• Kalit so‘zlar
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Sohaviy terminlarning yasalish usullari




    Download 0.79 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana03.03.2024
    Hajmi0.79 Mb.
    #165947
    Bog'liq
    Norxo‘jayeva Dilfuza Xayrulloyevna
    Eshmamatova Malohat, 2-laboratoriya (1), Ajrat va xukmronlik qil, dissertatsiya 1-2-reja, O, 1 mustaqil ish, O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi-hozir.org, Ishlatish joylari keltirilgan-hozir.org, Оралик Ражаб, Temirbetonning ishlatilish soxalari. Armaturaning fizik – mexani-fayllar.org, «Ўзбекистон темир йўллари» датк, MATEMATIKALIQ MASELELER, PED SHEBERLIK 1-oz betinshe, Лебегп


    197 
    SOHAVIY TERMINLARNING YASALISH USULLARI 
    Norxo‘jayeva Dilfuza Xayrulloyevna 
    Termiz davlat universiteti talabasi 
    Ilmiy rahbar: 
    D.A.Ergasheva 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada terminlar va ularning qanday usullarda hosil 
    bo‘lishi hamda kundalik va maishiy hayot tarzimizda qo‘llanadigan ayrim so’zlarning 
    termin sifatida turli sohalarda ifodalanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
    Kalit so‘zlar: termin, morfologik usul, sintaktik usul, semantik usul, 
    transterminlashuv, zoonimlar. 
    Termin 
    – har doim aniq va ravshan. Terminlar sistemasi tili ongli 
    shakllantiriladi. Zero, termin o„z-o„zidan, stixiyali tarzda paydo bo„lmaydi, balki 
    zarurligi, jamiyatda unga ehtiyoj mavjudligi bois yaratiladi. 
    O.Vinokur 
    Ma‟lumki, bugungi kunda hayotimizni terminlarsiz tasavvur qilish mushkul. Har 
    bir sohani o„rganishda, rivojlantirishda terminlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu 
    asnoda terminni turlicha tushunish mavjud. Chunonchi, mantiqshunoslar (logiklar) 
    uchun termin 
    – aniq obyektga tegishli tavsif yoki tavsiflar yig„indisini nazarda 
    tutuvchi va unda tatbiq etiluvchi so„z hisoblanadi. Har qanday tildagi istalgan so„z 
    termin bo„lishi mumkin. 
    Fan va texnikada termin sun‟iy o„ylab topilgan yoki tabiiy tildan olingan maxsus 
    so„z sanaladi. Bunday so„zlarning qo„llanish sohasi u yoki bu ilmiy maktab vakillari 
    tomonidan aniqlashtiriladi, yoxud chegaralanadi. Umumtil terminlaridan farqli 
    o„laroq, ilm-fan, texnikaga xos terminlar iyerarxik birliklar sifatida terminologik 
    sistemalarga birlashadi, ular o„z ma‟nolariga faqat ayni sistema ichida erishadi, bu 
    sistemada ularga mantiqiy (tushunchaga oid) terminologik maydon mos keladi. 
    Termin ta‟rifi xususida ilmiy adabiyotlarda ko„pdan ko„p mulohazalar bildirilgan. 
    Deyarli barcha ta‟riflarda termin maxsus ilmiy-texnikaviy tushunchani ifodalovchi 
    so„z yoki so„z birikmasi tarzida tavsiflanadi. [1:6] 
    Demak, termin tushunchasi hamma so„zlar singari so„z bo„lib, u ham ma‟lum 
    bir mustaqil tushuncha anglatadi va bir yoki bir necha nutq tovushining birikishidan 
    iborat bo„lgan bir vosita hisoblanadi. Terminlar fanning metatili va ilmiy 
    tadqiqotlarning, shuningdek, insonning amaliy faoliyati sohalarining o„ziga xos 
    voqeligini anglatuvchi so„zlar (iboralar) sifatida belgilanishi mumkin. Odatda, termin 
    tushunchasi terminotizimda amalga oshiriladigan xususiyatlari orqali aniqlanadi. 


