|
IES larning ishlash prinsipi
|
bet | 50/58 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 1,9 Mb. | | #144341 |
Bog'liq Щзбекистон республикаси олий17.2.IES larning ishlash prinsipi.
Elektr stansiyasining Issiqlik uskunalari, apparatlari va turli xil issnklik qurilmalarining bug’, suv hamda kondensat truboprovodlari bilan birgalikda grafik usulda tasvirlanishi uning prinsipial Issiqlik sxemasi deyiladi.
Issiqlik sxemasi TES lardagi turli xil ishlab chiqarish protsesslarini tashkil etishni aniqlaydi. U Issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish protsesslari amalga oshiriladigan asosiy va yordamchi Issiqlik kuch agregatlarining o’zaro aloqadorligini belgilab beradi.
Prinsipial Issiqlik sxemasiga boshlang’ich ma’lumotlarning hammasi ham kiritilavermaydi, balki Issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish protsesslarini kiskacha va etarli darajada aniq tasvirlab beradigan hamda Issiqlik sxemasining hisob-kitobini analiz qilish va baholash uchun etarli bo’lgan ma’lumotlargina kiritiladi.
Bir tipdagi agregatlar ularning stansiyadagi haqiqiy sonidan qatiy nazar, prinsipial Issiqlik sxemasida faqat bittadan ko’rsatiladi (bitta turbina, bitta nasos va hokazo).
Ayrim elementlar sxemada muayyan sistema bo’yicha joylashtiriladi (2 - rasm). Masalan, yuqorigi chap burchakda qozon, o’ng burchakda turbina tasvirlanadi. Boshqa elementlar soat strelkasining harakat yo’nalishi bo’yicha,turbinadan o’ngga ish jismining yo’li bo’yicha pastga qarab joylashtirib chiqiladi. Bunda uning parametrlari dastlab kamayadi, qozonga yaqinlashgan sari yana ortib boradi.
30-rasmda bug’ turbinali elektr stansiyasining prinsipial Issiqlik sxemasi ko’rsatilgan.
Qozondan parametrlari ru, to bo’lgan bug’ turbinasi 2 ga o’tadi, turbinaning besh joyidan bug’ olinadi.
2.Rasm. K –100-50 turbinali elektrstansiyada bug’ yuqori prinsipial Issiqlik sxemasi bosimli isitkichlar 9 bo’yicha o’tadi, ularda qozonga yuboriladigan ta’minlash suvi isitiladi. bug’ issiqligini taminlash suviga berib, kondensatga aylanadi. Kondensat deaerator 7 ga yuboriladi, bu erda u gazsizlanadi va ta’minlash nasosi 8 vositasida isitkichlar 9 orqali qozonga beriladi
Entalpiyasi va bosimi ri bo’lgan III joydan olingan bug’ separator 10 bilan tutashtirilgan Issiq almashtirgich 11 ga yuboriladi. Separatorga qozondan bosimli tozalash suvi kiradi. Suv ancha past bosimli sohaga kirgandan keyin qaynaydi va uning bir qismi bug’ tarzida bug’izdirgich 5 ga uzatiladi. Separatorda qolgan temperaturasi ancha yuqori bo’lgan suv ximiyaviy tozalash apparatlari 12 qo’shimcha suvni isitish uchun foydalaniladi. Tozalash suvi o’z issiqligini berib, texnikaviy kanalizatsiyaga tushadi.
IV va V joylardan olingan bug’ past bosimli isitkichlar b va 5 ga yuboriladi. Bug’ning qolgan qismi turbinada to’liq ishlab bo’lgach, kondensator 8 ga o’tib kondensatga aylanadi. Olingan kondensat nasos 4 yordamida issiq almashtirgichlar 5 va 6 orqali deaerator 7 ga, so’ngra nasos 8 bilan isitkichlar 9 orqali qozonga haydaladi.
Komponovka so’zi muayyan maqsadga mo’ljallab alohida qismlardan (komplektlardan) bir butun narsa tuzish degan ma’noni bildiradi.
Elektr stansiyaning joylashish o’rnini tanlash. Elektr stansiyaning joylashish o’rnini to’g’ri tanlash murakkab texnikaviy-iqtisodiy masaladir. Bu masalani hal qilishda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak.
1. Elektr energiyasi va Issiqlik iste’molchilari yaqin bo’lishi lozim. Hozirgi vaqtda qaynoq suv 35 km gacha, bug’ esa 10 km gacha masofaga berilmoqda. Elektr energiyasi uzoq masofalarga (1000 km dan uzoqroqqa) uzatib beriladi, lekin iqtisodiy mulohazalarga ko’ra masofalarni iloji boricha qisqartirish maqsadga muvofiqdir.
2. Yoqilg’i bazasi yaqin bo’lishi yoki elektr stansiyasi ko’rish uchun tanlangan joyga Yoqilg’i tashib keltirilishi qulay bo’lishi zarur.
3. Suv manbai yaqin bo’lishi kerak. Elektr stansiyasidan suv manbaigacha bo’lgan masofa minimal bo’lishi lozim, chunki kondensatsion turbinalar uchun ham, teplofikatsion turbinalar uchun ham suv juda-ko’p sarflanadi va uni uzoq masofalarga uzatib berish uchun ko’p elektr energiyasi sarflash zarur bo’ladi.
4. Maydonchaning o’lchamlari. katta quvvatli rayon elektr stansiyasi ko’rish uchun zaruriy uchastka maydoni 0,03 — 0,06 ga/Mvt bo’lishi lozim.
Tanlangan maydonchada elektr stansiyani tashkil etuvchi barcha bino va inshootlar joylashtiriladi. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ulardan foydalanishda normal shart-sharoitlar yaratilgan bo’lsin. Elektr stansiyaning barcha bino va inshootlariga ko’riladigan avtomobilь yo’llari, asosiy inshootlarga keltiriladigan keng izli temir yo’llar esa shu maydoncha ichiga sig’diriladi.
Elektr stansiyadagi bino va inshootlarning tarkibi har bir konkret holda uning xarakteriga qarab aniqlanadi. Elektr stansiya territoriyasida asosiy bino va xonalarning joylashuvini umumiy tarzda ko’rib chiqamiz.
Asosiy korpus. Elektr stansiyalarining barcha asosiy va yordamchi uskunalari asosiy korpusga joylashtiriladi. U kelajakda yanada kengaytirish mo’ljali bilan ko’riladi. Kelajakda kengaytirilishi hisobga olingan holda asosiy korpusning ikki chekkasi ikki xil bo’ladi: birinchisi doimiy bo’lib korpus bu tomondan kengaytirilmaydi; ikkinchisi muvaqqat bo’lib, stansiya kengayganda o’zgaradi. Asosiy korpusning muvaqqat chekkasi oldidagi maydoncha bo’sh qoldiriladi.
|
| |