|
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlari
|
bet | 2/2 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 5,49 Mb. | | #113045 |
Bog'liq kiber mustaqil ish 1Simsiz tarmoq tuzilmasi
Fizik xavfsizlik noutbuklar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bunday kompyuterlarni xarid qilishdagi parametrlardan biri-uning o’lchami.
Noutbuk qanchalik kichkina bo’lsa, u shunchalik qimmat turadi. Boshqa tarafdan noutbuk qanchalik kichkina bo’lsa, uni o’g’irlash shunchalik osonlashadi.
Shifrlash kalitlarining, masalan, WEP-kalitlar (Wired Equivalent Privacy), dasturiy kalitlar, parollar yoki shaxsiy kalitlarning (PGP, Pretty Good Privace kabilar) yo’qotilishi katta muammo hisoblanadi va uni ilovalar yaratilishi bosqichidayoq hisobga olish zarur.
Noutbuklar — korporativ simsiz tarmoqlarda va SOHO (Small Office Home Office - kichik va uy ofislari) tarmoqlarida keng tarqalgan qurilma.
1. O’zining dasturiy ta’minotini noutbukka o’rnatgan niyati buzuq odam xavfsizlikning barcha mexanizmlarini chetlab o’tish imkoniyatiga ega bo’ladi.
2. Kompyuterni o’z ixtiyoriga olgan o’g’ri unga o’zining dasturini o’rnatganida uni tuxtatib bo’lmaydi.
3. BIOSda (Basic Input/Output System-kiritish/chiqarishning bazaviy tizimi)
3. qattiq diskda o’rnatilgan parollar o’g’rilangan noutbukdan foydalanishga to’sqinlik qilishi mumkin.
Ushbu barcha vositalar afsuski, tajribali xaker uchun to’siq bo’laolmaydi.
Axborot resurslarini himoyalash
Noutbuklarning fizik saqlanishlarini ta’minlash usullaridan biri-xavfsizlik kabelidan foydalanish. Ushbu kabel noutbukni stolga yoki boshqa yirik predmetga "boylab" qo’yishga mo’ljallangan. Albatta, bu yuz foizlik kafolatni bermaydi, ammo har xolda o’g’rining anchagina kuch sarf qilishiga to’g’ri keladi. Noutbuklarning tez-tez o’g’irlanishi sababli, axborotni arxivlashning xavfsizlikni ta’minlashga nisbatan muhimligi kam emas.
Shifrlash dasturlari fayllar xavfsizligini ta’minlashda yoki qattiq disklarda shifrlangan ma’lumotlar xajmini yaratishda ishlatiladi. Bu ma’lumotlarni rasshifrovka qilish uchun, odatda, parolni kiritish yoki shaxsiy kalitlarni ishlatish talab etiladi.
Barcha axborotlarni shifrlangan fayllarda yoki arxivlarda saqlanishi kerakli fayllar to’plamini arxiv uchun nusxalashni yengillashtiradi, chunki ular endi ma’lum joyda joylashgan bo’ladi.
O’g’rilar uchun noutbuklar "birinchi nomerli nishon" ekanligini foydalanuvchilar tushunib yetishlari va ularni qarovsiz qoldirmasliklari zarur. Hatto ofislarda noutbukni kechaga qoldirish mumkin emas , chunki ofisga ko’p kishilar (kompaniya xodimlari, farroshlar, mijozlar) tashrif buyuradilar.
Axborotning chiqib ketishi noutbuk egasining ko’p odamlar to’plangan joylarda ham sodir bo’lishi mumkin.
Samolet - kompaniya menedjerlari foydalanadigan odatdagi transport vositasidir. Samoletda qo’shni kreslodagi yo’lovchi noutbuk egasining yelkasi ustidan muhim axborotni o’qib olishi mumkin.
Hatto "uy sharoitidagi" noutbuklar ham himoyalanishi zarur. Bu holda kompyuterning himoyasi server himoyasidan farqlanmaydi. Juda ham zarur bo’lmagan servislarning o’chirilishi qurilma ishlashini yaxshilaydi.
Xulosa
O’zining dasturiy ta’minotini noutbukka o’rnatgan niyati buzuq odam xavfsizlikning barcha mexanizmlarini chetlab o’tish imkoniyatiga ega bo’ladi.Kompyuterni o’z ixtiyoriga olgan o’g’ri unga o’zining dasturini o’rnatganida uni tuxtatib bo’lmaydi.BIOSda (Basic Input/Output System-kiritish/chiqarishning bazaviy tizimi) va qattiq diskda o’rnatilgan parollar o’g’rilangan noutbukdan foydalanishga to’sqinlik qilishi mumkin.
Ushbu barcha vositalar afsuski, tajribali xaker uchun to’siq bo’laolmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar Axborotlashtirish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni, 21-aprel 2021-yil, 560–II-son. Elektron raqamli imzo‖ to’g’risida O’zbekiston Respublikasining qonuni . Toshkent sh., 2021 yil 21 aprel, 562–II-son. Ganiev C.K., Karimov M.M., Tashev K.A. Axborot xavfsizligi. Axborot-kommunikasion tizimlar xavfsizligi. O’quv qo’llanma. T. Aloqachi‖. 2008. – 382 b
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
|
| |