidan mazkur Shartnoma shartlari tegishli tarzda bajarilmasligi natijasida yuzaga keladigan zararlarni Abonent Jamiyatga qoplab berishi shart.
3.3. To‘lov muddatlari buzilgan taqdirda, shuningdek Abonent tomonidan mazkur Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganida, yuqorida ko‘rsatilgan shartnomalarning amal qilish muddati davomida istalgan paytda, xususan Abonent tomonidan har oylik to‘lov to‘lanmaganida yoki o‘z vaqtida, ya’ni 5 (besh) taqvim kunidan ko‘p vaqt davomida to‘lanmaganida, Abonent Aksiyadan chiqarib yuboriladi va shunga mos ravishda telefonga aksiya narxi bo‘yicha ega bo‘lish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bu holda Abonent nizosiz tartibda Jamiyatga telefonning mazkur Sharnomaga 1-Ilovada ko‘rsatilgan aksiyadan tashqari to‘liq qiymatini qoplashga majbur.
3.4. Abonent tomonidan mazkur Shartnomaning 3.3., 4.3.3-bandlaridagi talablarni bajarish muddatlari buzilgan taqdirda, Abonent Jamiyatga telefonning aksiyadan tashqari qiymatidan tashqari har bir kechiktirilgan kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4% miqdorida, biroq telefonning aksiyadan tashqari qiymatining 50% dan oshmaydigan miqdorda penya to‘laydi.
3.5. Telefonning har qanday sababga ko‘ra yo‘qotilishi Abonentni mazkur Shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha majburiyatlardan ozod etmaydi.
3.6. Abonentning aybi bilan telefon ishdan chiqqanida, yo‘qolganida, o‘g‘irlanganida, qayta sotilganida hamda o‘zlashtirilganida, agar buning natijasida Abonent Shartnoma shartlariga amal qilmagan bo‘lsa, Abonent mazkur Shartnomaning 3.3. va 3.4-bandlariga muvofiq Jamiyat oldida to‘liq javobgar bo‘ladi.
|