O'quvchilarni Adobe Flash dasturi bilan tanishtirishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash




Download 1 Mb.
bet8/14
Sana28.12.2022
Hajmi1 Mb.
#37273
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Sodda animatsiya dasturlarini yaratish mavzusini o\'qitishda innovatsion....
isroiljon, 1-Amaliy ish, 0gTDhx7nTu4deBo4p6IcoHXh2wEJQPpksxAYAv6u, LwidDQsFmsSKopnox5GjmPb3h0Xewe4d9hukhgIi, Axborot texnoloogiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish v, 5-mavzu qadimgi davr 0‘zbek folklori etnomadaniyat tarixida mu, Shamol energiyasidan foydalanish, 2 5330376468163735242, food-recipe
2.1.O'quvchilarni Adobe Flash dasturi bilan tanishtirishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash

Flash texnologiyasiga - ShockWave Flash (SWF) formatli vektorli grafikdan foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Bu format eng samarali grafik formatlardan bo`lmasada, SWF formati foydalanuvchilarga grafik imkoniyatlari cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi vositalar va natijani Web- brouzerlarda, kerakli muxarrirlarda foydalanish imkoniyatilari mavjud. Flash texnologiyasining imkoniyatlardan yana biri - bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS tizimli Macintosh kompyuterlari yoki Windows tizimli kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. Yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo`lishi, balki interfaol elementlar va tovush bilan boyitilishi hamda dasturlash orqali boshqarilishi mumkin. Flash texnologiyasining mosalashuvchanlik va interfaol multimediya dasturlar yaratish imkoniyati ko`pchilik Web-dizaynerlar o`rtasidagi bahslarga sabab bo`lib, uni mashhurligini oshishiga imkoniyat berdi. Shuning uchun bu texnologiyaning yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia kompaniyasi tomonidan ikki asosiy web-brouzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun elementlar Plug-In yaratildi. Bu esa, o`z navbatida Flash texnologiyasini Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu web-brouzerlar yaratuvchilari swf formatini o`z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga qabul qildi. Bunday usulni boshqa yirik dasturiy ta’minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi) ham qo`llay boshladi. Macromedia kompaniyasi swf formatini juda oddiy va qulay uskunalar bilan ta’minlaganligi bu formatdan ko`p muxlislarning foydalanishiga olib keldi. Shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha to`liq to`plamlari ham mavjud. Ushbu uskunalarni bir turi Macromedia Director Shockwave Studio - multimediya taqdimotlarni yaratish, Macromedia FreeHand va Macromedia Fireworks - grafik tasvirlar muharriri, Macromedia Authorware va Macromedia CourseBuilder - interfaol o`rgatuvchi kurslarni yaratish muharriri va boshqalarni misol qilib olish mumkin. Web-sahifa yaratuvchilar orasida eng ko`p ishlatiladigani bu Macromedia Flash dasturidir, chunki ushbu dastur ixtiyoriy Web-sahifaga mashhurlik olib keluvchi banner va animatsiya, interfaol lavhalar yaratish imkonini beardi. Balki shuning uchundir swf formatini oddiy qilib Flash deb atalish odatga kirib kolgan.


