Signal turlari va ularni ifodalash




Download 448 Kb.
bet1/4
Sana01.04.2024
Hajmi448 Kb.
#184225
  1   2   3   4
Bog'liq
Signal turlari va ularni ifodalash
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий

Signal turlari va ularni ifodalash

Reja:



1) Elektr signallari va ularning turlari.
2) Signal spektri. Spektral diagrammalar.
3) Signallarni ifodalash
4)Xulosa

Voqiya hodisa yoki narsa (predmet) haqidagi ma‘lumot - axborotni tashuvchi har qanday fizik kattalik signal deb ataladi.


Axborotlar turli xil bo’lishi mumkin. Masalan, odamni tovushi, musiqa sadosi, tasvirlar, kosmik nurlanishlar va boshqalar.
Radioelektron qurilmalar ularni elektr toki, kuchlanishi yoki quvvati ko’rinishida ifodalanadigan elektr tebranishlariga aylantirib beradi. Shunga ko’ra bunday tebranishlar ifodalash signali- videosignallar deb ataladi.
Videosignallar bevosita yuqori chastotali tebranishga aylantirilgach (modulyatsiyalangach) uzatilishi mumkin. Yuqori chastotali modulyatsiyalangan signallar–radiosignal, qolganlari esa boshqaruvchi signal deyiladi. Signal vaqt bo’yicha tasodifiy qonun bo’yicha o’zgaradigan funktsiya orqali ifodalanadigan kattalikdir. Signallar, odatda aniqlangan (ma‘lum) va tasodifiy signallarga ajaratiladi. O’zgarishi vaqt bo’yicha analitik funktsiya ko’rinishida ifodalanishi mumkin bo’lgan signallar analitik aniqlangan signal deb qolgani esa, tasodifiy signal deb yuritiladi.
Aniqlangan signallarga tok kuchi, kuchlanishi, elektr zaryadi va boshqalarning garmonik yoki impuls ko’rinishidagi o’zgarishi misol bo’ladi. Chunki ularning shakli, kattaligi vaqt bo’yicha aniq qonun bo’yicha o’zgaradi. Nutq, musiqa, telegraf va boshqalarni ifodalaydigan elektr tebranishlari tasodifiy signaldir.
Signallar davriy va davriy emas – uzlukli bo’ladi. Agar signalning funksiyasi -  t   oraliqda uzluksiz o’zgarsa bunday signal davriy signal aks holda u davriy bo’lmaydi. Sof garmonik qonun bo’yicha o’zgaradigan aniqlangan signal monoxromatik signal deb ataladi.
Signallarning uzatishda ularning vaqt oralig’i yoki amplituda qiymatlari bo’yicha bulaklarga ajratish – darajalashdan foydalaniladi. Ham vaqt ham qiymat bo’yicha sathlarga ajratilgan (darajalangan) diskrit signal raqamli signal deb ataladi.
Signalning ta‘siri mavjud bo’lgan vaqt oralig’i signalning davom etish vaqti deb ataladi.
Signal oniy quvvatining eng katta qiymati uning eng kichik qiymatiga nisbati dinamik diapazon deyiladi. Uning uchinchi parametri spektr kengligi – signalning o’zgarish tezligini xarakterlovchi kattalikdir. Signal real radioelektron qurilmalardan o’tishda albatta o’zgarishga uchrayd, signalni qabul qilishni qiyinlashtiradigan har qanday zararli ta‘sir halaqit deb ataladi.
Halaqitga qo’shni radiositansiyalarning atmosferadagi elektr jarayonlar (chaqmoq) fluktatsiyalardan hosil bo’ladigan halaqitlar.



Download 448 Kb.
  1   2   3   4




Download 448 Kb.