• Darsning borishi: ajratilgan vaqt
  • Tashkiliy qism
  • Adabiyot - sen o‘tmishsan, sen kelajak, Ko‘ksimaro yonayotgan mitti jonsan.
  • Fan: Adabiyot Dars mavzusi




    Download 30.23 Kb.
    bet1/4
    Sana01.04.2024
    Hajmi30.23 Kb.
    #184073
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1674824164 Z. M. Bobur ijodi. Ruboiylari
    хабар технологиялары (кк) лекция (3), a926619a-b415-48ae-a62d-3caa8308b9be, python dasturlash tili va uning , Bugalteriya esabi schyotlardaǵı eki tarepleme jaziwdiń tiykarlanıwı, Túrli kásiplik tarawlarda jeke-kásiplik rawajlanıwdıń akmeologik nizamlıqları, Sintaksis sóz dizbekleri, Mektepke shekemgi tarbiyashiliq kasibi,tarbiyashiliq kasibinin a\'hmiyeti.Tarbiyashilarga, document, Turaxonova Shaxnozaxon , ----------------------- (1) (2), ---------------------------------- (1) (2), ----------------------- (1), Axborot xafsizligi 2, Akmeologiya test, 제12회 공무원 문예대전 수상작품집



    Sinf: 5


    Fan: Adabiyot

    1. Dars mavzusi: Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi. Ruboiylari.
    2. Dars maqsadi:


    Ta’limiy maqsad: adibning hayot yo‘li va ijodini o'rganishda tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish kabi fanga oid kompetensiya elementlarini shakllantirish; Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda o‘z shajarasi va tarixini bilish kabi tuyg‘ularini kommunikativ, axborot bilan ishlash, ijtimoiy faol fuqarolik, o‘zini-o‘zi rivojlantirish kabi tayanch kompetensiyalar orqali shakllantirish;
    Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning ona Vatanga bo‘lgan ichki his- tuyg‘ularini shoirning asarlari orqali rivojlantirish.
    Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi

    1. Dars metodi: savol - javob, suhbat, beshta izoh, intervyu, raqamlar tilga kirganda, xatoni toping.

    2. Dars jihozi: AKT, darslik, tarqatma, slaydlar, ko‘rgazmali vositalar, rag‘bat kartochkalari (ramziy ma’nodagi oltin tangalar)
    3. Darsning borishi: ajratilgan vaqt


      1. Tashkiliy qism 2-daqiqa

      2. O‘tgan mavzuni mustahkamlash 10-daqiqa

      3. Yangi mavzuni o‘rganish 16-daqiqa

      4. Mustahkamlash 12-daqiqa

      5. Dars yakuni 3-daqiqa

      6. Uyga vazifa 2-daqiqa
    1. Tashkiliy qism:


    a) salomlashish; b) davomatni aniqlash; c) darsga tayyorgarlikni kuzatish. (Tashkiliy qismda, ya’ni darsga tayyorgarlikni kuzatganda o‘quvchilardan “adabiyot” fanidan nimalarni o‘rgangani haqida so‘raladi. O‘quvchilar “adabiyot” fanidan o‘rganganlarini quyidagi to‘rtlik orqali izohlaydilar).

    Adabiyot - sen o‘tmishsan, sen kelajak, Ko‘ksimaro yonayotgan mitti jonsan.


    Sen Navoiy qalamidan tomib chak - chak, Avlodlarga oqib turgan bir ummonsan.
    O‘qituvchi: - haqiqatdan ham, adabiyotni poyonsiz ummonga, bo‘ston- u gulistonga qiyos qilamiz. Qisqasi, hayotimizni adabiyotsiz tasavvur qila olmaymiz. Shuning uchun bugungi kunda yoshlarimizning adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan 5 ta muhim tashabbus joriy qilingan. Xo‘sh, bu tashabbusning qaysi biri adabiyot va san’atga bag‘ishlanadi?
    O‘quvchi: - Bu tashabbusning birinchisi: yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

    Download 30.23 Kb.
      1   2   3   4




    Download 30.23 Kb.