|
Shaxsiy kompyuter komponentlarining umumiy sxemasi, xususiyatlari va tahlili
|
bet | 65/78 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 209,36 Kb. | | #158808 |
Bog'liq Tizimli dasturlash javoblarTil sintaksisi - bu tilning ruxsat etilgan konstruktsiyalarini (so'zlari, jumlalari), uning shaklini belgilaydigan qoidalar to'plami.
Dasturlash tilining sintaksisi - bu alohida jumlalardan til jumlalarini tuzish qoidalari. Bunday jumlalar operatsiyalar, operatorlar, funktsiyalarning ta'riflari, o'zgaruvchilar, tavsiflash bo'limlari va boshqalar, shu jumladan dasturni umuman o'z ichiga oladi.
Dasturlash tilining sintaksisi - bu kod yozish vaqtida qat'iy rioya qilinishi kerak bo’lgan qoidadir.
Sintaksisning asosiy vazifasi - ruxsat etilgan til konstruktsiyalarining shakli va turini aniqlash. Dasturlash tillari rasmiy tillar guruhiga kiradi, ular uchun tabiiy tillardan farqli o'laroq, sintaksis va semantika o'ziga xos tarzda aniqlanadi. Til sintaksisining tavsifiga alifbo ta'rifi va alifbo belgilaridan va sodda konstruktsiyalardan tilning turli konstruktsiyalarini qurish qoidalari kiradi.
Sintaksis translasiya vaqtida tekshiriladi. Interpretatsiyalanadigan dasturlash tillarida sintaksisni tekshirish Interpretatsiya (ijro) paytida yoki oraliq kodga oldindan kompilyatsiya paytida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, sintaksis to'g'ridan-to'g'ri IDE yordamida dasturlarning manba kodini tahrirlashda tekshirilishi mumkin.
79
Leksik analizatorlar va ularning asosiy vazifalari. Ma’lumot topilmadi
Dasturlash tillari. Avlodlar bo'yicha tasnifi va rivojlanish istiqbollari
Dasturlash tillari, asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo uning boshlanishi tarixi ancha olis yillarga borib taqaladi.
Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin (eramizdan avvalgi 1800-yillar) Bobilda foiz bilan bog‘liq murakkab amallar algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo‘lib, agar bug‘doy hosili yiliga 20% dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o‘sishi uchun necha yil va oy kerak bo‘lishi algoritmi tuzilgan.
XIX asrda fransuz Jozef Mari Jakkard 1804 - yilda yupqa mato ishlab chiqish jarayonida to‘quv dastgohlari uchun perfokartani eslatuvchi tasma ishlatgan va shu bilan perfokartaga asos solgan edi.
1836 - yilda ingliz olimi Charlz Bebbij hozirgi kompyuterlarning bevosita ajdodi bo‘lmish analitik mashina ishlab chiqishga kirishdi va bu masalani nazariy hal qildi. Bu mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisob-kitob natijalarini «eslab» qolishida edi.
1843 yilda ingliz matematigi Ogasta Ada Bayron (Lavleys) - shoir lord Bayronning qizi analitik mashina buyruqlar asosida ishlashi lozimligini ta’kidladi. U berilgan shartlar bajarilmagunga qadar qadamlar ketma-ketligini ta’minlovchi buyruqlarni yozdi. Ana shu holat bilan u dasturlash tiliga asos soldi. Mazkur va boshqa kashfiyotlar kompyuter yaratilgach, ularni ishlatish uchun zarur bo‘lgan til yaratilishini talab etdi.
