STRATEGIK REJA AHAMIYATI VA AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI
Ergasheva Fotima Ibragimovna
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
“Iqtisodiyot” kafedrasi katta
o’qituvchisi, PhD
Rustamov Dilshodjon Shaydullo o’g’li
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
“Iqtisodiyot” yo’nalishi talabasi
Annotatsiya: Maqolada korxonalarda strategik reja ishlab chiqish va uni
amalga oshirish yoritilgan. Strategik rejalarni korxona maqsadiga mos kelishi va
uni ishlab chiqish bosqichlari mazmuni ifodalangan. Shuningdek, sohadagi ayrim
masalalarni yechimi uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar:
strategiya, strategik reja, strategik boshqaruvni o’rgatish, asosiy
reja, tashkilot missiyasini belgilash, korxona maqsad va vazifalarini shakllantirish,
tashqi va ichki muhitni tahlil qilish va baholash, ichki muhitning tahlili, muqobil
strategiyalarni ishlab chiqish, strategiyani amalga oshirish, strategiyani baholash
va nazorat qilish
Kirish
Korxona va firmalar faoliyatini strategik boshqarishda resurslar, yer, mehnat,
kapital va tadbirkorlik qobiliyati kabi ishlab chiqarish omillari asosiy o’rin tutadi.
Strategik boshqaruvni amalga oshirishda uni qanday iqtisodiy muhit sharoitida
vujudga kelg
anligini nazarda tutish kerak bo’ladi.
Jamiyatdagi barcha ishlab chiqarish resurslarini
xususiy mulk egalarining
qarori va mablag’i evaziga amalga oshirilishi boshqaruv maktablaridagi aksariyat
klassik manbalarda ilgari surilgan bo’lsa, hozirda unga tom ma’noda qarash
mumkin. Chunki jamiyat miqyosida ushbu muammolarni davlat tomonidan tartibga
solinishini nazarda tutadi. Shu nuqtai-nazardan, bevosita firma va davlat
o’rtasida
biznesning kelgusi rivoji va istiqboli xususida ham tegishli munosabatlar vujudga
keladi. Biznes strategiyasining shakllanishida esa iqtisodiy erkinlikning kengayishi
va davlat tomonidan cheklanishlar, imtiyozlar va imkoniyatlarning vujudga kelishi
yetakchi ahamiyat kasb etadi. Demak,
strategiya - murakkab tashkilotning
mutanosib va o’sish yo’nalishlarini belgilovchi sistemali
yondoshish uslublari
yig’indisi shaklida namoyon bo’ladi.
Strategiyalar kompaniyaning ichki salohiyatini rivojlantirish, uning bozor
muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillarini mustahkamlashga qaratilgan. Bozor muhiti
omillarining turli kombinatsiyalari va kompaniyaning tashkiliy
omillari strategik
rivojlanishning ko’plab mumkin bo’lgan variantlarini yaratadi. Kompaniya
rahbariyatining vazifasi innovatsiyalarga asoslangan mahsulotni ishlab chiqish
strategiyasini
ishlab
chiqish, kompaniya muvaffaqiyatini ta’minlovchi barqaror
raqobat ustunliklarini yaratishdan iboratdir. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki,
strategiya turlarining miqdoriy o’sishi boshqaruv
qarorlarini qabul qilishda
murakkablashuvga ham olib kelishi mumkin.
Strategik reja tashkilotning biznes maqsadlari va ularning mavjud resurslarini
mosligini ta’minlaydi. Tashkilotda kelishilgan maqsadlar uchun resurslarning
ishlatilishini ta’minlaydi va bu kelishuvlar resurslarning ishlatilishida ustuvorliklarini
aniqlaydi. Har bir tashkilot muvaffaq
iyatga erishishi uchun o’z oldiga qo’ygan
maqsadlariga yetish uchun ayrim savollarga javob topishi lozim bo’ladi.