Shashka o’yinning asosiy tamoyillari




Download 31,19 Mb.
bet2/139
Sana13.12.2023
Hajmi31,19 Mb.
#117717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Bog'liq
Shashka bo\'yicha o\'quv qo\'llanma 100000

Shashka o’yinning asosiy tamoyillari

Shashka o’yini uchta bosqichdan iborat: o’yinning boshlanish qismi (debyut), o’yinning o’rtasi (mittelshpil) va o’yinnig oxiri (endshpil). Ushbu bosqichlarning barchasi bir-biriga chambarchas bog’liq, ularning har biri uchun o’ziga xos usullar ishlab chiqilgan. Tajribali shashkachi o’yinning har bir bosqichidagi usullardan to’g’ri foydalanishni bilishi kerak. Turli o’yinlarda bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish har xil bo’ladi, lekin odatda dastlabki 5-8 tagacha yurishlar debyutni tashkil etadi, undan keyin mittelshpil boshlanadi. Dona almashinuvlari tufayli doskada shashka donalarining kamayib borishi natijasida o’yin endshpil bosqichiga o’tadi. Har bir tomondan to’rtga yaqin dona ishtirok etadigan vaziyatlar odatda endshpilga taalluqli bo’ladi.


Uchala bosqich ham bir xil ahamiyatga ega bo’lishiga qaramasdan, biz asosiy e’tiborni mittelshpilga qaratamiz, chunki aynan o’yinning o’rta bosqichini o’rganishda shashkachilarda donalarni boshqarish va xulosalarni umumlashtirish bo’yicha qiyinchiliklar tug’iladi. Agar o’yinning debyut va mittelshpil bosqichlari yetarlicha ishlab va o’rganib chiqilgan bo’lsa, mittelshpil qismi haqida bunday deb bo’lmaydi. Ushbu eng ma’suliyatli va murakkab bosqich juda kam o’rganilgan, garchi asosiy kurash aynan mittelshpilda olib borilsada.
Yaxshi yoki yomon endshpilga o’tish mittelshpil qanday o’ynalganiga bog’liq bo’ladi. Zamonaviy musobaqalarda debyutning o’zidayoq katta ustunlikka erishish qiyin. Ko’pincha o’yinlarda quyidagicha reja bo’ladi: endshpilda qo’l kelishi mumkin bo’lgan pozitsion ustunlikni debyut va mittelshpil qismlarida to’plab borish.
Biz mittelshpil nazariyasining ayrim qismlarinigina ko’rib chiqamiz. To’g’ri strategik reja tuzish, kuch va vaqtni saqlab qolish imkoniyatini beruvchi muhim vaziyat va sxemalarni ko’rib chiqamiz. Ko’plab g’oyalar, taxminiy sxema va baholashni bilish o’yin saviyasini oshirishda muhim rol o’ynaydi.
Doskaning turli qismlari har xil ahamiyatga ega, shuning uchun o’sha xonalarda turgan donalar kuchli va kuchsiz bo’lishi mumkin. Shashka doskasining ayrim maydonlarini o’rganish uchun uni odatda shartli qismlarga bo’lishadi(diagrammaga qarang).

Har bir tomonda o’ng va chap qanotlar bo’ladi, ularning har birida 6 tadan shashka joylashadi. c5, d4, e5, f4 xonalari doskaning markazini tashkil etadi.


Shashka musobaqalarining ko’p yillik tajribasi bir qator asosiy tamoyillarni ishlab chiqish imkonini bergan. Ularning taxminiy ko’rinishi quyidagicha:

  1. c5 va f4 xonalaridan turib, raqibning rivojlanishiga to’sqinlik qilish osonligini hisobga olgan holda, markaziy c5 va f4 xonalarini, umuman markazni egallashga intilish kerak. Markaz qanotlar bilan bog’langan bo’lishi zarur.

  2. O’yinning boshlang’ich qismida chap qanotdagi kuchlarni rivojlantirish kerak.

  3. Qoloq a1 va h2 donalarini iloji boricha tez o’yinga kiritish lozim.

  4. Ikkala qanot uchun donalarni teng taqsimlash tamoyiliga amal qilish zarur. Qanotlar o’rtasida o’zaro aloqa bo’lishi kerak.

  5. Damka maydonlarining c1, e1, g1 xonalaridagi donalarni besabab joyidan qimirlatish kerak emas, ya’ni oxirgi qatorning xonalarini ochib qo’ymaslik lozim.

  6. Uchlikdagi parallel donalarda (e3,f4 ga qarshi c5,d6) birinchi bo’lib hujum qilish foydaliroq (kosyakli simmetriya).

  7. Endshpilda damkaga eng tez chiqishi mumkin bo’lgan dona bilan o’ynash kerak.

  8. Dona almashinuviga ega bo’lish vaziyat uchun foydalidir. O’yinchida har doim dona almashinuvi imkoniyati bo’lishi zarur, raqibni esa bunday imkoniyatdan mahrum qilish kerak.

Shunisi muhimki, bu oddiy tavsiyalar va ularni qoidaga aylantirib olmaslik kerak, ya’ni vaziyatni to’liq tahlil qilib chiqmasdan, ulardan foydalanib bo’lmaydi, lekin ular ko’plab holatlarda ishlatilishi mumkin. Har qanday vaziyatda izlanish kerak, chunki shashka kurashining har bir holati uchun tayyor qo’llanmalarning o’zi yo’q.
O’yinning asosi qilib strategik kurash rejasi olinishi kerak. Muhim strategik usullar – markaz uchun kurash va raqib markazini o’rab olish. Strategik rejani o’z ichiga oladigan masalalar: kuchlarni to’g’ri joylashtirish, doskaning markazidagi muhim xonalarni egallash, raqibning turli zaifliklaridan foydalanish, hujum va himoya, yorib o’tishga tayyorlanish, raqib vaziyatini bog’lash yoki siqib qo’yish va hokazolar.

Download 31,19 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Download 31,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shashka o’yinning asosiy tamoyillari

Download 31,19 Mb.