• Korxona (tashkilot) missiyasi Korxona maqsadi Tashqi muhitni tahlil etish va baholash
  • Strategiyani tanlash Muqobil strategiyalarni ishlab chiqish va tahlil qilish
  • -rasm. Strategik rejani ishlab chiqish jarayoni bosqichlari




    Download 353,36 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana15.12.2023
    Hajmi353,36 Kb.
    #119162
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Ergasheva Fotima 2

     
    1-rasm. Strategik rejani ishlab chiqish jarayoni bosqichlari. 
    Korxona strategik rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonining har 
    bir bosqichining mazmunini batafsilroq bayon etamiz: 
    1. Tashkilot missiyasini belgilash. Bu jarayon kompaniyaning mavjudlik 
    ma’nosini, uning maqsadi, bozor iqtisodiyotidagi o’rni va rolini belgilashdan iborat. 
    Chet el adabiyotida bu atama odatda korporativ missiya yoki biznes kontseptsiyasi 
    Korxona 
    (tashkilot) 
    missiyasi 
    Korxona 
    maqsadi 
    Tashqi muhitni 
    tahlil etish va 
    baholash 
    Korxona ichki 
    tuzilishini tahlil 
    qilish va baholash 
    Strategiyani 
    baholash 
    Strategiyani 
    amalga oshirish 
    Strategiyani 
    tanlash 
    Muqobil 
    strategiyalarni ishlab 
    chiqish va tahlil 
    qilish 


    deb ataladi. U firmalarning bozor ehtiyojlaridan, iste’molchilarning xarakteri, 
    mahsulot xususiyatlari va mavjud raqobat ustunliklaridan kelib chiqib, e’tibor 
    qaratadigan biznesdagi yo’nalishni xarakterlaydi. 
    2. Korxona maqsad va vazifalarini shakllantirish. Biznesning muayyan turiga 
    xos bo’lgan ishbilarmonlik xarakteri va darajasini tavsiflash uchun “maqsadlar” va 
    “vazifalar” atamalaridan foydalaniladi. Maqsad va vazifalar mijozlarga xizmat 
    ko’rsatish darajasini aks ettirishi kerak. Maqsad doirasida kamida to’rt turdagi 
    maqsadlar bo’lishi kerak: miqdoriy maqsadlar; sifatli maqsadlar; strategik 
    maqsadlar; taktik maqsadlar va boshqalar. 
    3. Tashqi va ichki muhitni tahlil qilish va baholash. Tashqi muhitni tahlil qilish 
    odatda strategik boshqaruvning dastlabki jarayoni hisoblanadi. Har qanday 
    boshqaruvning asosiy rollaridan biri tashkilotning atrof-
    muhit bilan o’zaro 
    munosabatlarida muvozanatni saqlashdir. Har bir tashkilot uchta jarayonda ishtirok 
    etadi: tashqi muhitdan resurslar olish (kirish); resurslarni mahsulotga aylantirish 
    (o’zgartirish); mahsulotni tashqi muhitga (chiqish) o’tkazish. 
    Boshqaruv kirish va chiqish balansini ta’minlashi lozim. Tashkilotda bu 
    muvozanat buzilgach, korxona tugash holatiga o’tadi. Zamonaviy bozor bu 
    muvozanatni saqlashda chiqish jarayonining ahamiyatini keskin oshirdi. Bu aynan 
    strategik boshqaruv tuzilmasida birinchi bo’lim muhit tahlili bo’limi ekanligida o’z 
    aksini topadi. 
    Korxona “bevosita tashqi muhit”ida quyidagi asosiy tarkibiy qismlar: 
    xaridorlar, ta’minotchilar, raqobatchilar, mehnat bozori bo’yicha tahlil qilinadi. 
    Ichki muhitning tahlili
    kompaniya o’z maqsadlariga erishish jarayonida 
    raqobat kurashida inobatga oladigan imkoniyatlarni, salohiyatni ochib beradi. Ichki 
    muhitni tahlil qilish, shuningdek, tashkilotning maqsadlarini yaxshiroq tushunish, 
    missiyani yanada to’g’ri shakllantirish, ya’ni kompaniya faoliyatining mazmuni va 
    yo’nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Ichki muhit an’anaviy tarzda quyidagi 
    yo’nalishlarda tahlil qilinadi: kadrlar salohiyati; boshqaruvni tashkil etish; moliya; 
    marketing; tashkiliy tuzilma va boshqalar. 
    4. Muqobil strategiyalarni ishlab chiqish va tahlil qilish, strategiyani tanlash
    Strategiyani ishlab chiqish boshqaruvning eng oliy darajasida amalga oshiriladi va 
    yuqorida bayon etilgan vazifalarni hal etishga asoslanadi. Qaror qabul qilishning 
    bu bosqichida menejer kompaniya faoliyatining muqobil yo’llarini baholashi va 
    qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun eng yaxshi variantlarni tanlashi kerak. 
    5. Strategiyani amalga oshirish. Strategik rejani amalga oshirish muhim 
    jarayondir, chunki haqiqiy rejada u kompaniyani muvaffaqiyatga olib keladi. Ba’zi 
    hollarda uni aksi bo’lishi mumkin. Yaxshi ishlab chiqilgan reja, amalga oshirish 
    jarayonida ijro choralari ko’rilmasa barbod bo’lishi mumkin. Ko’pincha firmalar 
    tanlangan strategiyani amalga oshira olmaydigan holatlar mavjud. Bunday holat 
    tahlillar noto’g’ri amalga oshirilganligi va noto’g’ri xulosalar chiqarilganligi yoki 
    tashqi muhitda kutilmagan o’zgarishlar ro’y berganligi sababli sodir bo’ladi. Biroq, 


    strategiya ko’pincha amalga oshirilmay qolishiga, boshqaruv strategiyani amalga 
    oshirish uchun kompaniyaning mavjud salohiyatini to’g’ri jalb qila olmasligi ham 
    sabab bo’ladi. Bu, ayniqsa, inson salohiyatidan foydalanish uchun to’g’ri keladi. 
    6. Strategiyani baholash va nazorat qilish. Strategiyani amalga oshirishni 
    baholash va nazorat qilish strategik boshqaruvda amalga oshiriladigan mantiqiy 
    yakuniy jarayondir. Bu jarayoni maqsadlarga yetishishda mustahkam qaytar 
    aloqani ta’minlaydi. Har qanday nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan 
    iborat: nimani va qanday ko’rsatkichlar bo’yicha tekshirishni aniqlash; qabul 
    qilingan standartlar, nizomlar yoki boshqa ma’lumotnoma ko’rsatkichlariga muvofiq 
    nazorat qilinadigan ob’ektning holatini baholash; chetga chiqish sabablarini 
    aniqlash, agar zarur bo’lsa, baholash natijasida aniqlangan kamchiliklar tuzatishlar 
    kiritilish mumkin. 
    Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, strategik reja ishlab chiqishda strategik 
    tanlovga turli omillar ta’sir ko’rsatadi:
    − 
    tashkilotning ichki imkoniyatlarining pastligi; 
    − 
    ma’lum darajada tavakkalchilikka optimistlikbilan qaray olmaslik; 
    − 
    strategiyani amalga oshirish uchun zarur resurslarni tashkilotda mavjud 
    emasligi; 
    − 
    strategiya tashqi xavf va imkoniyatini hisobga olinmasligi va boshqa shu 
    kabilar. 

    Download 353,36 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 353,36 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Strategik rejani ishlab chiqish jarayoni bosqichlari

    Download 353,36 Kb.
    Pdf ko'rish