|
«sog'lom bola yili» davlat dasturi to'G'risida
|
bet | 4/9 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #112 |
-
|
-
|
Aholining sanitariya-epidemiologik xotirjamligini ta'minlashning qonunchilik asoslarini, shu jumladan:
bolalarning ta'lim-tarbiya, madaniyat, sport va boshqa muassasalariga qo'yiladigan sanitariya-epidemiologik talablarni;
kasalliklar profilaktikasi bo'yicha talablarni, shu jumladan, aholi, ayniqsa bolalarni emlash, sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishni ta'minlashni;
maktabgacha, umumiy, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi bosqichlarida bolalarni sanitariya va gigiena asoslariga o'qitishga doir chora-tadbirlarni joriy etishni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
|
|
4.
|
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi 222–II-sonli «Litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari ro'yxati to'g'risida»gi qaroriga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2014 yil
III chorak
|
Davlat test markazi, Oliy ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
-
|
-
|
Nodavlat ta'lim faoliyatini litsenziyalashni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi (nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash o'rniga).
Mavjud cheklovlarni bartaraf etish, unga muvofiq nodavlat ta'lim faoliyati bilan faqat muassasa shaklida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotlari shug'ullanishi mumkin (aksariyat mamlakatlarda, avvalo, rivojlangan mamlakatlarda nodavlat ta'lim faoliyati asosan foyda ko'rish maqsadida amalga oshiriladi).
|
|
5.
|
Yangi tahrirdagi «O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to'g'risida»gi
O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2014 yil
IV chorak
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga etmaganlar masalalari bo'yicha komissiya,
Adliya vazirligi, «Kamolot» YoIH, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
|
|
| |