SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 8
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 544
SIMSIZ ALOQA TIZIMLARIDA IDENTIFIKATORLAR TADBIQI
Azizmuhammad Qaxxorali o'g'li Rahmonaliyev
I
bosqich magistrant TATU, Mobil aloqa tizimlari fakulteti
classicra@mail.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada simsiz aloqa tizimlari hamda simsiz aloqa tizimlarida
identifikatorlar tadbiqi haqida so’z boradi. Simsiz aloqa
tarmoqlari tuzilmasi va
himoyasi xususida ham ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
tarmoq himoyasi, simsiz aloqa, identifikatorlar, serverlar, simsiz
lokal tarmoq.
APPLICATION OF IDENTIFICATORS IN WIRELESS COMMUNICATION
SYSTEMS
ABSTRACT
This article discusses wireless systems and the use of identifiers in wireless
systems. Information is also provided on the structure and protection of wireless
networks.
Keywords:
network
protection, wireless communication, identifiers, servers,
wireless local area network.
Bugungi kunda tez rivojlanib borayotgan
kompyuter hamda axborot
texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli
o’zgarishlarni olib kirmoqda. Xozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish,
biror
boshqa tovarga almashtirish mumkin bo’lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez
ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko’p hollarda uning o’zi joylashgan
kompyuter tizimining bahosidan bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda.
Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlang’ich bosqichida viruslar va kompyuter
hujumlarining boshqa turlari ta’siridagi
zarar kam edi, chunki u davrda dunyo
iqtisodining axborot texnologiyalariga bog’liqligi katta emas edi. Hozirda, axborotdan
foydalanish va almashishning elektron vositalariga bog’liqligi
sharoitida mashina
vaqtining yo’qolishiga olib keluvchi xatto ozgina xujumdan kelgan zarar juda katta
raqamlar orqali hisoblanadi.
Simsiz aloqa texnologiyasining keng qo'llanilishi odamlarga katta qulaylik
keltiradi, ammo xavfsizlik va maxfiylik muammolari ham paydo bo'ladi.
Simsiz
tarmoqlar va foydalanuvchi qurilmalari xavfsizligini baholash va kafolatlash uchun
simsiz qurilmalarni aniqlash asosiy vazifaga aylanadi. Hozirda qurilmani samarali