• Dasturlash tillari sintaksisini tavsiflash usullari.
  • Windows oilasiga oid operatsion tizimlarning qismiy tizimlari tahlili




    Download 209,36 Kb.
    bet58/78
    Sana19.02.2024
    Hajmi209,36 Kb.
    #158808
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
    Bog'liq
    Tizimli dasturlash javoblar

    Windows oilasiga oid operatsion tizimlarning qismiy tizimlari tahlili


    Windows oilasidagi OT lar MS firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni o‘zida namoyon etuvchi ko‘p vazifali OTlardir. Windows 95 OT va Windows NT OT lar shu oilaning asosiy vakilidir. Windows NT OT - eng ko‘p tarqalgan 32 razryadli tarmoqli OTdir. U ikki xil - Windows NT Server va Windows NT Workstation modifikatsiyalarida chiqarilgan. Windows NT Server birinchi navbatda tarmoq zaxiralarini boshqarish uchun mo‘ljallangan.
    Tizim samaradorligi zarar yetmagan holda yuqori safarbarlik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Windows NT Server axborotning tezkor ishlashini tashkil etish va global tarmoqlar zaxiralarini ko‘rib chiqish uchun vositalarni o‘zida saqlaydi, istalgan aloqa kanallaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi, bir serverga bir vaqtning o‘zida 256 gacha shaxsiy kompyuterlarni ulanishini qo‘llab - quvvatlaydi, bir necha server esa hammabop tarmoq xizmatini tashkil etish uchun foydalanishi mumkin. Windows NT Workstation lokal kompyuterlar va ishchi stansiyalarda ishlash uchun mo‘ljallangan. U eng himoyalangan va ishonchli 32 razryadli OT dir. Windows NT Workstation maxfiy ma’lumotlar yoki dasturlarni ishonchli muhofaza qilish zaruriyati tug‘ilganda, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar tahlilida yuqori samaradorlik muhim bo‘lgan ishlarni bajarishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Windows XP OT 2001-yildan boshlab sotuvga chiqarilgan edi. Birinchi 5 yil ichida 400 mln. nusxa sotilgan. Xattoki Windows Vista, keyinchalik Windows 7 va Windows
    8 ishlab chiqilgani qaramay Windows XP tizimi 2010-yilgacha sotuvda bo‘lgan. 2014-yilning aprel oyidan boshlab Microsoft kompaniyasi Windows XP OT ni qo‘llashni rasman to‘xtatdi. Shunga qaramay hozirgacha ushbu OT dan foydalanuvchilar yuz o‘girishmagan.


    1. Dasturlash tillari sintaksisini tavsiflash usullari.


    Har qanday til, shu jumladan dasturlash tili ham qator qoidalarga bo'ysunadi. Ular odatda tilning sintaksisini va uning semantikasini belgilaydigan qoidalarga bo'linadi.
    Til sintaksisi - bu tilning ruxsat etilgan konstruktsiyalarini (so'zlari, jumlalari), uning shaklini belgilaydigan qoidalar to'plami.
    Dasturlash tilining sintaksisi - bu alohida jumlalardan til jumlalarini tuzish qoidalari. Bunday jumlalar operatsiyalar, operatorlar, funktsiyalarning ta'riflari, o'zgaruvchilar, tavsiflash bo'limlari va boshqalar, shu jumladan dasturni umuman o'z ichiga oladi.
    Dasturlash tilining sintaksisi - bu kod yozish vaqtida qat'iy rioya qilinishi kerak bo’lgan qoidadir.
    Sintaksisning asosiy vazifasi - ruxsat etilgan til konstruktsiyalarining shakli va turini aniqlash. Dasturlash tillari rasmiy tillar guruhiga kiradi, ular uchun tabiiy tillardan farqli o'laroq, sintaksis va semantika o'ziga xos tarzda aniqlanadi. Til sintaksisining tavsifiga alifbo ta'rifi va alifbo belgilaridan va sodda konstruktsiyalardan tilning turli konstruktsiyalarini qurish qoidalari kiradi.
    Sintaksis translasiya vaqtida tekshiriladi. Interpretatsiyalanadigan dasturlash tillarida sintaksisni tekshirish Interpretatsiya (ijro) paytida yoki oraliq kodga oldindan kompilyatsiya paytida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, sintaksis to'g'ridan-to'g'ri IDE yordamida dasturlarning manba kodini tahrirlashda tekshirilishi mumkin.

    72



    1. Download 209,36 Kb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




    Download 209,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Windows oilasiga oid operatsion tizimlarning qismiy tizimlari tahlili

    Download 209,36 Kb.