Flash texnologiyalar tarkibining elementlari:
· vektorli grafika; · animatsiyani bir qancha usullarda ishlash;
· interfeysda interfaol elementlarini yaratish;
· sinxron ovoz qo`shish;
·HTML formati va boshqa internetda foydalaniladigan barcha formatlarga o`tkazishni ta’minlash;
· mustaqil platformali;
·flash-roliklarni avto rejimda ham, Web - brouzer yordamida ham ko`rish imkoniyati mavjud;
· vizual uskunalari mavjudligi Flash-rolik yaratuvchilarini ko`plab murakkab amallardan xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik asnektlarni o`rganishni talab etmaydi.
Hozirgi vaqtda Web-sahifalarni yaratishda birinchi o`rinlardan birini rastrli grafika egallaydi. Rastrli formatlardan GIF (Graphics Interchange Format - ma’lumotlar almashuvi uchun grafik format), JPEG (Join Photographic Experts Group – tasvir bo`yicha mutaxassislar birlashgan guruhi) va PNG (Portable Network Graphics- ko`chirma grafik format) va boshqa formatlarni keltirish mumkin. Rastrli grafikani ishlatishda tasvir nuqtalar majmuasi (piksellar – inglizca pixels) dan iborat bo`ladi. Bu nuqtalar bir - biri bilan bog`liq bo`lmaganligi uchun ushbu nuqtalarni har birga rangi va koordinatasi berilishi kerak. Oddiy holda, agar ikki xil rangli tasvir ishlatilsa (masalan, oq-qora), u holda har bir pikselni ta’riflash uchun bitta ikkili razryad (0- qora, 1- oq) ta’riflash etarli bo`ladi. 256 - rangli rasm uchun har bir pikselga bunday razryadlardan 8 ta kerak bo`ladi (256=2 8 ). Juda ham murakkab fotorealistik rangli tasvirlar 1 pikselga 24 razryad talab qiladi. Natijada rastr tasvirli fayllar o`lchami tasvirni rang chuqurligi o`sgani sari oshib boradi. Rastrli tasvirlarni yana bir kamchiligi shundan iboratki, tasvir sifati piksel o`lchamiga bog`liq, u esa o`z navbatida monitorni imkoniyati bilan belgilanadi. Shuning uchun bir xil rasm turli monitorlarda har xil ko`rinishga ega bo`lishi mumkin. Rastrli tasvir o`lchamini o`zgartirish juda ham murakkab ishdir. Chunki bunday tasvirni kattalashtirish piksellar sonini o`sishiga olib keladi. Kompyuter grafikasi sohasidagi mutaxassislar tomonidan juda murakkab rastrli tasvirlar piksellar «ko` naytirish» yoki “o`chirish (agar tavirni kichraytirish kerak bo`lsa)” algoritmlari ishlab chiqilgan, lekin ular doim ham ushbu masalani oqilona bajara olmaydi. Web-sahifalarni yaratishda birinchi o`rinlardan birini vektorli grafika ham egallaydi. Bu tasvirni rasmdagi joylashuvi matematik formulalar bilan berilgan egri chiziqlar majmuasi yordamida namoyish etish usulidir. Masalan, istalgan doirani tasvirlash uchun uch-to`rt raqam kerak bo`ladi: radius, markaz koordinatalari va chiziq qalinligi. Shuning uchun, vektorli grafika rastrli grafikaga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega: · vektorli tasvirlarni belgilovchi matematik formulalar kompyuter xotirasida rastrli tasvir piksellariga qaraganda kamroq joy egallaydi; · tasvir (yoki uning ayrim qismlarini) sifatini yuqotmasdan chegaralanmagan kattalashtirish imkoniyati mavjudligi; · tasvirni bir platformadan ikkinchisiga ko`chirishning qulayligi. Albatta, vektorli tasvirlarni o`z kamchiliklari ham mavjud. Masalan, fotorealistik tasvirni vektorli formatda namoyish qilish murakkabroq. Flash yaratuvchilari bunga echimni tonishgan. Flash yordamida Web – sahifalar tuzishda siz nafaqat vektorli balki rastrli tasvirlarni ishlatishingiz ham mumkin.
.Kompyuter va Internet tarmog‘ida ishlash malakasi yuqori bo‘lgan har bir tinglovchi ham, u yerda yozilgan yoki chizilgan ma'lumotni to‘laligicha tushunishi oson emas. Bu borada Internet tarmog‘ida yaratilyotgan elektron usuldagi sahifa yoki o‘quv dasturlari ommabop bo‘lishi, ya'ni hammaga birdek tushunarli bo‘lmog‘I maqsadga muvofiqdir. Internet sahifalari hozirda Macromedia FLASH, HTML, Java Script, Macromedia Direktor usullarida yozilmoqda va yaratilmoqda. Bu har bir usulning o‘ziga yarasha afzalliklari bor. Agarda biz FLASH dasturi yordamida yaratilayotgan Internet sahifa va dasturlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak , avvalambor uning yaratilishi vaqti qisqa va osondir. Yaratilayotgan mahsulotni har xil animatsiyalar bilan boyitish, o‘quvchi uchun qulayliklar yaratish va qiziqarli qilish FLASH dasturida ko‘zda tutilgan va ayni vaqtda asosiy maqsadga muvofiqdir. Lekin ta'kidlab o‘tish joyzki, mahsulotni FLASH ni yoki boshqa dastur orqalimi, yaratayotgan shaxs, bu borada yetarli bilimga va fantaziyaga ega bo‘lishi joizdir
Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun
tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan
foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy
vositalar majmuidir. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar
texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar),
original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va
boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya
axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon,
audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera,
elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida
bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi
ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi.
Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun
markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining
o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi
xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha
almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot
jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki,
mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon
beradi.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta
tayyorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia
tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol
tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning
fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari
asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati)
effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning
mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir. Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning bu usuli, xozirgi kunda ta'lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha tatbiq qilinmoqda.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati
bor;
b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada
ortadi:
v) ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida o’zoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda
amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo’lida Jaxon Valyuta Fondi,
Umumjaxon banki, Yevropa Ittifoki komissiyasi kabi nufo’zli tashkilotlar katta
tajribaga egadirlar.Biz bunga, ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan seminar
va konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch xosil qildik.
Avvalombor, o’quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan
foydalanish taxsinga sazovordir. O’z o’rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo’lida ayrim ob'yektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi -o’quvchilar uchun kerak bo’lgan o’quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko’rsatmalarni qo’llanma qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlarini qo’llash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qo’llashni talab qiladi. Xozirgi kunda bunday ko’rinishdagi kompakt disklarni respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yo’qdir. Bular ma'lum bir miqdordagi mablag’ni oldindan jalb etishni talab qiladi.Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o’quvchilarga ta'lim
berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori
malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.
2.Distant uslubi asosida o’quvchilarni o’qitish xozirgi kunning eng rivojlanib
borayotgan yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchilar ma'lum bir
masofada joylashgan holda ta'lim berish tizimidir. O’qituvchi va o’quvchining
ma'lum bir masofada joylashganligi, o’qituvchini dars jarayonida kompyuterlar,
sputnik aloqasi, kabel televideniyesi kabi vositalar asosida o’quv ishlarini tashkil
qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib
borishi, ayniqsa, axborotlarni o’zatish kanallarini rivojlanishi telekommunikatsiya
sohasiga o’ziga xos tarixiy o’zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o’quv
yurtlarini va biznes bilan shug’ullanayotgan kompaniyalarni distant uslubi asosida
birlashtirilsa, o’qitish jarayonini va tijorat ishlarini yanada yuqori pog’onaga olib
chiqadi.Distant uslubi asosida o’qitish quyidagi texnologiyalarni o’z ichiga oladi:
Interaktiv texnologiyalar:

