Rasm. SHMning qavatlarga bo‘linish usuli. 1, 2 – mos ravishda asosiy va yordamchi stvollar; 3 – asosiy tashib chiqaruvchi shtrek; 4 – bremsberg; 5 – qiyalik (og‘ish); 6-7 – qazish ustunlari; I – IV qavatlarni ishlash ketma-ketligi.
Qavat – SHMdagi qatlam qismi bo‘lib, yotiqligi bo‘yicha chegaralari shtreklar-tashib chiqaruvchi va shamollatuvchi – hisoblanadi, cho‘ziqligi bo‘yicha esa SHM chegarasi sanaladi. Qavatni chegaralovchi shtrek qavatli shtrek deyiladi. Gorizont hududidagi barcha qavatlar 1m bremsberg yoki qiyalik (og‘ish) bilan toraytiriladi, bu asosiy qavatlar deyiladi. Tik qiyali va tik qatlamlarda to‘liq qavat o‘z kvershlaglari bilan ishlanadi; pastdan - tashib chiqaruvchilar bilan; yuqoridan – shamollatuvchilar bilan Tayyorlashning qavatli usuli, odatda, tik qatlamlarda ham qo‘llaniladi.
Ma’lum sharoitlar uchun texnik maqbul ochishni tanlash
va sxemalarini tuzish.
(Ochish usuli shaxtaning sifatli tavsifi, ko‘chirilganlik xususiyatlari va er yuzasidan SHMga kirishni hosil qilish uchun asosiy va yordamchi lahimlar qurilishini o‘tkazish hamda konchilik korxonalaridan foydalanish.) Qator geologik, kon texnik va iqtisodiy omillarga bog‘liq holda SHM turli usullar bilan ochiladi. bu omillar – SHMning shakli va o‘lchamlari, qatlamlar yotiqlik burchagi qalinligi va yuzadagi ishchi qatlamlar soni hamda uning xizmati va boshqa omillar.
SHMni vertikal qatlamlar bilan ochish har tomonlama maqbul va ko‘p tarqalgan sanaladi. U shaxta maydonidagi ishchi qatlamlar sonidan, bu qatlamlarning qalinligi va yotiqlik burchagidan va boshqa shu kabilardan qat’iy nazar qo‘llaniladi.
Stvol oldi qo‘rasining texnologik sxemasini tanlash
SHMni ochishda stvollar oldindan belgilangan chuqurlikka qator gorizontal cho‘zilgan lahim va kameralar o‘tkaziladigan tashib chiqaruvchi gorizontgacha o‘tkaziladi. CHo‘zilgan lahimlar bevosita stvollar bilan birlashtiriladi va ko‘mir, jinslar, materiallarni tashish uchun, shuningdek, havoni o‘tkazish hamda kishilarni ko‘chirish uchun, mexanik va elektr jihozlarni o‘rnatish, elektrovozlarni ta’mirlash uchun, er osti xo‘jaligi xizmati uchun ulardan foydalaniladi, stvol oldi qo‘rasi deyiladi.
Stvol oldi qo‘rasi shaxta stvollari orasidagi va qatlamlarni ochuvchi lahimlar orasidagi aloqalar uchun mo‘ljallangan. Ular o‘ziga xos ravishda yuzaga berilishi lozim bo‘lgan yuk kelib tushadigan ko‘tarma hisoblanadi va undan bo‘sh vagonetkalar tarkibi, materiallar hamda ishchi uchastkalarga jihozlar jo‘natiladi.
Ko‘p turdagi stvol oldi qo‘ralari mavjud bo‘lib, ulardan eng maqbullari o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lganlaridir, ular barcha qazib olingan ko‘mirni (rudani) shaxtaning qabul qilingan quvvatiga mos ravishda qabul qilinganni 1,5 marta zaxirasi bilan yuzaga uzatishga xizmat qiladi. Ular shaxta texnologik kompleksini maqsadga muvofiq o‘rnatish uchun qurilmalar bilan, mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holda yuklangan va bo‘sh tarkibni oson manevr bilan, bitta yo‘lda ro‘paradan yuk vagonlari kelib qolish holatlari bo‘lmasligini ta’minlashi, shuningdek, kam sonli xizmat ko‘rsatuvchi xodimga ega bo‘lishi lozim.
Stvol oldi qo‘rasi seliklarida ko‘mir faqatgina vagonetkalarda emas, balki konveyerlar bilan jo‘natilishi va bevosita skipli ko‘tarilish bunkerlariga tushishi mumkin.
Asosiy magistral shtrekka yoki kvershlagga nisbatan transport lahimlari diagonalli yoki parallel joylashuvli aylanma stvol oldi qo‘ralari keng tarqalgandir.
