|
Sohadagi yangiliklar
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 18,39 Kb. | | #238941 |
Bog'liq Sohadagi yangiliklar
Sohadagi yangiliklar
O‘zbekiston IT sohasi rekord darajadagi o‘sish sur’atlarini namoyish etmoqda. Mamlakat o‘z salohiyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda davom etmoqda va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish uchun tobora ko‘proq imkoniyatlar yaratmoqda — IT Park bu natijalarni infografikalar, raqamlar va faktlar ko‘rinishida taqdim etdi.
2023-yilning 1-choragidagi ma’lumotlar IT sohasi ijobiy dinamikani saqlab qolganligini ko‘rsatdi.
IT Parkda rezidentlik
Masalan, 2023-yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha rezidentlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 2381,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan IT Park rezident kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 292 foizga oshdi. Taqqoslash uchun: 2021-yilning 1-choragidagi ma’lumotlar 438,6 mlrd so‘mni, 2022-yilda esa 814,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha hajm quyidagicha taqsimlandi:
dasturlash — 1 358,4 mlrd so‘m;
qayta ishlash — 839,9 mlrd so‘m;
ta’lim — 25,6 mlrd so‘m;
BPO — 157,1 mlrd so‘m.
IT Park rezidentlari eksporti hajmi o‘tgan yilning 1-choragiga nisbatan 327 foizga oshib, 57,2 million dollarni tashkil etdi. Shundan 48 foizi AQShga, qolganlari esa Buyuk Britaniya (15 foiz), Singapur (10 foiz), MDH mamlakatlari (10 foiz) va boshqalarga (17 foiz) to‘g‘ri keladi.
2023-yil oxirida eksport hajmi 300 million dollarga yetishi kutilmoqda.
Joriy yilning birinchi choragida IT Park rezidentlari soni 1 262 ta kompaniyani tashkil etdi, ulardan:
– 876 ta rezident Toshkent shahrida, qolgan 386 tasi viloyatlarda ro‘yxatdan o‘tgan;
– 382 ta korxona eksport uchun ishlaydi;
– 172 ta – BPO kompaniyasi;
– 256 ta kompaniya IT sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi;
– xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar — 185 ta.
Rezidentlarning asosiy ulushi quyidagi yo‘nalishlarda ishlaydi:
dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash (61 foiz);
ma’lumotlarni qayta ishlash (5 foiz);
IT-ta’lim (20 foiz);
BPO (14 foiz).
Birinchi chorakda 207 ta kompaniya IT Park rezidenti statusini oldi, ulardan 61 tasi eksportyor bo‘lib, joriy yil oxiriga qadar eksport hajmi $55 million tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, 71 ta kompaniyaga rezident statusi berilmagan, 63 ta kompaniya esa shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi, ya’ni faoliyat to‘g‘risida ma’lumot bermaganligi, shuningdek majburiy ajratmalarni to‘lamaganligi uchun ushbu statusdan mahrum qilingan. Shuningdek, ushbu kompaniyalarga nisbatan berilgan imtiyozlarni bekor qilish va davlat byudjetiga soliq to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni tiklash to‘g‘risida soliq organlariga bildirishnoma yuborilgan.
Bundan tashqari, taqdim etilayotgan imtiyozlar tufayli IT Park rezidentlari qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratib, mamlakatimizda IT-mutaxassislar sonini ko‘paytirishmoqda. Shunday qilib, joriy yilning 1-choragida rezident kompaniyalarda 2 100 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Ishga joylashgan mutaxassislarning umumiy soni 20 000 nafardan oshdi, bu 2022-yil oxiridagi ko‘rsatkichga nisbatan 12 foiz ko‘pdir.
Eslatib o‘tamiz, IT Park rezidentlari IT-kompaniyalar va IT-o‘quv markazlari bo‘lib, ular bir qator muhim imtiyozlarga ega bo‘lishi mumkin:
daromad solig‘i — 7,5 foiz;
korporativ soliq — 0 foiz;
yagona ijtimoiy to‘lovlar — 0 foiz;
tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun import qilishda bojxona to‘lovlari — yo‘q.
Shuningdek, IT Park rezidentlari xorijiy mutaxassislar va ta’sischilarga ish haqi va dividendlarni eksport tushumlari doirasida xalqaro to‘lov kartalariga naqd pulsiz shaklda xorijiy valyutada to‘lash huquqiga ega. Bundan tashqari, IT Park rezidentlariga Virtual ofis xizmati taqdim etiladi, bu esa ofisni ijaraga olmasdan masofadan turib ishlash imkoniyatini beradi.
|
| |