|
TK-2:jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish hissini oshiradi
Mashg‘ulot turi
|
bet | 5/55 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 12,48 Mb. | | #274567 |
Bog'liq 2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024 — 1-CHORAKTK-2:jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish hissini oshiradi
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
Bizning Vatanimiz O‘zbekiston! O‘zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz tug‘ilib o‘sgan maskan. Farzandlarimizni shu zaminga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida shu muborak zaminning har bir qarichiga mehru-muhabbat uyg‘otish bugungi kunning eng ustuvor fazilatlardan biridir. Biz uchun Vatan bitta! Mamlakat bitta! Bizning go‘zal yurtimiz, noyob tabiatimiz, betakror Vatanimiz, bag‘ri keng va oliyjanob xalqimiz bor.
Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug‘ilib o‘sdim. O‘zbekiston juda go‘zal diyor. O‘zbekistonda go‘zal bog‘lar, yuksak tog‘lar, bepayon dalalar, zilol suvlar, zamonaviy qishloqlar va bir-biridan go‘zal shaharlar ko‘p. O‘zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo‘lib, go‘zallikda tengi yo‘q. O‘zbekiston jannatmakon diyori.
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda.
Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta’tigulik bu yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o‘ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo‘lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O‘z tanlagan yo‘li, o‘z aytar so‘zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti
Savol:.
Biz ham barkamol avlod bo‘lishimiz uchun o‘zimizda qaysi fazilatlarni tarbiyalamog‘imiz darkor? (…).
Tarona guruhining “O‘zbekiston” qo‘shig‘i tinglanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
TK-2:jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish hissini oshiradi
Mashg‘ulot turi
|