Stvol oldi qo‘rasi turini tanlash qator omillar bilan belgilanadi, jumladan, qatlamlarning yotiq burchagi, ular soni va orasidagi masofalar, SHMni ochish usullari bilan, shuningdek, stvol oldi qo‘rasini qurish mo‘ljallanadigan tog‘ jinslari mustahkamligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, u yoki bu turdagi stvol oldi qo‘rasini ochishning aniq tizimiga tashish tejamkorligi hisobga olinadi. Qachonki halqasimon tarmoq bir vaqtning o‘zida magistral lahimning qismi bo‘lib hisoblanganda, uning eng kichik hajmiga etib boradi.
Tik va tik qiyali qatlamlarni ochishda, stvollar svitaning ostki yonida joylashganda, halqasimon stvol oldi qo‘rasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
CHo‘zilgan lahimlarni jinslar cho‘zilishiga xoch (krest) qilib joylashtirish qulay sanaladi, ayniqsa, tik qatlamlarni qazishda, chunki bu holatda ular mustahkamligi eng yuqori hisoblanadi. Biroq, qattiq jinslarning qalin qatlamlari mavjudligida stvol oldi qo‘rasi shu jinslar cho‘ziqligi bo‘yicha joylashtirilishi mumkin. Alohida qatlamni ochishda birinchi qo‘raning lahimning katta qismi jinslar cho‘zilishiga xoch (krest) qilib joylashtiriladi, ikkinchisiniki esa cho‘ziqligi bo‘yicha emas, svitaning alohida qatlamlari orasiga joylashtirilishida teskari ko‘rinish hosil bo‘ladi.
Parallel stvol oldi qo‘rasi eng tejamli sanaladi, chunki uning barcha aylanma tarmog‘i asosiy berilgan lahim qismi hisoblanadi.
Stvol oldi qo‘rasi hajmi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.
- vertikal stvollar uchun
m3.
bunda, - yillik loyihaviy quvvat (qalinlik)
m3.
Ish hajmini aniqlash.
a) Vertikal stvollar chuqurligi
bunda, α – qatlam yotiqlik burchagi;
- asosiy stvoldagi zumpf chuqurligi,
- SHMning yuqori chegaralari chuqurligi.
m.
b) Kvershlaglar uzunligi , chunki qatlamning o‘zi kvershlag uzunligini aniqlamaydi.
bunda, M – qatlamlar orasidagi masofa.
Qatlamlar orasidagi masofa M=40.
v) SHM qavatli bo‘linishida asosiy shtreklar uzunligi.
g) Bremsberglar uzunligi
m.
2(3) ilova tavsiyasiga ko‘ra I ko‘ndalang kesim maydonini qabul qilamiz
- vertikal stvollar uchun;
- panjali stvollar uchun;
- barcha ochuvchi va tayyorlovchi lahimlar uchun.
Asosiy kon lahimlarini o‘tkazishda xarajatlarni hisoblash.
Asosiy sarf-xarajatlar dastlabki xarajatlarga bo‘linadi, ularga shaxtani qurish davrida uni foydalanishga topshirguncha zarur bo‘lgan sarf-xarajatlar kiradi. Kelgusi yillar xarajatlariga shaxtadan foydalanish davridagi sarflanadigan xarajatlar kiradi.
Asosiy sarf-xarajatlar variantlari bo‘yicha kattaligi hamda mablag‘ kiritilish vaqtiga ko‘ra farq qilishi mumkin bo‘lganligi uchun ularni formula yordamida yagona vaqtga o‘tkazish lozim:
,
bunda, , - dastlabki va kelgusi yillardagi asosiy sarf-xarajatlar;
- teng vaqtli xarajatlar keltirilishining istiqbolli koeffitsienti ( =0,1);
- shaxta qurilishi vaqti ( =3 yil);
- asosiy xarajatlarning o‘tkazilish vaqti ( =4 goda).
Lahimni qurish narxi quyidagi formula bilan aniqlanadi
a) sum/m.
bunda, , - lahim qiyalik burchagini hisobga oluvchi narxlar koeffitsienti. O‘tkazish yo‘nalishi, mustahkamlagich turi va jinslar qattiqligi PZ.1 jadval 3-ilova bo‘yicha aniqlanadi; =198; ;
m2 – lahim kesimi maydoni;
- qazish chuqurligini hisobga oluvchi koeffitsient.
.
gde m.
