|
Sirdaryo viloyat Maktabgacha va maktab Ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining Sirdaryo
|
Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 15,85 Kb. | | #118027 |
Bog'liq 3.7-3.8-3.9-bandlar ijrosi yuzasidan
Sirdaryo viloyat Maktabgacha va maktab
Ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining Sirdaryo
viloyati umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish
borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi
rejalar to‘g‘risidagi chora-tadbirlar rejasining
3.7-3.8-3.9-bandlari ijrosi yuzasidan
Ma’lumotnoma
Sirdaryo viloyat Maktabgacha va maktab Ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining Sirdaryo viloyati umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risidagi chora-tadbirlar rejasining 3.7-bandi, yani o‘quvchilarni IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish va IT parklarda o‘quv kurslar tashkil etish; 3.8-bandi, informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida trener sifatida tayyorlash; 3.9-bandi, trenerlar yordamida o‘quvchilarni loyihaga keng jalb qilish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Onlayn o‘quv platformasi imkoniyatlari va undan samarali foydalanish bo‘yicha ta’lim muassasalari va IT-markazlarda yoshlarga targ‘ibot ishlarini olib borishda Sirdaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ (IT Park) Sirdaryo filiali bilan hamkorlikda 2023-yil 14-iyunida hududlardan markazlashgan holda zoom platformasi orqali tuman(shahar) maktabgacha maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, AKTni joriy etish va raqamlashtirish xodimlari hamda umumta’lim maktablari direktorlari, trener o‘qituvchilari jalb qilinib coursera platformasining imkoniyatlari ulardan samarali foydalanish to‘g‘risida IT-park xodimlari tomonidan tushunchalar berildi.
Onlayn o‘quv platformasi orqali yoshlarni o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha Sirdaryo viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hozirgi kunda qadar jami 8468 nafar o‘quvchilar ro‘yxatdan o‘tdilar, shuningdek, 5450 nafar o‘quvchilar sertifikatlarga ham ega bo‘lishdilar.
Onlayn o‘quv platformasi orqali yoshlarni o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha Sirdaryo viloyatida hozirgi kunga qadar jami 20 nafar o‘qituvchilar va xodimlar platformaning professional kurslarida ro‘yxatdan o‘tishdi va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
AKT sho‘basi rahbari Sh.Adilov
|
| |