• Аxborotni muhofaza qilish
  • Oriental Renaissance: Innovative




    Download 339.91 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/9
    Sana17.06.2022
    Hajmi339.91 Kb.
    #23878
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    axborotni-muhofaza-qilish-tushunchasi-uning-ko-rinishlari-va-belgilari
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism, PDF Gallery 20221102 222208, 111, 1 маъруза (1), javohir
    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences 
     
    VOLUME 2 | ISSUE 2 
    ISSN 2181-1784 
    Scientific Journal Impact Factor
     
     SJIF 2022: 5.947 
    Advanced Sciences Index Factor 
     ASI Factor = 1.7 
    213 
    w
    www.oriens.uz
    February
    2022
     
    muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. Bugungi 
    kunda mamlakatimizda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati va ahamiyati 
    axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi yaratilishni va axborot xavfsizligining 
    huquqiy bazasini rivojlantirishni taqazo etmoqda. Axborot olish va uning muhofazasi 
    davlat ahamiyatiga molik masala ekanligini birinchi prezidentimizning ta’biri bilan 
    aytganda ”fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash 
    masalasi insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va 
    erkinliklarini o‘zida mujssam etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat 
    asoslari barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo‘lsa, tamal toshi xisoblanadi”
    4

    Shunga ko‘ra mamlakatimizda yuqoridagi masalalarni tartibga soluvchi 
    «Аxborotlashtirish to‘gʼrisida», «Axborot erkinlikligi prinsiplari va kafolatlari 
    to‘g‘risida», «Davlat sirlarini saqlash to‘gʼrisida», «Elektron hisoblash mashinalari 
    dasturlari va maʼlumotlar bazalarini huquqiy himoya qilish to‘gʼrisida» gi qonunlar 
    va qonun osti hujatlari hamda bir qator Hukumat qarorlari qabul qilingan va amalga 
    tatbiq etib kelinmoqda.
    Аxborotni muhofaza qilish axborotni har qanday ko‘rinishda yo‘qotishga 
    qaratilgan harakatlardan himoyalashga qaratilgan amaliy va tashkiliy-huquqiy chora-
    tadbirlar va axborotning ximoyalanganlik holati tushuniladi. Jumladan ushbu 
    harakatlar quyidagilarda ko‘rinadi; o‘gʼirlash, buzish, qalbakilashtirish va boshqalar. 
    “Аxborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid mavjud va amaldagi 
    qonun va meʼyoriy huquqiy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning 
    manfaatlarini ta’minlash yuzasidan amalga oshiriladi”
    5
    .

    Download 339.91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 339.91 Kb.
    Pdf ko'rish