- kon massasini tashish uzunligi ta’sir etishi koeffitsienti, stvollar uchun
- lahim suvlanganligini hisobga oluvchi koeffitsient, sersuvlik 8 m3/ch dan yuqori bo‘lganda, boshqa holatlarda ;
- shaxta qurilishi davrini hisobga oluvchi koeffitsient (yangi qurilish uchun ).
b) jinslar bo‘ylab o‘tkaziladigan gorizontal va qiya lahimlar:
bunda, η – svitada lahim kesimi maydoni munosabati (η=1)
sum/m.
v) barcha kameralarni hisobga olgan holda yoki akkumulyatorli elektrovozlarda stvol oldi qo‘rasini qurishning to‘liq narxi
sum
bunda, sum/m3 stvol oldi qo‘rasi 1 m3 lahim qurilishining o‘rtacha narxi - ; ω – sersuvlik koeffitsienti ω=10; Νp – yuklangan punktlar soni Νp=2; l – qazish joyidan stvolgacha tashishning o‘rtacha uzunligi l=127 m; - stvol oldi qo‘rasining joylashish chuqurligi m.
g) bremsberglarning maydonidan o‘tkaziladigan qabul qilish qurilishi narxi.
bunda, sum/m3 qabul maydonining - qurish narxi; - qabul maydoni kameralari hajmi. va qiymatlar P3,2 qo‘shimcha jadval bo‘yicha qabul qilinadi. Bremsberg yuqoriga:
sum.
Min. sum.
Prom.
Qiyalik yuqoriga .
Min. sum.
Prom. sum.
.
a) amaldagi shaxtada stvollar chuqurligi:
, sum.
bunda, - chuqurlikda stvol o‘tkazilish narxi belgilanishi koeffitsienti ( )
sum.
.
sum.
.
SHaxta maydonini ochishning foydalanish chiqimlarini o‘tkazishdagi xarajatlarni hisoblash.
Lahimlarni saqlash narxi. Foydalanish chiqimlari kon lahimlarini o‘tkazishdagi chiqimlardan tashqari, er usti transporti, stvollar bo‘ylab ko‘tarilish va suv chiqarib tashlash xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi,
lahimlarni saqlash narxi formula bo‘yicha aniqlanadi.
- qazishning ustunli tizimida shtreklar uchun.
sum.
bunda, - kon mustahkamlagichi materiallarini va lahim qiyalik burchagini hisobga oluvchi koeffitsient ( ); - lahimning qo‘riqlash narxini hisobga oluvchi koeffitsient ( ); - yondosh jinslar va mustahkamlagich barqarorligini hisobga oluvchi koeffitsient ( ); - bo‘shliqda lahimni saqlashda qatlam qalinligini hisobga oluvchi koeffitsient.
.
- lahim uzunligi; - lahimning boshi berk qismi uzunligi ; - lahimni saqlash vaqti .
sum.
Transport bo‘yicha foydalanish sarf-xarajatlari.
Elektrovozli tashib chiqarish uchun
, sum/t.
bunda, i - akkumulyator elektrovozlardagi hisoblash koeffitsientlari ( , );
- yuklarni tashish masofasi m.
;
Stvol bo‘yicha ko‘mirni (rudani) ko‘tarishdagi sarf-xarajatlar.
, sum/t.
, sum/t.
Suv chiqarib tashlashdagi foydalanish sarf-xarajatlari.
, sum.
Bunda, - shaxta suvlanganligi.
Sum.
SHMni ochishning maqbul sxemasini tanlash.
Ochish sxemasini tanlashda shaxta ochish variantlariga keltirilgan jamlanma solishtirma xarajat ko‘rsatkichi mezon bo‘lib xizmat qiladi:
, sum/t.
bunda, - sarflangan mablag‘ samaradorligining me’yoriy koeffitsienti, .
sum/t.
Qazish tizimi.
Rudali konlarni qazish tizimi sinflarga bo‘linadi.
I sinf — ochiq qazish bo‘shliqli tizim, bunda rudani qazish natijasida hosil bo‘lgan qazish bo‘shlig‘i qazish uchastkasi ishlash vaqtida ochiq, ya’ni bo‘sh qoladi, to‘lg‘azma material, sindirilgan ruda yoki o‘pirilgan jinslar bilan to‘lib qolmaydi. Ochiq qazish bo‘shlig‘ining yonlari va shipi qoldirilgan seliklar bilan ko‘tarib turiladi. Saqlovchi jinslar va rudalar mustahkamligi shu sinf tizimi uchun lozim bo‘lgan sharoit sanaladi.
sinf — rudani yig‘malashli tizim bo‘lib, bunda qazish bo‘shlig‘i rudali massiv qazish o‘lchoviga ko‘ra faqat kamera ishlanishi tugashida to‘liq chiqariladigan sindirilgan ruda bilan to‘ldiriladi. Yig‘malangan ruda saqlovchi jinslarni ularni qaytadan ishlab chiqishda tutib turishni ta’minlaydi, lekin uning tutib turish vositasi sifatidagi roli yordamchi bo‘lib sanaladi. Saqlovchi jinslar, ruda mustahkamligi va rudali jismning tik tushishi yig‘malanishli tizimga xos xususiyatdir.