  • audiokonferensiyalar ;

  • videokonferensiyalar ;

  • ish stolidagi videokonferensiyalar ;

  • elektron konferensiyalar ;

  • ovoz kommunikatsiyalari ;

  • ikki tomonlama sputnik aloqa ;

  • virtual borliq ;

Nointeraktiv texnologiyalar:

    • bosib chiqarilgan materiallar;

    • audiokassetalar;

    • videokassetalar;

    • bir tomonlama sputnik aloqa;

    • televizion va radio ko’rsatuvlari;

    • disketa va CD-ROM lar.

Avvalombor, distant uslubi asosida o’qitish, jugrofiy jihatdan o’zoqda joylashgan


maktablar va akademik ta'lim uchun mo’ljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborbtlar
va telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta'lim-tarbiya
jarayonini o’zoq masofadan turib amalga oshirishga yo’l ochib berdi. Natijada
distant uslubi asosida o’qitish, tez vaqt ichida ko’pgina maktablarda, tijoratchilar
ichida va ishlab chiqarish korxonalarida keng qo’llanila boshladi va o’qitishda yangi
uslublarni qo’llashga yana bir turtki bo’ldi. Distant uslubi asosida o’qitishning
Xalqaro kengashining tahlillari shuni ko’rsatmoqdaki, xozirgi kunda jahonda 10
milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta'lim olishmoqda. AQSH da shu uslub
asosida o’qitish maqsadida yangi o’quv markazlari barpo etilmoqda. Shunday qilib,
ular milliy kadrlarni zamon talabi asosida tayyorlash va qayta tayyorlash uchun olga
qadam qo’yishmoqda.
Distant uslubining quyidagi afzalliklari mavjuddir:
a) o’qitishning ijodiy muxiti. Mavjud ko’pgina uslublar asosida o’qituvchi ilm
tolibini o’qitadi, o’quvchi esa faqat berilgan materialni o’qiydi. Taklif qilinayotgan
distant metodi asosida esa o’quvchilarning o’zlari kompyuterlar asosida axborotlar
bankidan kerak bo’lgan ma'lumotlarni qidirib topadi va albatta o’zlarining
tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlari asosida almashadi. Bu esa
o’quvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo’lishini ta'minlaydi va o’z o’rnida
bunday mexnat ta'lim olishni rag’batlantiradi.
b) mustaqil ta'lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi asosida ta'lim berish -
boshlangich, o’rta, universitet, sirtqi - kechki va malaka oshirish bosqichlarini o’z
ichiga oladi. Tayyorgarligi har xil darajadagi inspektorlar o’zlarining shaxsiy dars
jadvallari asosida ishlashlari mumkin va o’zining darajasidagi talabalar bilan
muloqotda bo’lishi mumkin.
v) ish joyidagi katta o’zgarishlar. Distant uslubi asosida ta'lim berish turi millionlab
insonlarga, hammadan xam ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta'lim olayotganlar
uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o’qitish kadrlarni
tayyorlashda judayam katta ro’l o’ynamoqda, ya'ni jug’rofiy va moliyaviy
qiyinchiliklarsiz o’zining ishlab turgan o’rnida ilm opishi mumkindir.
g) o’qitish va ta'lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma'lumotlar shuni
ko’rsatmokdaki, distant uslubi asosida ta'lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan
holda o’qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, distant uslubi asosida ta'lim olish
universitet tomonidan qo’yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday
asosda ta'lim olayotgan talabalar yoki o’quvchilarning boshqalardan ustunligi -
ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o’qituvchilar bilan ta'minlanishidir. Ta'lim
berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda, o’qituvchi auditoriyada o’qitish
shartlaridan xoli bo’lishi kerakdir. Distant uslubi asosida o’qitishning o’quv
qoidalaridan kelib chiqsak, soliq, inspektorlari INTERNET turi orqali jaxon
bo’yicha sayyohat qilishlari mumkin. Shu bilan birga, ta'lim berish uslubining
o’zgarishi bilan uning shakllari ham o’zgarishi shartdir.


Download 1 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'quvchilarni Adobe Flash dasturi bilan tanishtirishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash

Download 1 Mb.