|
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
|
bet | 14/55 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 12,48 Mb. | | #274567 |
Bog'liq 2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024 — 1-CHORAKO‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
Har bir o‘quvchi faqat o‘z ish joyida ishlashi lozim.
Agarda ish jamoa ravishda bajariladigan bo‘lsa,
o‘quvchilar o‘zlari uchun belgilab berilgan majburiyatlarni yaxshi bilishlari zarur. Ish faqat o‘qituvchining ruxsati bilan boshlanadi. Ishni boshlashdan oldin, ish joyingizni tayyorlab
oling. Ish vaqtida ish joyingizni tartibli saqlang. O‘tmas yoki buzuq asbob bilan ishlamang. Asbobni ishlatganda, uni o‘qituvchi ko‘rsatganidеk
ushlang. Asboblarni asrang, ularni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida
ishlating, ishlatgandan so‘ng ularni tozalab, yuvib,
artib qo‘ying. Bajariladigan ishni yaxshiroq, chiroyliroq,
tartibliroq qilishga harakat qiling. Sinf Ishni tugatishingiz bilan, ish joyini tеzda tozalab,
tartibli qilib qo‘ying.
Yonuvchi narsa va suyuqliklar olovdan va isitish asboblaridan uzoqda saqlanishi kerak;
Nosoz elektr asboblaridan foydalanish mumkin emas;
Bir nechta elektr asboblari vilkalarini bir razetkaga birdaniga tiqma;
Gugurt o‘yinchoq emas, buni doimo yodda tut;
Yong‘in sodir bo‘lib qolsa uydan tez chiqishga halaqit bermasligi uchun zina maydonchalari, balkon ortiqcha buyumlardan xoli bo‘lishi kerak;
Transport vositalarida ham yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qil;
Transport vositalarida yonuvchan moddalarni olib yurish taqiqlanadi, yengil alangalanuvchan suyuqliklarni yo‘lovchilar ko‘p vagonda tashish juda xavfli;
U yda iloji bo‘lsa ixcham o‘t o‘chirgich hamda telefon oldida avariya xizmatlari telefon raqamlari ko‘rsatilgan qo‘llanma osig‘liq turishi lozim.
|
| |