Birinchi yuqori darajadagi dasturlash tillari
1950-yillarning oʻrtalari dasturlashning jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Mashina kodlarida dasturlashning roli pasaya boshladi, mashinalar va dasturchilar oʻrtasida vositachi boʻlgan yangi turdagi dasturlash tillari paydo boʻla boshladi. Dasturlash tillarining ikkinchi
va uchinchi avlodlari davri boshlandi. XX asrning 50-yillari oʻrtalariga kelib, birinchi yuqori darajadagi dasturlash tillari (high-level programming languages)ni yaratishga kirishildi. Ushbu tillar kompyuterning maʼlum bir turiga (mashinadan mustaqil) bogʻlanmagan edi. Ularning har biri uchun oʻz kompilyatorlari ishlab chiqilgandi. Kompilyatsiya — yuqori darajadagi manba tilda yozilgan dasturni mashina kodiga yaqin quyi darajali tildagi ekvivalent dastur (absolyut kod, obyekt moduli, baʼzan assembler tili)ga oʻgirishni anglatadi.
Birinchi yuqori darajadagi dasturlash tili 1942-1945-yillarda Konrad Suze tomonidan yaratilgan
en:Plankalkül
dasturlash tili edi [3]
. Buyruqlarni kompyuterga yetkazish uchun moʻljallangan birinchi ishlaydigan dasturlash tillari 1950-yillarning boshlarida yozilgan. 1949-yilda taklif qilingan Jon Mauchlyning en:Short code
elektron kompyuter uchun yaratilgan birinchi yuqori darajadagi tillardan biri edi
[4]
. Mashina kodidan farqli oʻlaroq, Short
code matematik ifodalarni tushunarli shaklda ifodalaydi. Biroq, dastur har safar ishga tushirilganda mashina kodiga tarjima qilinishi kerak edi, bu jarayon ekvivalent mashina kodini ishlatishdan ancha sekinroq davom etardi.
80
Oʻz kompilyatoriga ega boʻlgan birinchi yuqori darajali til 1951-yilda doktorlik dissertatsiyasi uchun Korrado Böhm tomonidan yaratilgan
[5]
.
FORTRAN
Tijoriy maqsad uchun ishlab chiqilgan birinchi til FORTRAN
(FORmula TRANslation)
boʻlib, 1956-yilda (birinchi yoʻriqnomasi 1956-yilda paydo boʻlgan, lekin birinchi boʻlib 1954-yilda ishlab chiqarila boshlangan)
IBMda
Jon Bekus boshchiligidagi guruh tomonidan
ishlab chiqilgan. U ilmiy-texnik hisob-kitoblar uchun moʻljallangan edi.
1953-yil oxirida Jon Bekus IBM 704 kompyuterini dasturlash uchun assemblerdan
samaraliroq boʻlgan muqobil dasturlash tilini ishlab chiqishni taklif qildi. 1954-yil oʻrtalarida Fortran tilining spetsifikatsiyasi loyihasi tugallandi. Biroq ushbu dasturlash tili avval boshida foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olinmadi, chunki Fortran assemblerga qaraganda past unumdorlikka ega kod yaratadigan yuqori darajadagi dasturlash tili deya qarala boshladi. Shu tufayli uni optimallashtirish zarurati vujudga keldi.
Keyinchalik bu til olimlar tomonidan intensiv hisoblash dasturlarini yozish uchun keng qoʻllanilgan. Murakkab maʼlumotlar turini kiritish uni ayniqsa texnik ilovalar uchun moslashtirdi.
1960-yilga kelib, Fortranning IBM 709, 650, 1620, 7090 kompyuterlari uchun versiyalari paydo boʻldi. Uning katta mashhurligi raqobatchi kompyuter ishlab chiqaruvchilarni oʻz kompyuterlari uchun Fortran kompilyatorlarini tuzishga undadi. Shunday qilib, 1963-yilga kelib turli platformalar uchun 40 dan ortiq kompilyatorlar tuzilgan edi. Shu bois Fortran birinchi keng tarqalgan dasturlash tili hisoblanadi
[6]
.
