|
Sinf rahbarining asosiy vazifalari
|
bet | 19/55 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 12,48 Mb. | | #274567 |
Bog'liq 2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024 — 1-CHORAKUyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O‘qituvchi: Bayroq biror millat yoki davlatning belgisidir. Eng muhimi, davlatning mustaqilligini va xalqaro hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq- davlat bayrog‘idir.
O‘zbekiston Davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan . Davlat bayrog‘i hamma uchun muqaddas va uni e’zozlab asraymiz. Bayroqlar odatda gazlama parchasidan tikiladi. Bo‘yi enidan uzunroq bo‘lib, ranglari va naqshlari ham turlicha bo‘ladi. Bizning ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab , o‘zlarining bayroqlariga ega bo‘lganlar va uni behurmat qilishga hech kimga yo‘l qo‘ymaganlar. Chunki bayroqni behurmat qilish , uning xalqini behurmat qilish bilan barobar bo‘lgan.Shuning uchun turli xalqaro musobaqalarda davlat bayroqlari olib kiriladi,o‘pib, ko‘zga surtiladi va g‘olib bo‘lganlar sharafiga yuqori ko‘tariladi.
O‘quvchilar bayroqning turli ranglariga ta’rif berishadi.
Har bir bola o‘zi ta’rif berayotgan rangida kiyinib chiqadi.
Men moviy rang bo‘laman yurt osmonining bir parchasi.Bu- olamda tinchlik bo‘lsin deganimdir. Yana men tip- tiniq suvgayam o‘xshayman. Hayotimiz suvdek tiniq bo‘lsin.
Men qizil rangman. Tomirlarimizda jo‘sh urib oqayotgan qonimiz rangi. Bu rang bizni jo‘shqin mehnatga yashashga va kurashishga o‘rgatadi.
O‘qituvchi: Mana davlatimiz bayrog‘ining ranglari haqida tinglab oldik . Sizlar bilan boshqa qardosh davlatlarning bayroqlari bilan ham tanishib olamiz.Bu bizlarga nima uchun kerakligini bilasizmi? Davlatlar aro turli muzokaralar, sport musobaqalari ,tadbirlar tashkil etilganda hamma o‘z davlati bayrog‘i bilan qatnashadi. Yurtimizda ish olib borayotgan turli davlatlar elchixonalari darvozalari yuqorisida shu davlat bayrog‘i hilpirab turadi.
III. Yakuniy qism:
Dars yakunida o‘quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
O‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
|
| |