• O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Mashg‘ulot turi
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • -mavzu: Piyodalar va ularning tashkiliy jamlanmasida harakatlanish. (Yo‘l harakati qoidalari)




    Download 12,48 Mb.
    bet17/55
    Sana11.10.2024
    Hajmi12,48 Mb.
    #274567
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
    Bog'liq
    2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024 — 1-CHORAK

    9-mavzu: Piyodalar va ularning tashkiliy jamlanmasida harakatlanish. (Yo‘l harakati qoidalari)
    I. Kirish:
    Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: o‘quvchularga ko‘cha harakati qoidalari haqida tushuncha berish.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    II. Asosiy qism:
    «Piyoda – umring bo‘lsin ziyoda!» Bunday so‘zlar bitilgan shiorlarni siz YPX maskanlarida, shahrimiz ko‘chalarida ko‘p ko‘rgansiz, chunki piyoda ham yo‘l harakati ishtirokchilaridan biri bo‘lib, unga ham boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari, transport vositasi haydovchisi, yo‘lovchi kabi intizom va ulkan mas’uliyat yuklangan. Haydovchi boshqarayotgan transport vositasining yuqori darajali
    x avf-hatar manbai ekanligini piyodalar yaxshi anglaydilar. Ko‘pchilik piyodalar yo‘lning qatnov qismidan o‘tishda ehtiyotsizlik yoki sabrsizliklari oqibatida o‘z xatti-harakatlarini chuqur o‘ylamasdan amalga oshiradilar.

    Agar trotuar piyodalar yo‘lkasi yoki yo‘l yoqasi bo‘lmasa yoxud ulardan yurishning imkoni bo‘lmasa, piyodalar velosiped yo‘lkasidan yoki qatnov qismining chetidan, ajratuvchi bo‘lagi bor yo‘llarda qatnov qismining o‘ng chetidan bir qator bo‘lib yurishlari mumkin.


    Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo‘nalishda yurishlari kerak. Piyodalar yo‘lning qatnov qismini piyodalar o‘tish joylaridan shuningdek, yer osti va yer usti o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab kesib o‘tishlari kerak.

    Download 12,48 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




    Download 12,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Piyodalar va ularning tashkiliy jamlanmasida harakatlanish. (Yo‘l harakati qoidalari)

    Download 12,48 Mb.