|
Sifatni oshirish
|
bet | 2/4 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 307,65 Kb. | | #149845 |
Bog'liq sifatni oshirish 2Tasodifiy kattalik deb tajribalar natijasida oldindan ma'lum bo‘lmagan tasodifiy bo‘lgan qiymatlardan birini qabul qilishi mumkin bo‘lgan kattalikka aytiladi. Tasodifiy kattaliklar diskret (alohida qiymatlar qabul qiluvchi) va muntazam kattaliklarga bo‘linadi.
Tasodifiy kattalikning o‘rtacha qiymati tajriba vaqtida olingan barcha natijalarning oddiy o‘rtacha qiymatidan iborat.
Dispersiya (lotincha: dispersio — tarqalish, sochilish) degan manolarni anglatadi.
Diskret tasodifiy sonlarning (kattaliklarning) o’rtacha arifmetik qiymati X o’lchashlar natijalarining yig’indisini o’lchashlar soniga nisbatidan topiladi:
1 ix
n l=1
bu erda: x, - alohida o’lchashlar qiymati;
n - o’lchashlar soni yoki tanlovlar hajmi.
Masalan, to’qqizta son olingan: (ob’em vo’borki)
5,3,7,9,8,5,4,5,8.
Ulardan o’rtacha arifmetigi 6 ga teng.
O’rtacha arifmetik umuman kattalikning o’zidek belgilanadi, faqat uni belgilashda farqi bo’lib, x ko’rinishida yoziladi. O’rtacha arifmetik taqsimlanish markazini juda keng qo’llaniladigan o’lchovidir. O’rtacha arifmetikning ishlatilishini afzalliklari:
bu barcha ma’lumotlarning “tortish markazi”;
unda barcha ma’lumotlar ishlatiladi;
saralash kerak bo’lmaydi.
O’rtacha arifmetikning ishlatilishini kamchiliklari:
keskin ajralib turadigan qiymatlarni ta’siri;
hisoblash uchun ko’p vaqt talab etilishi;
o’rtacha arifmetik xaqiqiy qiymatlarning birontasiga mos kelmasligi mumkin.
Uzluksiz taqsimlanishning modasi - bu ehtimollikning taqsimlanish zichligini eng yuqori (maksimum) nuqtasi hisoblanadi.
Diskret tasodifiy sonlar (kattaliklar) ning modasi - bir qancha ma’lumotlar guruhi ichida eng ko’p uchraydigan qiymatdir. Masalan, 5, 3, 7, 9, 8, 5, 4, 5, 8 - to’qqizta sondan moda 5 bo’ladi.
|
| |