|
Obyektga-yo'naltirilgan dasturlashning asoslari, xususiyatlari va afzalliklari
| bet | 64/78 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 209,36 Kb. | | #158808 |
Bog'liq Tizimli dasturlash javoblarObyektga-yo'naltirilgan dasturlashning asoslari, xususiyatlari va afzalliklari. Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari.Obyektga yo’naltirilgan dasturlash atamasi dastlab 60-yillarning o’rtalarida, Simula-67 dasturlash tilida paydo bo’lgan. Ammo, bu til FORTRAN, ALGOL, PL1 kabi tillarga nisbatan o’zining imkoniyatlari past bo’lganligi hamda shu davrda yechish talab qilingan masalalar uchun yetarli vositalarni taklif qila olmagani uchun dasturchilar orasida keng ommalasha olmadi. Keyinchalik obyektga yo’naltirilgan dasturlash Smalltalk,
Object Pascal
, C++, Ada, hozirda esa C# kabi yuqori
darajali dasturlash tillarining topologiyasi asosida rivojlandi va ommalashmoqda. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash – bu dasturlashning shunday yangi yo’nalishiki, dasturiy sistema o’zaro aloqada bo’lgan obyektlar majmuasi sifatida qaraladi va har bir obyektni ma’lum bir klassga mansub hamda har bir klass qandaydir shajarani hosil qiladi deb hisoblanadi. Alohida olingan klass ma’lumotlar to’plami va ular ustida bajariladigan amallarning to’plami sifatida qaraladi. Bu klassning elementlariga faqat shu klassda aniqlangan amallar orqali murojaat qilish mumkin. Dasturdagi ma’lumotlar va ular ustida bajariladigan amallar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik an’anaviy dasturlash tillariga nisbatan dasturiy sistemalarning ishonchliligini ta’minlaydi.
78
-
Dasturlash tillari. Ularning sinflanishi va sintaksisini tasvirlash usullari. Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, buyruqlar maxsus raqamlar (kodlar) yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo‘lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi.
Dastlabki elektron hisoblash mashinalariga («ENIAC», «MESM» va boshqalar) masalalarni
yechish uchun ana shunday buyruqlar yordamida dasturlar tuzilgan.
-
Assembler
-
Mashina kodi
-
CIL-shartli ravishda
O‘rta darajadagi dasturlash tillari- dasturchiga engiliklar yaratib,dasturlashda ko’plab apparat funksiyalari haqidagi bilimlarni talab qilmay inson tushunadigan tilga yaqinroq ko’rinishda bo’ladi.
Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko‘rsatmalar inson tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagi tillardan ko‘ra yengil bo‘lib, dasturchidan deyarli adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog‘liq axborotlarni bilish talab etilmaydi. Bu tilda tuzilgan dasturlarni kompyuterlar bajara olishi uchun translyatorlar
deb nomlanuvchi maxsus dasturlar raqamli ko‘rinishga o‘tkazib beradi..
-
C++, Java, Python, C#
-
JavaScript, Ruby
Har qanday til, shu jumladan dasturlash tili ham qator qoidalarga bo'ysunadi. Ular odatda tilning sintaksisini va uning semantikasini belgilaydigan qoidalarga bo'linadi.
|
| |