|
«sog'lom bola yili» davlat dasturi to'G'risida
|
bet | 2/9 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #112 |
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi PQ-2133-son qaroriga
ILOVA
«Sog'lom bola yili» Davlat dasturi
T/r
|
Tadbirlar nomi
|
Bajarish muddatlari
|
Mas'ul bajaruvchilar
|
Sarf-
xarajatlar
(mln so'm)
|
Moliyalashtirish manbalari
|
Taqdim etiladigan hujjat
shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija
|
|
I. Sog'lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu borada tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va me'yorlarni ishlab chiqish
|
|
1.
|
«Bolalarni ularning jismoniy va ma'naviy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2014 yil
I chorak
|
O'zMAA, O'zA, Davlat aloqa qo'mitasi, Bosh prokuratura, Oliy ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, «Kamolot» YoIH, Ma'naviyat targ'ibot markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
-
|
-
|
Bolalarni ular ongini buzuvchi, jarohatlovchi axborot ta'siridan himoya qilishni, ommaviy axborot manbalarida shafqatsizlik va zo'ravonlik targ'ib qilinishiga yo'l qo'ymaslikning ta'sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
|
|
2.
|
Yangi tahrirdagi «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2014 yil
I chorak
|
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, O'MKHT markazi, Oliy ta'lim vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi
|
|
|
| |