    198 
    Oddiy so„z birikmalaridan farqli o„laroq, terminlardan foydalanish sezgi emas, balki 
    mavjud ta‟riflar, qoidalarga asoslanadi. [2:108-109] 
    Hozirgi paytda fan va texnikaning shiddatli rivojlanayotgani bilan bog
    „liq holda 
    elektron, yarim o„tkazgich, kvant-mexanik uskunalarning yangi turlari soni ortib 
    bormoqda. Ularning nomlari nafaqat mutaxassislar orasida keng ko„lamlarda 
    tarqalmoqda, balki tilning umumxalq qatlamlariga ham asta-sekin kirib bormoqda. 
    Bunday o„ta murakkab muammoni tilshunoslik nuqtai nazaridan hal qilish uchun 
    agar bizni fanning ertangi kuni, uning terminologiyasi, shu terminologiyaning 
    avtomatlashtirish vositalari keng qo„llanayotgan sharoitlarda haqiqatan ham 
    qiziqtirsa, sun‟iy tilning formallashgan turlarini yaratishning barcha imkoniyatlarini 
    sinab ko„rish kerak. Shu nuqtai nazardan terminlar va nomenklatur nomlarni 
    standartlash bo„yicha olib borilayotgan barcha ishlar, ayniqsa, terminlarning 
    yasalishi doimo e‟tiborda bo„lishi kerak. [2:167] Shunga ko„ra, tilshunoslikda 
    terminlarning hosil bo„lishi uch xil usul orqali amalga oshadi: 
    1.Morfologik (affiksal) usul - 
    tildagi biror mavjud terminga bir va ba‟zan bir 
    necha yasovchi affikslarning qo„shilishi bilan yangi termin yasaydi. Masalan: 
    “Kumush yana tinchiy olmadi: - Bizning urishib qolishimiz uchun Karim 
    sandiqchining ham daxli bor! 
    – dedi”. [3:63] Ushbu gapda qo„llangan sandiqchi 
    termini affiksal usulda, ya‟ni -chi affiksi yordamida yasalgan. 
    Qazish usullariga ko„ra burg„ilash zarbli, aylanma, kolonkali bo„ladi. [4:727] Bu 
    gapda esa burg„ilash so„zi shu jumladandir. 
    2. Sintaktik (kompozitsion) usul 
    – birikmaning bir komponenti ma‟nosi ko„chgan 
    so„zdan, qolgani esa shu soha terminidan iborat lug„aviy birlikning hosil bo„lishi 
    tushuniladi. Bunga 
    misol sifatida kundalik hayotimizda qo„llaydigan: changyutgich, 
    kir mashinasi, mikroto„lqinli pech, soch quritgich kabi maishiy-texnikaviy terminlarni 
    keltirish mumkin. 
    O„zbek tili terminologiyasida yakka so„zli terminlarga nisbatan sintaktik usul 
    bilan y
    asalgan terminlar ancha salmoqli o„rinni egallaydi. Buning sababi shundaki, 
    sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha tillarda bo„lganidek, o„zbek tilida ham 
    muhim nominativ manba sanaladi. 
    3. Semantik usulda bir soha terminologiyasining 
    «mulki» bo„lgan 
    lug„aviy birlik ma‟nosini metaforik ko„chirish asosida ikkinchi bir sohaga o„tadi. 
    Semantik usul bilan terminlar hosil bo„lishi, boshqacha aytganda, 
    transterminlashuv (lotincha trans 
    – «orqali, ichidan, o„rtasidan, orasidan» 
    ma‟nolarini anglatadi) jarayonida, birinchidan, umumiste‟moldagi leksemalarning 
    muayyan soha terminlariga aylanishi, ikkinchidan, biror fan sohasi terminlarining 
    ma‟no ko„chishi natijasida boshqa fan sohasi terminologik tizimida qo„llana 


