tarmog’idan ma’lumotlarni yozish mumkin. Va aksincha, doimiy xotiradagi
ma’lumotlarni turli ko’rinishlarda chiqarish qurilmalariga uzatish mumkin:
printerga, monitorga, audio dinamikka va hokazo.
4.Protsessor(CPU). Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan berilgan buyruqlarni
qayta ishlab, bajarish, kompyuter ichida raqamli ma’lumotlarni qayta
ishlash kabi
vazifalarni aynan protsessor bajaradi. Protsessor hamma qurilmalar bilan ,,aloqa
bo’lib turadi’’. Kompyuterning ishlash tezligi aynan protsessorning takt chastotasiga
bog’liq bo’ladi.
5.Videokarta (VGA). Videokarta monitorga uzatilishi kerak bo’lgan qo’zg’almas
yoki harakatli,ikki o’lchamli (2D) yoki uch o’lchamli (3D) rang-tasvirlarining hisob-
kitobini qiladi. U kompyuterning asosiy protsessoriga va tezkor xotirasiga haqiqiy
yordamchi vazifasini o’taydi
6.Modem. Agar kompyuterdan internetga mavjud telefon tarmog’I yoki liniyalari
orqali ulanmoqchi bo’lsak, bizning kompyuter va tashqi tarmoq o’rtasidagi
bog’lanish va moslashish jarayonlarini aynan modem bajaradi
7.DVD (CD)ROM.DVD disklardan ma’lumotlarni doimiy xotiraga olish uchun bu
disklarni DVD disk yurituvchiga qo’yish lozim.U lazer nuri yordamida diskka
,,o’yib’’ yozilgan raqamli ma’lumotlarni kompyuterga ,,o’qib,tushirib beradi’’
8.BIOS. Bu doimiy xotira qurilmasi bo’lib,
unga kompyuter ,,ishlab keta olishi’’
uchun yetarli bo’lga dastlabki ma’lumotlar,san, vaqt yozib qo’yilgan bo’ladi.
Kompyuterni o’chirib, qayta yoqqanimizda ham sana, vaqt saqlanib turadi. Buning
uchun tangaga o’xshash yordamchi batareyka o’rnatilgan. Yuqorida sanab o’tilgan
qurilmalar tizim blokining ichida joylashgan bo’ladi. Endi, ba’zi qurilmalar borki
ularsiz ham ish bitmaydi. Masalan, klaviatura-uning yordamida ma’lumot va
buyruqlar kiritiladi. Sichqoncha-u monitordagi belgilarni oson ,,tanlash’’ uchun
yordam beradi.Monitor (display, ekran)-uni asosiy qurilmalardan desak ham
bo’ladi. Axir kompyuterda bajarilayotgan ishlarni qayerdandir
bilib turishimiz
kerak.
Ona plataning form-faktori — bu ona plataning xajmi, mahkamlash joylari,
protsessorning qay tartibda oʻrnatilishini aniqlovchi standart.
•Eskirgan: Baby-AT; Mini-ATX; polnorazmernaya plata AT; LPX.
•Zamonaviy: ATX; microATX; FlexATX; NLX; WTX, CEB.
•Kiritilayotgan: Mini-ITX i Nano-ITX; Pico-ITX; BTX, MicroBTX i PicoBTX
Shunday ona platalar bor hech qaysi form-faktorga mos kelmaydi. Mashxur ona
plata ishlab chiqaruvchi kompaniyalar:
Asus, Gigabyte, MSI, Intel, Biostar, Elitegroup, ASRock.
Ona plataning oʻrnatilgan modelini DMI orqali bilish mumkin. Linuxda dmidecode
utilitasi orqali, Windowsda — SIW yoki AIDA64 orqali bilib olish mumkin.
Mobil kompyuterlarning (noutbuk) ona platasi stoʻl
kompyuterlarining ona
platasidan ancha farq qiladi va ularda koʻp qurilmalar oʻrnatilgan boʻladi. Masalan,
(videokarta), oddiy kompyuterlarda ona plataga oʻrnatiladi. Bu, oʻz navbatida,
noutbuklarning oz quvvat ishlatishga va xajmini kichikligini taʼminlaydi.