3.Deshifratorlar
Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o‘nlik
sanoq tizimidagi kodga
o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma -
deshifrator yoki
dekoder deb
ataladi. Bunday o‘zgartirishlar, masalan, elektron soatlarda,
EHM va shu kabilar dasturidagi madumotlarni qayta shifrlashda
qo‘llaniladi. Deshifrator shifratorga teskari bo‘lgan amalni bajaradi. Agar
deshifratorning n adres kirishlari uning m chiqishlari soni bilan m=2
n
munosabat
bilan bogdangan bo‘lsa, bunday deshifrator
to‘liq deb ataladi. Agar m<2
n
bo‘lsa,
deshifrator
to‘iq emas deb ataladi.
Ikkilik-o‘nlik raqamlarni o‘nlik raqamlarga o‘girishda deshifrator qanday
ishlashini ko‘rib chiqamiz. Deshifrator va shifrator bajaradigan amallar deyarli
bir-biridan
farq qilmasligi sababli, deshifratorning ishlashi shifrator ishining
haqiqiylik jadvali (3.2-jadval) bilan ifodala- nadi. Kirish va chiqish sinallarini
o‘rin almashtirish kifoya. Endi chiqish signallari bo‘lib x
i
, kirish signallari bo‘lib
esa, Q
i
hisoblanadi. Jadvalga binoan, faqat bitta kirish o‘zgaruvchilari majmuida
chiqishdagi signal birga teng, ya’ni faqat bitta bir konstituentasi uchun. Demak,
«10 dan 4 ga»
deshifrator ishi algoritmi, quyidagi tenglama tizimi bilan
ifodalanadi:
(4)
«10 dan 4 ga» deshifrator shartli grafik belgisi 3.12-rasmda keltirilgan. Bu
deshifrator ikkili-o‘nlik kodni o‘nlik kodga o‘zgartiradi.
Shunday qilib, deshifrator to‘rt razryadli ikkilik-o‘nlik
kodni ikkilik-
o‘nlik sanoq tizimidagi o‘nlik raqamga mos keluvchi chiqishda yuzaga kelgan
mantiqiy bir kuchlanishga o‘giradi. Masalan, 1001 kirish kodi 9 raqamli simni
ishga tushirishi kerak, deshifratorning qolgan simlarida nol bo‘lishi kerak.
Tezkorligi yuqori, lekin qo‘llanilgan murakkab MElar soni ko‘p bo‘lgan
qurilma, chiziqli deshifrator (DSH) qisoblanadi.
Chiziqli DSH bir-biri bilan
bog‘lanmagan HAM sxemalari majmuini tashkil etadi. Ularning qar biri DSH
ishini ifodalovchi (4) MAF tizimi mantiqiy funksiyalaridan birini amalga
oshirish uchun mo‘ljallangan. Demak, (4) yordamida ifodalanuvchi tizim uchun
o‘nta HAM sxemasi talab etiladi. Adabiyotlarda chiziqli DSHlar bir pog‘onali,
parallel yoki matrisali deb ham nomladi.
7-rasm. «10 dan 4 ga» deshifrator shartli grafik belgisi.
Chiziqli DSHlarning afzalligi - ularning tezkorligidir, chunki signal faqat
bitta ME orqali o‘tadi. DSH kamchiligi bo‘lib faqat ko‘p sonli ko‘p qirishlarlarga
ega bo‘lgan
HAM sxemalari emas, balki to‘qri va invers signallar manbai
bo‘lgan sxemalarga qo‘yiladigan yuqori yuklama talablar hisoblanadi. Shuning
uchun chiziqli DShlar kirish o‘zgaruvchilari uncha katta bo‘lmagan (n=2-4) da
va kchik DSH yoki piramidali yoki ko‘p pog‘onali deshifratorlarda qo‘llaniladi.