|
Darsning keyingi bosqichida uyga vazifani so’raladi
|
bet | 2/3 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 54,5 Kb. | | #115418 |
Bog'liq Tarix-dars-ishlanma. Jaloliddin ManguberdiDarsning keyingi bosqichida uyga vazifani so’raladi.
Quyida tartibda olib boriladi.
I shart.
“Aqliy hujum ” metodidan fodalanib o’quvchilarning bilimlari aniqlanadi.
Buning uchun dastlab yurtimiz davlatchilik tarixida bosqinchilarga qarshi kurashi to’g’risida savollar beriladi.
To’maris jasorati haqida gapirib bering.
Shiroq jasoratining davlatchiligimiz tarixidagi o’rni.
Qoplon deb nom olgan Spitamen kimga qarshi kurashdi?
Muqanna boshchiligidagi qo’zg’olon haqida nimani bilasiz?
Chingiz so’zining ma’nosi nima?
Iskandari Soniy kim?
G’oyirxon qaysi hududning noibi edi?
Xorazmshoh elchilarni saqol mo’ylovini qirishi buyuradi buning ma’nosini aytib bering.
“Turklar onasi ” kim edi?
“Davlat kengashini ” kim tashkil qilgan.
II Shart.
Sanalarni so’zlating. Bunda har bir guruhga tarqatmaga yozilgan quyidagi yil sanalar beriladi.
I Guruhga. 1. 1218 yil. 2.1206 yil. 3. 1207-1208 yillar.
II guruhga. 1. 1218- 1219 yillar. 2.1216 yil. 3. 1218 yil.
III guruhga. 1. 1206 yil. 2.1207-1208 yillar. 3. 1218 yil.
III Shart.
Xarita so’rash. Bunda guruh o’quvchilaridan xohlovchilar chiqib quyida so’raladigan davlat va hududlarni topib berganliklariga ko’ra rag’batlantiriladi.
Yangi mavzu bayoni
Yangi mavzu bayonida axborot texnologiyalaridan foydalanib, proyektor orqali namoyish qilib boriladi. Shu bilan birga doskaga yangi mavzu bo’yicha sanalar yozilib boriladi.
Yangi mavzuni yoritishda o’qituvchi ilmiy adabiyotlar asosida fikrlar asosida yangiliklar berib boriladi. Darslik asosida mavzu yoritish davomida Abdulla Sotliqovning “Xorazmshoh Jaloliddin Mangubedi” asarida o’quvchilarga quyida parcha o’qib eshittiriladi.
“…shu sababdan sulton qo’shinni 20 da otliq shaharlarga bo’lib yubordi. Jumladan, O’trorga 30 ming otliq, Buxoroga 30 ming, Samarqandga 40 ming, Urganchga 70 ming otliq qo’shinni joylashtiradi. An-Nasaviyning ta’kidlashicha maboda u qo’shinini tarqatib yubormay bir joyga yig’ib,mo’g’ullar bilan jang qilganida edi, ularni yer yuzidan supirib tashlangan bo’lardi.” Shu bilan birga proyektor orqali Cningizxon , Jalolidin Manguberdi, Temur Malik va mo’g’ullar bilan chingiziylarning urush harakatlari aks etgan rasmlar ko’rsatilib boriladi.
Yangi mavzu o’qituvchi tomonidan og’zaki tarzda yoritib bo’lingach, o’quvchilarni mavzuni o’zlashtirganliklarini aniqlashga qaratilagan o’yinlarga asoslangan sinovlar olib boriladi.
|
| |