    199 
    boshlashi 
    isbot 
    talab 
    qilmaydigan 
    aksiomadir. 
    Ayni 
    shunday 
    jarayon 
    terminshunoslikda «transterminlashuv» deb atalayotganligini ta‟kidlash lozim. 
    Ushbu terminni qo„llash terminlar semantikasidagi semantik ko„chim hodisasini 
    boshqa (oddiy) leksik birliklardagi holatdan farqlashda ko„proq ahamiyat kasb etadi. 
    Transterminlashgan, ya‟ni semantik usulda hosil bo„lgan terminlar terminologik 
    lug„atlarning kattagina qismini tashkil qilib, ularning ayrimlari izohli lug„atlar, 
    ensiklopediyalar, ma‟lumotnomalarda ham o„z ifodasini topmoqda. Xususan, 
    zoonimlar misolida ko„rib chiqamiz: 
    l. Zoonimlar jismoniy tarbiya va sport sohasida. Qaldirg„och termini bu borada 
    maxsus termin sifatida qo„llanadi, ya‟ni “ bir oyoqni orqaga uzatib, gavdani 
    gorizantal holatda egib, qo„llarni yon tomonlarga uzatib qilinadigan mashq”. 
    II. Zoonimlar kasb-
    hunar sohasida. Tovus kashta “o„yib, tikib, to„qib yoki bo„yoq 
    bilan ishlangan gul yoki bezak”. 
    III. Zoonimlar boshqa sohalar terminologiyasida. Tibbiyot sohasida qo„llanuvchi 
    rentgen termini: “Kabinetga yangi rentgen apparati zarur edi, R.Murodov ana shu 
    apparatni olib berishni so„rab, yana bosh vrachga murojaat qildi”. [5:4] gapda 
    rentgen apparat ma‟nosida qo„llangan, biroq u kishi ismidan buyumni ifodalovchi 
    terminga transpozitsion usulda ko„chgan. Kimyo sohasida qo„llanuvchi Mendeleyev 
    davriy sistemasi, geografiyadagi atlas terminlari ham transpozitsiyaning bir 
    ko„rinishlaridir. 
    “Zamira ko„pchilikning talabi bilan o„rnidan turar ekan, qizil atlas ko„ylagining 
    rangi yuziga urganday qip-
    qizarib ketdi”. [6:60] 
    Atlas 
    – muayyan maqsadlarda va muayyan tizim asosida tanlab olingan 
    kartalardan iborat bo„lgan va tushuntirish matnlari bilan albom shaklida nashr 
    etilgan to„plam.
    Birinchi gapda atlas termini mato ma‟nosini ifodalasa, ikkinchi gapda geografik 
    terminni bildiryapti.
    “Mexanik bolaning ko„zlari yashnab ketdi, shundoq juvonni qo„l ostida 
    ishlaydi”. [7:556] gapda mexanik termini kasb ma‟nosida ishlatilgan bo„lsa, fizik 
    sohada fizik termin sifatida qo„llanadi.
    tibbiyotda qo„llanuvchi sariq, ya‟ni kasallik nomini bildiruvchi termin ham 
    mavjud va u rang jihatidan ma‟noviy bog„liqlikni ifodalaydi.
    Xulosa qilib aytganda, mazkur so„zlar til taraqqiyoti yoki undagi 
    evolyutsion taraqqiyot 
    natijasida avvalgi ma„nosidan boshqa ma„nolarni anglatuvchi 
    so„zga aylangan. Ma‟nodagi yaxlitlik shakliy yaxlitlikka olib kelgan, so„z ma‟nosida 
    semantik ajralish voqe bo‟lgan. So „zlarning semantik usulda hosil bo„lishi natijasida 


    200 
    kundalik hayotda qo„llaydigan ma‟lum bir so„zlarimiz termin vazifasini bajaradi va 
    ma‟no yaxlitligi bois bevosita jamiyatga tushunarli bo„ladi.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
    1.Hamidulla Dadaboyev. O„zbek terminologiyasi. Yoshlar nashriyot uyi.- 
    T:2019. 
    2.A.Pardayev, D.B.Urinbayev
    a, D.A.Islamova. O„zbek terminologiyasi (o„quv 
    qo„llanma).- Samarqand 2020. 
    3.A.Qodiriy. O„tkan kunlar. 
    4.O„zbekiston milliy ensiklopediyasi. 
    5.“Mushtum” jurnali. 
    6.P.Qodirov. Uch ildiz. 
    7.S.Ahmad. Ufq.

    Download 0.79 Mb.




    Download 0.79 Mb.
    Pdf ko'rish