4. NIZOLARNI HAL ETISH
4.1. Tomonlar o‘rtasidagi mazkur Shartnoma bo‘yicha nizolar va kelishmovchiliklar iloji boricha muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
4.2. Agar nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etilmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan belgilangan Jamiyat joylashgan joy bo‘yicha sud tartibida hal etiladi.
4.3. E’tirozlarni taqdim etish tartibi:
4.3.1. Abonent tomonidan mazkur Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan va tegishli tarzda bajarilmagan taqdirda Jamiyat mazkur Shartnomaning 3.3-bandiga muvofiq Abonentga yozma e’tirozni taqdim etadi.
4.3.2. Mazkur Shartnomaning 3.3-bandiga muvofiq qarzdorlikni uzish to‘g‘risidagi talabnoma ilova qilingan e’tiroz Abonentning (yuridik/haqiqiy) manzili, propiska manzili bo‘yicha 20 taqvim kuni davomida yuborilishi mumkin.
4.3.3. Bunday talabnoma u taqdim etilgan paytdan boshlab 3 (uch) taqvim kuni va/yoki talabnoma buyurtma xati bilan yuborilgan sanadan boshlab 10 (o‘n) taqvim kuni ichida Abonent tomonidan qondirilishi kerak. Abonent tomonidan Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda, uning 3.3 va 3.4-bandlariga muvofiq talabnomada ko‘rsatilgan summani to‘lash ishlari Abonent tomonidan Jamiyat kassasi orqali to‘lash yoki Jamiyat hisobraqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘liq miqdorda amalga oshiriladi.
5. FORS-MAJOR
5.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qisman va to‘liq bajarmaganligi uchun, agar bunday bajarmaslik Shartnoma tuzilganidan keyin favqulodda xarakterdagi voqea-hodisalar natijasida yuzaga kelgan, Tomonlar oldindan ko‘ra olmagan yoki oqilona choralar bilan oldini olib bo‘lmagan yengib bo‘lmas kuch holatlarining oqibati bo‘lsa, Tomonlardan hech biri javobgar bo‘lmaydi. Majburiyatlarning bajarilishi ushbu holatlar va ularning oqibatlari davriga to‘xtaydi.
|