sinf — qazish bo‘shlig‘ini mahkamlashli tizim bo‘lib, bunda qazish bo‘shlig‘ida saqlovchi jinslar va rudalarni tutib turuvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qiluvchi, mustahkamlagich qazib olinishidan so‘ng muntazam tiklanmaning mavjudligi bu tizimga xosdir. Bu tizimlar saqlovchi jinslar va rudalar mustahkamlagichsiz palaxsalanishi yoki o‘pirilishi mumkin bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi.
sinf — to‘lg‘azmali tizim, bunda qazish bo‘shlig‘i rudali massiv qazish o‘lchoviga ko‘ra hosil bo‘lgan qazish bo‘shlig‘i to‘lg‘azmali material bilan to‘ldiriladi. To‘lg‘azma saqlovchi jinslarni tutib turishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zan to‘lg‘azma faqat yuzaning o‘pirilishi yoki cho‘kishiga qarshilik qilishga xizmat qiladi. Turli tuzilmali – oddiy va kuchaytirilgan- mustahkamlagichlar qazib olish o‘lchoviga ko‘ra tiklanadi.
V sinf — saqlovchi jinslar o‘pirilishi tizimi, bunda qazish bo‘shlig‘i qazib olish o‘lchoviga ko‘ra o‘piriladigan jinslar bilan to‘ldiriladi. Mustahkamlagich yordamida faqat uncha katta bo‘lmagan o‘lchamli kovjoy oldi ishchi bo‘shlig‘i tutib turiladi. Jinslarning o‘z-o‘zidan o‘pirilishi bu tizimni qo‘llashning zaruriy sharoiti sanaladi.
VI sinf — saqlovchi jinslar va rudalar o‘pirilishi tizimi, bunda qazib olish jarayonida saqlovchi jinslardan tashqari ruda massivi ham o‘pirilishga yuz tutadi. Natijada qazish bo‘shlig‘i uning hosil bo‘lishi o‘lchoviga ko‘ra parchalangan ruda bilan uning orqasidan tushayotgan o‘pirilgan jinslar bilan to‘ldiriladi.
Qazish bo‘shlig‘i holatiga ko‘ra V va VI sinflar tizimi qazish paytida tashqi tomondan yaqindir, shuning uchun ba’zan ular o‘pirilishli tizimning bitta sinfiga birlashtiriladi, faqat shu sinfning ichida ikkita mustaqil guruh ajratiladi: o‘pirilishli saqlovchi jinslar; o‘pirilishli rudalar va saqlovchi jinslar.
VII sinf — aralash (kombinatsiyalangan) tizim, bunda qavat yoki panel o‘lchami bo‘yicha nisbatan bir-biriga yaqin bo‘lgan, almashlanadigan, turli tizimlar bilan ikkita yoki undan ortiq bosqichlar ketma-ket chiqarib olinadigan kameralar va kameralararo seliklarga bo‘linadi.
Aralash (kombinatsiyalangan) tizim oddiy birikmadan yoki bitta blokda bir vaqtning o‘zida ikkita mustaqil qazish tizimini birgalikda qo‘llashdan iborat emas. Kameradagi va kameralararo selikdagi birgalikda qazish blokini tashkil etuvchi tayyorlash, qirqish (kesish) va qazib olish shunchalik bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqki, ular tuzilmasi bo‘linmaydigan, texnologik jihatdan yaxlitdir va blokni qazish tizimiga bo‘lakcha butunlay yagona yangi tizim sifatida qarash mumkin emas. Bunda shu muhimki, qazishning ikkita tizimi bitta aralash tizimga birlashganligi tarkibdagi har bir tizimga qaraganda qo‘llanish sohasini kengaytirish hamda yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish imkonini beradi. Qazishdagi aralash (kombinatsiyalangan) tizimning amaliy jihatdan o‘ziga xosligi shundadir.
a) Tizimni tanlash va asoslash.
Qazish tizimi ishni xavfsiz olib borishni, qazish tejamliligini, foydali qazilmalar talafoti kam bo‘lishini ta’minlashi lozim.
Boshlang‘ich ma’lumotlar va mexanizmlarning texnik tavsifiga asosan qazib olish uchun cho‘ziqligi bo‘ylab uzun ustunli shipning to‘liq o‘pirilishi mavjudligi qabul qilingan. Qatlam oddiy tuzilishga va kichik yotiqlik burchagiga ega bo‘lganligi sababli qazishning ushbu tizimi maqsadga muvofiqdir.
Qazish uchun 3 qatlam qabul qilinganligi uchun: m, m, unda 10 m2 havo oqimi uchun o‘tish kesimi o‘lchamida mexanizatsiyalashgan kompleks qabul qilingan.
|