ALGOL
Algol 1958-yilda ETHʼda (Syurix, Shveytsariya) bir haftalik konferentsiyada keng koʻlamli ilovalar uchun universal dasturlash tili sifatida ishlab chiqilgan va keyin Xalqaro axborotni qayta ishlash federatsiyasi tomonidan tuzilgan qoʻmita tomonidan yakunlangan. Qoʻmita tarkibiga Yevropa hamda amerikalik bir qancha yetakchi dasturlash tillari sohasidagi olimlar
va muhandislar, jumladan, Jon Bekus, Jon Makkarti, Piter Naur, Edsger Deykstr va keyinchalik Kobol tilini rivojlantirish qoʻmitasiga raislik qilgan Jozef Vegstenruen jalb etildi.
Dastlab, taklif qilingan ALGOL (ALGOrithmic Language) nomi rad etildi. Ammo u umumiy foydalanishga aylanganligi sababli, IALʼning rasmiy nomi keyinchalik ALGOL 58 ga oʻzgartirilishi belgilab qoʻyildi.
Yangi tilning tarafdorlari ham, tanqidchilari ham bor edi. Qoʻshma Shtatlarda Algol sovuqqonlik bilan qabul qilindi, u faqat akademik muhitda mashhur edi. Algolnining targʻibotchilari bir qator qiyinchiliklarga duch kelishdi. Xususan, oʻsha paytda mavjud boʻlgan kompyuterlarning hech biri Algol alifbosini tashkil etgan barcha 116 ta harfni kiritish- chiqarishni qoʻllab-quvvatlamas edi.
Algolda dastur tushunchasi buyruqlarning erkin ketma-ketligi sifatida emas, balki aniq tasvirlangan va ajratilgan qismlardan iborat blokli tuzilma sifatida paydo boʻldi.
LISP
Lisp tili 1960-yilda J. Makkarti tomonidan taklif qilingan boʻlib, u raqamli boʻlmagan xarakterdagi masalalarni yechish dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan edi. LISP
81
inglizcha LISt Processing (roʻyxatga ishlov berish) iborasining qisqartmasi boʻlib, uning asosiy qoʻllanish sohasini yaxshi taʼkidlaydi.
Algebraik ifodalar, grafiklar, chekli guruhlar elementlari, toʻplamlar, xulosa chiqarish qoidalari va boshqa koʻplab murakkab obyektlarni roʻyxat shaklida tasvirlash qulayligi bois ushbu dasturlash tili tezda mashhurlikka erishdi. Xususan, roʻyxatlar kompyuterlar xotirasida axborotni taqdim etishning eng moslashuvchan shaklidir.
Oʻtgan davr mobaynida ushbu tilning bir qator dialektlari: Common LISP, Mac LISP, Inter LISP, Standard LISP va boshqalar paydo boʻldi. Ularning orasidagi farqlar katta emas va asosan oʻrnatilgan funksiyalarning bir oz boshqacha toʻplamiga va dasturlarni yozish shaklidagi baʼzi farqlari bilan xarakterlanadi. Shunday ekan, ulardan biri ustida ishlashni oʻrgangan dasturchi boshqasini bemalol oʻzlashtira oladi.
COBOL
Kobol
1959-yilda ishlab chiqilgan va asosan biznes ilovalarini ishlab chiqish uchun dasturlar
yozish, shuningdek, iqtisodiy sohada ishlash uchun moʻljallangan edi.
Tilni yaratuvchilar uni mashinadan mustaqil va tabiiy ingliz tiliga iloji boricha yaqinroq qilishni maqsad qilganlar. Ikkala maqsad ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi; COBOL dasturlari hatto mutaxassis boʻlmaganlar uchun ham tushunarli hisoblanadi, chunki ushbu dasturlash tilidagi matnlar hech qanday maxsus izohga muhtoj emas.
Kobol koʻplab ilova hamda dialektlarga ega. Til uchun bir qator standartlar: 1968, 1974, 1985 va 2002-yillarda tasdiqlangan. Eng soʻnggi standart tilga obyektga yoʻnaltirilgan paradigmani joriy etdi.
|
| |